Chaqaloq va go‘dak

Tibbiy jihatdan yosh bolalar turli nomlar bilan tasniflanadi. Ya’ni,


Go‘dak – bir yoshgacha bo‘lgan bola;
Chaqaloq – tug‘ulgandan to‘rt haftaligigacha;

Bundan tashqari, ona qornidagi rivojlanishining muddatiga ko‘ra,


Oy-kuni yetib tug‘ilgan bolalalar – homiladorlikning 38-42 haftasida tug‘ilgan bolalar;
Chala tug‘ilgan bolalar – homiladorlikning 28-38 hatalari oralig‘ida tug‘ilgan bolalar;
Yaxshi rivojlanmagan bolalar – ona organizmidan tashqarida ya’ni tashqi muhitda yashashga moslashmagan chala tug’ilgan bolalardir. Bundan tashqari, oy-kuni yetgan lekin turli omillar (tamaki, spirtli ichimlik, narkotik, jinsiy kasalliklar, infeksion kasalliklar, noqulay tashqi muhit, turli kimyoviy preparatlar ) ta’sirida ham homila yaxshi rivojlanmasligi mumkin.
Muddatidan o‘tib tug‘ilgan bolalar – homiladorlikning 42- haftasidan keyin o‘ziga xos belgilar, bosh suyagi qattiqligi, terisi ujmaygan, markaziy asab tizimi kamchiligi, bilan tug‘ilgan bolalar.



Tug‘ilgandan keyin bola organizmida anchagina o‘zgarishlar yuz beradi. Masalan, ona organizmidan kislorod, ozuqa kelishi to‘xtaydi. Birinchi chinqirish bilan o‘pkalar o‘z faoliyatini boshlaydi, bola mustaqil nafas ola boshlaydi. Qon aylanish hamda moddalar almashinuvi o‘zgaradi. Chaqaloqlik davrida barcha a’zolar tashqi muhitga moslasha boradi, shakllanadi va davr oxiriga kelib moslashish tugaydi. Endi bolada shakllanish, o‘sish jarayonlari tezlashadi. Ya’ni, jismoniy va ruhiy-psixik jihatda bola rivojlana boradi, barcha a’zolarning funksiyalari takomillashadi.


Go‘dak vazni va bo‘yi


Oy-kuni to‘lib tug‘ilgan bolaning vazni o‘rtacha 3200-3500 gramm, bo‘yi esa 49-53 sm ni tashkil etadi. Chala tug‘ilgan bolaning vazni odatda 2550 gr dan, bo‘yi 47 sm dank am bo‘ladi. Muddatidan o‘tib tug‘ilgan bolaning vazni 4000 gramdan ortiq bo‘ladi, bo‘yi ko‘p o‘zgarmaydi. Chaqaloq hayotining dastlabki, 3-4 kunida vazni 100-300 gramga kamayadi. Ya’ni, normal fiziologik vazn kamayishi sodir bo‘ladi. Bu vaqtda chaqaloq onasi yoki oila a’zolari xavotirlanishi shart emas. Lekin, vazn juda kamayib ketsa, darhol chaqaloqni pediatr ko‘rigiga olib boorish zarur. Ikkinchi hafta oxiriga borib bola tug‘ilgandagi vazniga yetib oladi.  Endi esa bolaning bir yoshgacha bo‘lgan bo‘y o‘sishi va vazn ortishini tartiblab ko‘satsak:


Birinchi oy oxirigacha bola vazni 700-800 gramga ortadi;
4-5 oygacha bolalar vazni 2 barobar ortadi;
Yil oxiriga kelib, bir yoshga to‘lgach uning vazni 10 kilogramga yetadi.
Ushbu maqolani ham o‘qing:  Bolalarda diareya kasalligi


Dastlabki, 3 oyda bola bo‘yi 2.8-3 sm dan har oyda o‘sadi;
4-6 oyda 2,5 sm dan o‘sadi;
7-9 oylarida 1,5-2 sm atrofida o‘sadi;
10-12 oylarida 1 sm dan oshadi.

O‘rtacha hisobda hayotining birinchi yilida gavda uzunligi 25 smgacha oshib, yil oxirida 75 smni tashkil etadi. Chala tug‘ilgan bolaning yillik bo‘y o‘sish ko‘rsatkichi 25-44 smni tashkil qilib, bir yoshida bola 68-73 smga tenglashadi.



avitsenna.uz/chaqaloq-va-godak/