Bolani tuvakka oʻrgatish boʻyicha maslahatlar

Bolani tuvakka oʻrgatish boʻyicha maslahatlar
Huggies® kompaniyasi bolangizni tuvakka borishga, asoslarni qayta koʻrib chiqishga va

qiyin davrni boshdan kechirishga, hamda ushbu oson boʻlmagan ishda muvaffaqiyatni taʼminlashga yordam berishi mumkin boʻlgan maslahatlarning uzun roʻyxatini ishlab chiqdi.

Maslahatlar bilan tanishib chiqishdan oldin mazkur asosiy tushunchalarni va ular bolangizga qanday taalluqli ekanligini koʻrib chiqing:

1. Tuvakka oʻrgatish sxemasini tuzamiz
Bolangizni hojatga borishga oʻrgatishni boshlashingiz bilan jarayonni sxematik boʻladigan tarzda qurishga harakat qiling. Bu har doim ham oddiy emas, chunki bolangizning qovugʻi va ichagi har doim ham reja boʻyicha ishlayvermaydi! Bolangiz kun davomida hojatga necha marta va qaysi vaqtda borishi kerakligini aniqlab oling. Ushbu feʼl-atvordan kelib chiqib hojatga borish sxemasini tuzishga urinib koʻring.

Izchil rejani tuzish bolangizning oʻziga boʻlgan ishonchini oshiradi, chunki nima qilishni,

qayerga borishni va qanday harakat qilishni aniq biladigan boʻladi! Bolalar izchillik va takrorlanishni yaxshi koʻradi va ular keyin nima boʻlishini bilsa, nazorat qilinadigan vaziyatlarda oʻzini anchagina yaxshiroq his qiladi.


2. . Mustaqillik
Ota-ona sifatida biz bolalarimiz oʻzlari istamagan narsalarini qilmasligini istaymiz. Ona va ota oʻz bolasi uchun barcha imkonli narsani qilishni istashi tabiiy holat. Lekin siz oʻzingizdan bolani hojatga oʻrgatish uchun siz tomoningizdan qoʻllanilayotgan oʻrgatish usuli yaxshimi deb soʻrashingiz kerak.


Bu ota-onalar diqqat bilan kuzatishlari kerak boʻlgan ayni narsa, chunki hojatga oʻrgatish jihatlari mavjud, unda bolalar buni sizsiz bajara olmaydi, lekin siz ularni shuningdek mustaqillikka ham oʻrgatishingiz kerak.


Barcha harakatlarni qadamba-qadam bajarishga harakat qiling.

Bolangiz qanchalik koʻpiga erishsa, siz jarayonni shunchalik ushlab turishga harakat qilishingiz kerak va unga buni oʻzi bajarishiga yoʻl qoʻyib berishingiz kerak. Yaqin orada u barcha harakatlarni oʻzi bajarishni boshlaydi va siz buni hattoki sezmay ham qolasiz!


3. Maqtov va mukofot

Bu tabiiy narsa, lekin bolangiz nimanidir toʻgʻri bajarganida uni ragʻbatlantirish uni hojatga oʻrgatish jarayonida sabrni talab qiladi.


Bu yoshda bolalar oʻz ota-onalarini hursand qilishni va ularga nimaga qodir ekanliklarini koʻrsatishni yaxshi koʻradi, shuning uchun ular sizga siyishni yoki «kattasini bajarishni» aytganida, yoki oʻzlari tuvakka oʻtirganida ularni maqtab qoʻying va bu narsa ularni kelajakda ham xuddi shunday qilishga undaydi.


Bolani tuvakka oʻrgatish jarayonida mukofotlash tizimi aʼlo taʼsir qiladi. Agar bola tuvakka oʻtirishi bilan obaki olishini yoki maxsus oʻyinchoq bilan oʻynashiga ruxsat berishlarini bilsa, u kerak boʻlgan narsani yana va yana qilaveradi!


 Bolani tuvakka oʻrgatish boʻyicha maslahatlar
Soʻz tuvakka oʻrgatish haqida ketganida eng yaxshi ishlaydigan oddiy, qilish oson boʻlgan

va samarali usullardan foydalaning.

Quyidagi maslahatlar bilan diqqat bilan tanishib chiqing:


Bolani tuvakka shunday oʻtqizishga harakat qilingki, uning oyoqlari osilib qolmasin, chunki bu narsa defekatsiyaga toʻsqinlik qilishi mumkin. Bola oyogʻini qoʻyishi uchun va jarayon maksimal tarzda oson kechishi uchun kichkina quticha yoki taburetkachani qoʻyib qoʻying.

Quruq boʻlish xoʻl boʻlishga qaraganda ancha yaxshiroq ekanligini bolaga yetkizishga harakat qiling. Bu qoʻshimcha qiziqish boʻladi.

Hojatxonadan foydalanish paytida maksimal tarzda holi qoldirishga harakat qiling, chunki ayrim bolalar ularga kimdir qarab turganida hojatini chiqara olmaydi.

Vannaxonani imkon qadar shinamli qilishga harakat qiling, bolangizning bir nechta oʻyinchoqlarini olib kiring, ehtimol, kitobni ham, yoki bularning barchasini hojatxonaga joylab qoʻying.

Bola har safar hojatga muvaffaqiyatli borganida musiqa kuylab koʻring. Bolangiz toʻgʻri narsalarni qilayotganligini bilish uchun qoʻshiqda maqtov elementlari va komplimentlar boʻlishi kerak.

Hojatxonadan foydalangan keyin bola suvning rangi qanday oʻzgarishini koʻrib, quvnashi uchun unga biroz oziq-ovqat boʻyogʻini tashlab qoʻyish mumkin. Bu har bir bolada ish beradi!

Bola vannaxonadan oʻzi foydalanib boʻlgandan keyin unga syurpriz qiling, obaki yoki sovgʻa bering. Bu uning uchun ragʻbat boʻladi.

Unitazni yuvish masalasiga biroz taraddudni qoʻshing va buni bolangizning vazifasi qilib qoʻying. Bu ish berishi uchun bola u unitazdan foydalangandan keyin uni yuvib tashlashi mumkinligini tushunishi kerak.

Tuvakka oʻrgatuvchi Huggies® Pull-Ups trusiklari oʻrgatish jarayonini yanada tezroq va yengilroq qilishga yordam beradi.

Agar bolangiz hojatga borib, u yerda biroz oʻtirib qolgan boʻlsa (2 daqiqadan 4 daqiqagacha), lekin hech narsa sodir boʻlmasa, uni shoshiltirmang.  Ehtimol, hozir ayni vaqti emasdir. Shunchaki hojatxonaga boladan keyin biroz kechroq kiring.

Mashinada qoʻshimcha tuvakni olib yurish ortiqchalik qilmaydi. Nima sodir boʻlishi mumkinligini hech qachon bilmaysiz. Eski sochiq ham kerak boʻlib qolishi mumkin.

Bolangiz koʻp suv ichishini va tarkibida kletchatka yuqori boʻlgan mahsulotlarni yeyishini kuzatib borishga harkat qiling, bu ham ichini boʻshatish jarayonini yengillashtiradi.

huggies.uz