Ko’krak bezi saratoni (KBS) – ko’p faktorli kasallik bo’lib, uning rivojlanishi tashki muhit va gormonalar ta’siri natijasida ko’krak bezi hujayralaridagi genom o’zgarishiga bog’lik boladi.
KO’KRAK BEZI SARATONI KASALLIGI
Ko’krak bezi saratoni kasalligining dastlabki bosqichi alomatsiz kechadi. Natijada kasallik ayol bilmagan holda keyingi og’irroq bosqichlarga o’tib ketadi. Bu esa kasallikni davolashda ko’shimcha kiyinchiliklarni va zararli muolajalarni talab etadi.
Ko’krak bezi saratoni kasalligi bilan kasallanish:
1.Yoshi ulg’aygan, ya’ni 50 yoshdan oshgan ayollarda;
2.Ona,holla yoki buvisida saraton kasalligi mavjud bo’lgan ayollarda;
3. Genetik kasallikka ega bo’lgan ayollarda (BRSА 1 va BRSА 2 genlardagi deffekt)
4. Birinchi hayz ko’rish davri 12 yoshgacha bo’lib, menopauza (hayz kurishni tugatish) davri 55 yoshdan oshgan;
5. Ko’p spirtli ichimlik iste’mol qilgan ayollarda;
6. Tugmagan ayollarda;
7. Yoshi 30 yoshdan oshib tug’gan ayollarda;
8. Farzandini ko’krak suti bilan emizgan ayollarda;
9. Estrogen gormonal dori-vositalarini 1 yildan ko’p qabul qilgan ayollarda;
10. Radiatsiya ta’siriga uchragan ayollarda uchraydi.
Ko’krak bezi saratoni kasalligining alomatlari uning dastlabki bosqichlari bilinmasligi mumkin.
Kasallik rivojlangan sari u qo’ydagicha namoyon bo’lishi mumkin:
-ko’krak yoki qo’ltik ostida shishlar mavjudligi, ular odatda og’riksiz bo’ladi;
-ko’krak yoki ko’krak uchining shakli, rangi yoki strukturasining o’zgarishi (masalan, qizarib qolishi, g’adr-budurlik vujudga kelishi,
ko’krak uchidan qon yoki yering ajralishi.
Kasallikning og’ir bosqichlarida qo’ydagi alomatlar vujudga keladi:
-suyaklar og’rishi;
-ko’krak og’rishi;
– terida yaralar paydo bo’lishi;
– saraton kasalligi mavjud bo’lgan ko’krak tomon qo’lda shishlar paydo bulishi;
– vaznning tez yukotilishi.
Ko’krak bezi saratoni kasalligini davolash.
Ushbu kasallikni davolashda vaqtida amalga oshirilgan diagnostika muhim rol o’ynaydi. Shuning uchun har bir ayol muntazam ravishda mammolog (ko’krak bezi kasalliklari mutaxssisi) ko’ragida bo’lishi zarur.