Kuz va qish fasli kelishi bilan yuzlarimiz va terimiz tobora quruqlashib boradi. Bundan bexabar bo‘lgan ko‘pchilik tashvishga tushib qoladi. Bu tabiiy hol ekanligini unutmang. Shu sababdan bugun sizlarga quruq yuz terisi va uni qanday parvarishlash lozimligi haqida maslahatlar berib o‘tmoqchimiz.
Quruq yuz terisi yog‘li yuz terisiga qaraganda birmuncha yupqa, silliq va noziqdir. Har bir quruq yuz terisi turlicha ko‘rinishga ega bo‘ladi. Yoshlikda bu teri u qadar muammoli hisoblanmasada, tashqi muxit, ya’ni shamol, sovuq, issiq, oftob nuri, turli xil parfyumeriya vositalari bunday teriga salbiy ta’sir qiladi. Bu teri vaqti-vaqti bilan namlantirib va oziqlantirib turilishi, lozim. Aks holda yuzga erta ajin tushishi, tortishib qolishi, yalig‘lanishi mumkin. Ertalab yuzni 1 litr suvga 1stakan sut qoshib yuvish afzal hisoblanadi. Yuz terisining xaddan tashqari qurib ketishi organizmda A, C vitaminlarining etishmasi yoki jigar va oshqozon osti bezi xastaliklaridagi yog almashuvining buzlishidan darak beradi.
Quruq yuz niqoblari:
100 g asal bilan 1 dona limon sharbati aralashtiriladi. Tayyor bo‘lgan ushbu massa toza yuzga, yupqa qatlamda surtiladi. 5 10 daqiqadan so‘ng sovuq suvda yuvib tashlanadi.
1 choy qoshiq asal, 2 osh qoshiq un va 1 dona tuxum oqini xamirga o‘xshash holatga kelgunga qadar obdon aralashtiriladi. So‘ng yuzga surtib, 15 daqiqa ushlab turiladi, keyin iliq suvda yuviladi.
2 osh qoshiq spitrga 2 osh qoshiq suv qo‘shiib, unga 1 choy qoshiq asalni olovda bir oz isitib yaxshilab aralashtirib yuboriladi. Kechki payt 12 daqiqa yuzga surtiladi. Ushbu niqob yuzni tozalaydi, uni turli mikroblardan dizenfeksiya qiladi va terini yumshatadi.
35 g asal, 90 g arpa uni va 1 dona tuxum oqini ko‘piksimon holatga keltirib, yaxshilab aralashtiriladi. So‘ng teriga surtib, 15 daqiqa turadi. Ajin tushishning oldini oladi.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Uzum — tabiat durdonasi