Homiladorlik ovulyatsiya paytida jinsiy aloqa qilinganda yuz berishi mumkin. Biroq, ovulyatsiyaning to’g’ri vaqti va sifatli erkak urug’i — bu homilador bo’lish uchun barcha kerakli sharoit va kafolat degani emas. Bulardan tashqari e’tiborga olinishi kerak bo’lgan nozik jihatlar ham mavjud.
Homilador bo’la olmaslik sabablari
Stress
Stress— homilador bo’la olmaslikning yetakchi sabablaridan biridir. Agar siz tez homilador bo’lishni istasangiz, yengillashishni o’rganishingiz kerak bo’ladi: autotrening qo’llash, aromaterapiya, massaj va aromatik vannalar qabul qilish, shuningdek tinchlantiruvchi o’tlar yordamiga murojaat qilishingiz mumkin.
Zararli odatlar
Sigaret chekadigan ayollar kamroq tez homilador bo’lish imkoniyatga ega. Chekadigan erkaklar spermasida spermatozoidlar kam bo’ladi, shuningdek faolligi ham past bo’ladi. Xuddi shunday tarzda urug’lantirishga kofein ham salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Homilador bo’lish uchun tavsiyalar
To’g’ri va sog’lom ovqatlanish
Tezda homilador bo’lish uchun ayol organizmi yetarli vitamin E qabul qilishi lozim. Shu sababli taomnomaga ko’proq ko’katlar, sabzavotlar, bo’tqalar, non, shuningdek foliy kislotasiga boy bo’lgan o’simlik va zaytun moylarini kiritish kerak. Bu vitamin har ikki tomonning jinsiy faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, shuningdek tuxumdonlarning yaxshiroq ishlashiga yordam beradi. Ko’proq meva yeyishni unutmang.
Anovulyatsiyasi bo’lgan ayollar har kuni dukkaklilar va yong’oqlar iste’mol qilishlari tavsiya etiladi. Har kuni albatta pishloq, yogurt yoki yog’li sut iste’mol qiling.
Erkaklar baliq, yong’oq va go’shtni e’tiborsiz qoldirmasliklari kerak. Ushbu mahsulotlar spermatozoidalarning harakatchanligi va faolligini oshirishi mumkin.
O’z taomnomangizdan shirinliklar, un mahsulotlari, shuningdek, tarkibida bo’yoqlar, turli konservatntlar, qo’shimchalar va kantserogenlar saqlagan mahsulotlari chiqarib tashlang.
Xitoy tibbiyoti maslahat beradi:
Nordon mahsulotlar o’rniga ko’proq ishqorli taomlardan iste’mol qiling. Buning natijasida tanada homilador bo’lish uchun zarur kislota-ishqoriy muvozanat hosil bo’ladi. Ishqoriy oziq-ovqatlarga mansub mahsulotlar: sitruslardan tashqari barcha mevalar, ko’chatlar, sabzavot va o’tlar (masalan, valeriana ildizi ). Sut, go’sht va donlar — keraksiz kislotali muhitni yaratishga qodir bo’lgan mahsulotlardir.
Vaznni me’yorga keltirish
Juda ozg’in yoki aksincha, juda to’lacha ayollar homilador bo’lish bilan bog’liq muammolarga duch kelishlari mumkin. Tana vazni haqida erkaklar ham o’ylab ko’rishlari kerak: u me’yordan chetlashganida organizm kamroq sperma ishlab chiqaradi.
Dorilarni cheklash
Xususan, antibiotiklar, antigistaminlar va analgetiklar (og’riq qoldiruvchilar), chunki ular tuxum hujayraning yetilishiga to’sqinlik qiladi. Jinsiy aloqa paytida lubrikantlarni ishlatmang, ular spermatozoidlarni nobud qiladi.
Jinsiy aloqalar soni
Fertil davrda kunora jinsiy munosabatlarda bo’lgan juftliklarning homilador bo’lish ko’rsatkichi (22%) har kuni jinsiy munosabatlarda bo’lgan juftliklar ko’rsatkichi (25%) bilan deyarli bir xil. Ammo haftada bir marta jinsiy aloqada bo’lgan juftliklarda natija 10% ga teng. Chunki ular shunchaki asosiy va muhim lahzani qo’ldan chiqarib yuborishlari mumkin.
Muvaffaqiyatli homilador bo’lish uchun maqbul ritm haftada to’rt marta va undan ko’proq jinsiy aloqa qilishdir. Tiyilish holatida esa, taxminan 5-6 kundan boshlab bu ehtimollik pasayadi.
Munosabatlar uchun optimal grafik: fertil davrgacha har kuni jinsiy aloqa, menstrual sikl o’rtalarida esa kunora.
Jinsiy aloqa vaqti
Agar jinsiy aloqa xatosiz ovulyatsiya kuniga to’g’ri kelishini istasangiz, hayz siklning10 va 18 kunlari (bunda 1-kun menstruatsiyaning 1-kunidan boshlab hisoblanadi) oralig’ida har ikkinchi kun jinsiy aloqa qiling.
Eng yaxshisi, ehtimolli ovulyatsiya kunigacha bir necha oy davomida shunchaki jinsiy aloqaga kirishish kerak.
Xalqona vositalar
Bepushtlikka qarshi yordam beradigan bir nechta xalq tabobati usullari mavjud. Yaxshi vositalar qatorida, masalan, tuxumdonlar va bachadonlarni faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadigan va homilador bo’lishga hissa qo’shadigan sporish (rus.спорыш) o’tidir. Bepushtlikka qarshi kurashda mavrak va bir yonli ortiliya (borovaya matka) ham samarali vosita hisoblanadi.
Bir narsani inobatga olish kerak: epushtlik sabablari hammada turlicha bo’lishi mumkin. Shuning uchun uy sharoitida xalqona vositalarni nazoratsiz qabul qilish onaning holatini yanada yomonlashtirishi mumkin. Masalan mavrak bepushtlikni faqat estrogen yetishmasligi qayd qilingan bo’lsa samarali davolaydi. Boshqa tashxislarda esa homilador bo’lish ehtimolligini sezilarli darajada pasaytirib yuborishi mumkin.
To’g’ri vaqtni tanlash
Menstrual siklning homilador bo’lishi ehtimolligi eng yuqori bo’lgan vaqt oralig’ifertil (unumdor) davrdeb nomlanadi. U 6 kun davom etadi: ovulyatsiyadan 5 kun oldin va undan 1 kun keyin. Urug’lantirish uchun eng maqbul davr: ovulyatsiyadan ikki kun oldin va ovulyatsiya kunining o’zidayoq. Ovulyatsiya kunini to’g’ri hisoblab chiqib va ungacha 1-2 kun jinsiy aloqa qilishdan saqlanib turib, homiladorlikka erishish ehtimolini bir necha marta oshirishingiz mumkin.
Qulay poza
Maxsus xivchini bo’lgan spermatozoidlar juda tez harakatlanishga qodir va yo’li davomida bir qator to’siqlarni bartaraf qilib o’tadi. Shu sababli urug’lantirish har qanday holatda ham amalga oshadi. Biroq bachadonnning joylashuvi yoki shakli xususiyatlari sabab bo’ladigan ba’zi holatlarda (egilib qolishi, ortga qarab qolishi va boshqalar) to’g’ri tanlangan poza eyakulyatsiya vaqtida sezilarli yordam berishi mumkin.
Tez homilador bo’lish uchun pozalar: oyoqlarni qoringa egib olish holati erkak spermasi va bachadon bo’yni o’rtasida maksimal aloqani ta’minlaydi. Bachadon egilishi bo’lgan ayollar uchun, jinsiy sherigi orqada joylashgan holat qulayroqdir.
Agar eyakulyatsiyadan keyin sonlar darhol ko’tarilsa — sperma kamroq chiqib ketadi va ko’pchiligi o’z faoliyatini davom ettiradi. Jinsiy aloqadan keyin birdan turib ishlarga kirishib ketish darkor emas. Sonlar ostiga kichikroq bolish qo’ying va 10 daqiqa davomida dam oling. Bundan tashqari, kuraklarga tayanib «qayin» holatiga kirishingiz ham mumkin.
Muayyan holatalardan keyin homilador bo’lish
40 Yoshdan keyin
Mutaxassislar homiladorlik sodir bo’lmaganda quyidagi sxemaga rioya qilishni maslahat berishadi:
30 dan 35 yoshgacha bo’lgan ayollar 6-9 oydan keyin;
35-40 yoshdagi ayollar 6 oydan so’ng;
40 yoshdan oshgan ayollar esa 3 oydan so’ng ginekologga murojaat qilishlari kerak.
Abortdan keyin
Ayollar birinchi navbatda yodda tutishlari kerak: abort kuni (ham tabiiy, ham tibbiy) yangi menstrual siklning birinchi kuni deb hisoblanishi zarur. Shundan kelib chiqib, ayol fiziologiyasiga ko’ra, agar ovulyatsiya yuz bersa, abortdan keyin 2 hafta o’tgach homilador bo’lish imkoniyati mavjud. Albatta agar ovulyatsiya kuni yoki ungacha bir necha kun davomida himoyalanmagan jinsiy aloqa sodir bo’lgan bo’lsa.
Shuni bilingki, homila tushishi yoki abortdan keyin tez homilador bo’lish imkonsiz narsa emas, biroq shoshilish kerak emas, hatto siz bu farzandni intiqlik bilan kutayotgan bo’lsangiz ham. Ayol organizmi boshdan kechirilgan stressdan so’ng to’liq tiklanishi kerak.
Homiladorlik o’z-o’zidan tugallanganmi yoki bu abortmi, ayol organizmida jiddiy gormonal buzilish yuzaga kelgan bo’ladi va u to’liq tiklanishi uchun vaqt talab etiladi. Shifokorlar abortdan keyin kamida 3 oy saqlanib turishni tavsiya qilishadi. Sababi yangi homiladorlik yuqori ehtimollik bilan yana ayanchli tugashi mumkin.
Homila tushishidan keyin
Agar ayol salomatligi bilan jiddiy muammolar mavjud bo’lmasa, homila tushishidan keyin tezda qayta homilador bo’lish imkoni mavjud. Hammasi shundaki, homila tushishi holatlarining aksariyati onaning yomon sog’lig’i tufayli emas, balki embrionning xromosoma patologiyalari natijasida sodir bo’ladi. Shuning uchun taslim bo’lmaslik kerak.
Ammo, yuqorida aytilganidek, qayta homilador bo’lishdan oldin kamida 3-4 oy vaqt o’tishi joiz.
Tug’ruqdan keyin
Ayol fiziologiyasi shundan iboratki, tug’ruqdan keyin ikki hafta o’tgach yana homilador bo’lishi mumkin. Ammo, zamonaviy tibbiyot tug’ishlar o’rtasida ikki yillik vaqti oralig’ini saqlab turishni tavsiya qiladi. Bu organizmni tiklanishi va dam olishiga imkon beradi.
Agar tug’ruqdan keyin tezda homilador bo’lish va bir yosh farq qiladigan bolalarni xohlasangiz, avvalgi homiladorlik va tug’ruqlar muammolarsiz o’tgan bo’lsa, ikkinchi homiladorlikdan qo’rqish uchun hech qanday sabab yo’q.
Spiraldan keyin
Spiral olib tashlangandan so’ng, bachadon ichki qatlamini tiklanishi uchun kamida bitta menstrual sikl o’tishi kerak, bu vaqtni esa homiladorlikka tayyorgarlik ko’rish uchun unumli o’tkazish kerak. Shifokorlar bachadon ichi spirali olib tashlanganidan keyin ham darhol homilador bo’lishni maslahat bermaydi. Organizm tiklanib olishi uchun 3-6 oy kutish lozim.
Homila jinsini rejalashtirish
Ushbu usullardan biri keyingicha. Ma’lumki, sperma ikki turdagi spermatozoiddan iborat: «erkak» — Y-spermatozoid va «ayol» — X-spermatozoid.
Jinsiy aloqa ovulyatsiyadan oldin sodir bo’lgan taqdirda, urug’lantirishgacha «ayol» spermatozoidlarida yashab qolish imkoniyati mavjud. Jinsiy aloqa ovulyatsiyadan keyin bo’ladigan bo’lsa, «erkak» spermatozoidlar tuxum hujayraga birinchi bo’lib yetib boshishi imkon bo’ladi.
Ushbu usuldan foydalanish uchun ovulyatsiya boshlanishining aniq kunini aniqlash darkor (masalan, bazal harorat jadvalini qo’llash orqali). Ovulyatsiyadan ancha oldin sodir bo’lgan jinsiy aloqalar natijasida, qiz tug’ilishi ko’proq ehtimolli bo’ladi.
Agar jinsiy aloqa ovulyatsiyada vaqtida yoki undan biroz keyin bo’lgan bo’lsa, ehtimol, sizda o’g’il bo’ladi. Bu usul ish berishi uchun juda muhim shart, ovulyatsiya kunini juda aniq bilish kerak. Hatto 1 kunga adashish ham teskari natija berishi mumkin (masalan homila o’g’il emas, qiz bo’lib qolishi mumkin.
Homiladorlik baribir sodir bo’lmasa
Yodda tuting, og’zaki kontratseptivlarni qabul qilishni tugatgach, kamida bir oy o’tishi kerak. Depo-Provera kabi preparat qabul qilgan bo’lsangiz, normal ovulyatsiya tiklanishi uchun 1-1,5 yil vaqt zarur bo’lishi mumkin. 30 yoshgacha bo’lgan ayollar uchun shifokorlar bir yil ichida tezda homilador bo’la olmagan taqdirda, juda ham ko’p tashvishlanmaslikni tavsiya etadilar.
Agar ayolning yoshi kattaroq bo’lsa, homilador bo’lish bilan bog’liq murakkabliklar kuchayib boradi va shifokor bilan maslahatlashishini ortga surish maqsadga muvofiq emas.
Boshqa usullar
Ma’lumki, hayol hayotga ko’chadi va har qanday hodisalar asosida niyat yotadi. Bo’lajak farzandingiz qanday bo’lishini tasavvur qiling, uzoq kutilgan chaqalog’ingizni ko’z oldingizga keltiring, uning tabiati, odatlari, tashqi ko’rinishini hayolan tasvirlang. Ko’pni duosini olish, yaratgandan so’rash birinchi navbatda turishi kerak.
Oddiy urug’lantirishni amalga oshirish mumkin bo’lmagan hollarda
Yuqorida aytilgan barcha usullar uyda homilador bo’lish masalasiga javob beradi. Ba’zida faqat tibbiyot yordam berishi mumkin. Bunda ultratovush usuli nazoratida laparaskop yordamida yetilgan tuxum hujayra follikulyar suyuqlik bilan birga shpirtsga so’rib olish orqali follikuldan ajratib olinadi. Keyin u (tuxum hujayra) maxsus oziqa muhitiga joylashtiriladi va unga erning spermatozoidlari kiritiladi.
Urug’lantirish jarayoni mikroskop ostida nazorat qilinadi va agar muvaffaqiyatli bo’lsa, maxsus inkubator — termostatda saqlanadi. Tuxum hujayra muayyan yetuklikka yetganida, u implantatsiya bo’lishi va keyingi o’sishi va rivojlanishi uchun bachadonga qaytariladi.