Bugungi kunda urfda bo’lgan o’zbekona ko’ylak lozimlar kengish fasonga ega bo’lib, orqa va oldida yig’ilgan koketkalar, tikma yenglar va ba’zan ko’tarilib turadigan yoqaga ega. E’tiborli jihati, bunday fasonlar urfda bo’lganligi bilan, milliyligini bugungi kunda ham yo’qotmagan. Ularni bayram tantanalariga kiyib borish ham yoqimli.
Milliy ko’ylak-ishtonga qo’shimcha ravishda mos keladigan bosh kiyim — do’ppi yoki ro’molcha tanlash mumkin. Maqola aynan fasonlar borasida bo’lganligi sababli, unda nostandart liboslarni uchratish mumkin. Ularning tikilishidan nusxa olib, milliyligimizga moslashtirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Quyida turli vaqtlarda va joylarda o’tkazilgan moda ko’rgazmasi, kundalik hayotdan olingan ko’ylak lozim fasonlari suratlari taqdim etiladi.
KO’RGAZMA VA FOTOSESSIYALAR: KO’YLAK-LOZIM FASONLARI
Dastavval moda ko’rgazmalarida va fotosessiyalarda taqdim etilgan liboslar keltiriladi. Ularning ba’zilari oddiy, ba’zilari esa nostandart fasonga ega. Shunga qaramay, ulardan muayyan detallarni misol qilib olish, shablon sifatida foydalanish mumkin. Agar kundalik hayotda uchraydigan bichimlar qiziqtiradigan bo’lsa, ishonch bilan keyingi sarlavhaga o’tishingiz mumkin.