Hayz haqida toliq malumot

Hayz, hayz sikli, oy koʻrish, menstruatsiya — balogʻatga yetgan qiz bolada va bola tugʻish yoshidagi ayollarda har 26—29 kunda, baʼ-zan 21—24 kunda (qisqa sikl) sodir boʻladigan biologik jarayon; H. siklida asosan tuxumdon va bachadonda oʻzgarish roʻy berib, bachadondan maʼlum miqdorda qon ketadi. H. koʻrish markaziy nerv sistemasi (bosh miya poʻstlogʻi, gipotalamus, gipofiz) tomonidan boshqariladi.


Gipotalamus — bosh miyaning asosiy qismi, ichki aʼzolar ishini boshqarib, tartibga solib turadi, u ajratgan neyrogormonlar gipofiz funksiyasini kuchaytiradi. Gipofiz ham, oʻz navbatida, ichki sekretsiya bezlari, xususan jinsiy bezlar (tuxumdon) funksiyasini kuchaytiradigan gormon ishlab chiqaradi. Tuxumdonda gipofizdan ajraladigan gormonlar taʼsirida tuxumhujayrali follikula (Graaf pufakchasi) oʻsadi va rivojlanadi. Follikula yetilayotganida bachadonga bevosita taʼsir etadigan maxsus jin-siy gormonlar (estrogenlar) ajratadi. Follikula yetilgach yorilib. undan yetilgan tuxumhujayra chiqishiga ovu-lyatsiya jarayoni deyiladi. Yorilgan follikula oʻrnida sariq tana — ichki sekretsiya bezi hosil boʻladi; sariq tanadan progesteron ajraladi.


Progesteron va estrogenlar taʼsi-rida bachadon shilliq qavati qalinlashadi, uning qon tomirlari kenga-yib. qon bilan toʻladi. Agar ayolning boʻyida boʻlmasa, sariq tana nobud boʻladi, bachadon shilliq qavatining funksional qismi parchalanib koʻchadi va H. koʻriladi. Keyinchalik shil-liq qavat yuzasi astasekin bitib, asli holiga keladi. Shunday qilib, tuxum-hujayra yetilishi davriy ravishda (har 21—25 kun, koʻproq 28 kunda) takrorlanib turadi.


Qiz bolaning birinchi H. koʻrishi, unda ikkilamchi jinsiy belgilar (mas, koʻkrak bezi toʻlishib, qov usti va qoʻltiqda tuk oʻsishi va boshqalar) yetilganidan keyin boshlanadi (q. Balogʻatga yetish). Birinchi H. qoʻrish muddati qiz bolaning sogʻligʻi va turmush tarziga, shuningdek, turar joyi va iqlimga bogʻliqQizlarning H. koʻrishi kechiksa (15— 16 yoshgacha), albatta, ayollar maslahatxonasiga uchrashishi va tegishli mas-lahat olishi lozim. Oylik qon kelishi ayol organizmining (qiz bolaning) xususiyatlariga bogʻliq. H. koʻrish muddati boshida oʻzgaruvchan boʻlib, keyinchalik aniq bir vaqtga toʻgri keladi. Koʻpchilik ayollarda H. maʼlum kunlarda boshlanib, doim bir tekis, ogʻriqsiz kechadi, ayolning umumiy ahvoli deyarli oʻzgarmaydi, ular odatdagi yumushlarini bajaraverishlari mumkin, ammo ortiqcha toliqmasliklari, jismonan zoʻriqmasliklari, gigiyena qoidalariga rioya qilishlari kerak. H. koʻrish vaqtida baʼzi ayollarning kayfiyati buzilib turadi, boʻshashadi, sut bezlari dagʻallashadi. H. koʻrish siklining oʻzgarishi organizmda biror-bir kasallik borligidan dalolat beradi. Shuning uchun har bir ayol maxsus hayz kalendari (oynomasi) tuzishi va unga H. kuni, muddati va boshqa maʼlumotlarni muntazam qayd qilib borishi lozim, shunday qilinsa, H. koʻrish siklining buzilishini oʻz vaqtida aniqtash mumkin. Homiladorlik va baʼzan bola emizish davrida ayol H. koʻrmaydi. Ayolning boʻyida boʻlmagan davrida qon koʻrmay qolishi (amenoreya) yoki ahyonda bir oz qon kelishi (gipomenstrual sindrom), bir necha kun koʻp qon kelishi (menor-ragiya), uning ogʻrikli boʻlishi (al-gomenoreya), shuningdek, H. qonidan tashqari bachadondan qon ketishi (met-rorragiya) biror kasallikdan darak beradi, uni oʻz vaqtida anikdab davolash talab etiladi. Bundan tashqari, ayrim ayollarda H. koʻrish oldi holati kuzatiladi; bunda ayol boʻshashadi, kay-fiyati oʻzgaradi, sut bezlari dagʻallashadi, boshi aylanadi, uyqusi buziladi, yuragi oʻynaydi, baʼzan yurak sohasida ogʻriq paydo boʻladi. Ayol organizmining normal funksional holati turmush tarzining bekamu koʻst boʻlishiga, qizlarni yoshligidan boshlab toʻgri tarbiyalash va parvarish qilishga bogʻliq. Bu gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilish, organizmni chiniqtirish, yaxshi ovqatlanish, mehnat va dam olishni toʻgʻri yoʻlgaqoʻyish, jismoniy mashqlarni bajarish, infeksion kasalliklardan saqlanish, agar kasallik roʻy bergudek boʻlsa, oʻz vaqtida davolatishdan ibo-rat. Shuni nazarda tutish kerakki, qiz bola organizmi H. koʻrguncha unga asta-sekin tayyorlanib boradi, bunda organizmning bir-biri bilan bogʻliq boʻlgan aʼzo va sistemalari (ichki sekretsiya bezlari, yurak-tomir, nerv sistemasi va h.k.) ishtirok etadi, bu murakkab jarayonning hammasi H. siklining normal kechishida muhim rol oʻynaydi. Qiz bola organizmi balogʻatga yetish davrida hissiyotga toʻla, turli noxush omillarga nisbatan oʻta taʼsirchan boʻladi.




Asabiy va ruhiy buzilishlar, turmushdagi noxushliklar, jismoniy va aqliy jihatdan toliqish, shuningdek, ayrim infeksion kasalliklar H. siklining buzilishiga sabab boʻlishi mumkin. Shuning uchun bu davrda qiz bola bilan nihoyatda ehtiyot boʻlib muomala qilish, janjallashmaslik, oʻta toliqishga yoʻl qoʻymaslik zarur. Qizlar birinchi bor H. koʻrganida (bu hakda tasavvurga ega boʻlmasa) juda hayajonlanadi. Shuning uchun qiz bolani H. koʻri-shiga oldindan tayyorlab borish lozim. H. funksiyasining buzilishi va boshqa ginekologik kasalliklarning oldini olishda H. koʻrish vaqtidagi gigiyena qoidalariga amal qilish zarur. Vanna qilish, choʻmilish tavsiya etilmaydi, gigiyenik dush qabul qilish mumkin. Jismonan zoʻriqtiradigan mashqlar bilan shugʻullanmaslik kerak.