Koʻpchilik homiladorlar tushunarli sabablarga koʻra ularga va bolasiga potensial zarar yetkazishi mumkin boʻlgan narsadan qochadi. Xavf omillarini minimallashtirish va homiladorlik paytida nimadan saqlanish kerakligini tushunish- bu muammo paydo boʻlishi ehtimolini pasaytirishning usullaridan biri. Biroq, barchasini ham nazoratga olib boʻlmaydi.
Butun dunyoda 6% bolalar genetik yoki qisman genetik tabiatidagi jiddiy tugʻma nuqsonlari bilan tugʻiladi. Rivojlanishning tugʻma poroklari (ular shuningdek tugʻma nuqsonlar deb nomlanadi) 33ta chaqaloqdan taxminan 1tasida paydo boʻladi va ular yiliga taxminan 3,2 million odamda tugʻma nuqson tufayli layoqatlilikni yoʻqotishning sababi boʻlib qoladi.
Agar onalar bolaning rivojlanish jarayonida tugʻma nuqsonlarga olib keluvchi omillar taʼsiri ostida qolsa, mazkur koʻrsatkichlar oshib boradi. Koʻpgina tugʻma patologiyalarni oldini olish va davolash mumkin. Asosiy omil folat kislotasi, yodning toʻgʻri isteʼmol qilinishi, vaktsinatsiya va tugʻruqqacha davrda toʻgʻri yordam hisoblanadi.
Nima qilish mumkin, nimalarni esa qilish mumkin emasligi borasida axborotga ega boʻlish lozim. Homiladorlik paytida yoʻlingizda koʻpgina dahshatli vaziyatlar turgandek tuyulishi mumkin. Foydali va salbiy axborotlarni filtrlash uchun quvvatni sarflash zarur, lekin har doim ham eshitishni istamaydigan narsalardan oʻzingizni cheklay olmaysiz.
Homiladorlik paytida onalar koʻpincha nima sodir boʻlishi mumkin, bunday vaziyatda ular qanday yoʻl tutishlari va agar ular shunday qilganlarida nima boʻlar degan xavotirga tushadi. Sogʻlom idrok shundan iboratki, toksik jamiyatdan cheklanish yoki hayotingizga boʻlgan ehtimolli taʼsirini pasaytirish zarur, ayniqsa bu homiladorlik davriga taalluqli.
Dieta
Folat kislotasining tarkibi yuqori boʻlgan parhez juda muhim, ayniqsa homiladorlikning birinchi trimestrida. Folat kislotasining past darajasi koʻpincha asab tizimida patologiyasi boʻlgan, masalan, orqa dizrafizmi boʻlgan bolalarning tugʻilishi bilan bogʻliq. Har bir ayolga kuniga 400 mkg folat kislotasini qabul qilish tavsiya etiladi, hattoki homilador boʻlishdan oldin ham. Folat kislota tarkibi yuqori boʻlgan mahsulotlar- bu yashil bargli sabzavotlar (masalan, ismaloq, brokkoli va salat), mevalar (masalan, banan, qovun va limon) va goʻsht (masalan, jigar va buyraklar).
Listeriyalar
Ayrim mahsulotlarda homilador ayollar uchun xavf mavjud. Mazkur mahsulotlar homilador ayolga listeriya deb nomlanuvchi infeksiya yuqishi yoki oziq-ovqatdan zaxarlanish imkoniyatini oshiradi. Listeriya homila tushishiga, muddatidan ilgari tugʻruqqa yoki hattoki bola oʻlik tugʻilishiga olib kelishi mumkin. Oziq ovqatdan kelib chiqadigan mazkur kasallik yumshoq pishloqlar, pashtetlar, goʻshtli yarim tayyor mahsulotlar, karam salati, sushi, yumshoq muzqaymoq, pasterizatsiya qilinmagan sut, pasterizatsiya qilinmagan sut mahsulotlari va tayyor mahsulotlar, hamda dengiz mahsulotlaridan isteʼmolga tayyor taomlardan yuqishi mumkin. Oldini olish davolashdan yaxshiroq, shuning uchun sovutilgan mahsulotlar toʻgʻri saqlanishiga (toʻgʻri qadoqlanganiga) yoki tegishli sharoitlarda saqlanishiga (muzlatgichdagi harorat 40°Cni tashkil qilishiga) ishonch hosil qiling,
ovqat tayyorlashdan oldin qoʻllaringizni yuving, xom meva va sabzavotlarni tayyorlashdan oldin oqar suv tagida chaying, xom mahsulotlar uchun ishlatgan taxtakachingizni goʻsht uchun ham ishlatmang, keyin esa qoʻllaringizni, pichoqlarni, taxtakachlarni yuvib tashlang. Bundan tashqari, goʻshtning tayyorlanishi tegishli ravishda boʻlayotganligiga, tez aynuvchi va isteʼmol uchun tayyor mahsulotlar esa iloji boricha tezroq isteʼmol qilinishiga ishonch hosil qiling.
Baliq
Ayrim baliq turlari homiladorlik paytida isteʼmol qilish uchun potensial xavfli hisoblanadi. Ayrim baliq turlarida yuqori darajada simob mavjud boʻlib, rivojlanayotgan bola simobning yuqori darajasiga duchor boʻlsa, uning asab tizimida muammolar paydo boʻlishi mumkin. Ozuqa zanjirining yuqorisida turgan, hamda naxang*, qirol skumbriyasi, taroqbosh, marlin*, oddiy tunets, island xoplostetusi* va qilich-baliq* kabi yirtqich baliq turlarini isteʼmol qilmaslik lozim. Xom, yaxshi pishirilmagan yoki ifloslangan dengiz mahsulotlarini isteʼmol qilmang- shuning uchun sushiga boʻlgan muhabbatingizni unuting.
Baliqlarning ushbu turlari juda kam uchraydi yoki ekologik zararli yoʻllar bilan ovlanadi- ularni isteʼmol qilishdan voz kechish sogʻligʻingizga foyda keltiradi.
Davolanish
Agar shifokoringiz homilador ekanligingizni bilib turib, qandaydir dori preparatini buyurgan boʻlsa, uni qabul qilishni toʻxtatmang. Agar qabul qilishni darhol toʻxtatsangiz, salomatligingizga xavf tugʻdirishi mumkin (masalan, agar sizda epilepsiya yoki diabet boʻlsa), biroq, agar sizda qandaydir shubhalar paydo boʻlsa, shifokoringiz yoki farmasevt bilan ikki marta maslahatlashib koʻring.
Homiladorlikda dorilarni qoʻllash boʻyicha umumiy tavsiyalar:
Agar kerak bo’lmasa, biror narsa olishdan saqlaning — ya’ni bu sizning homiladorligingizni biladigan shifokoringiz tomonidan sizga buyurilgan.
O’z-o’zini davolash qilmang va biror narsa «tabiiy» deb yozilganligi uchun xavfsiz deb o’ylamang.
Homiladorlik paytida ba’zi dori-darmonlarni qabul qilish xavfsizdir, ammo boshqalari yo’q va ularning sizning tug’ilmagan bolangizga ta’siri noma’lum, shuning uchun kim sizga dori yoki dori vositasini buyurgan yoki tavsiya qilayotganiga ishonch hosil qiling, siz homilador ekanligingizni bilasiz — shunchaki o’ylamang.
Agar ishonchingiz komil bo’lmasa, shifokoringiz yoki farmatsevtingiz bilan maslahatlashing.
Agar siz dori-darmonlarni qabul qilsangiz, kerakli dozani, o’z vaqtida va qanday tavsiya etilishini, ya’ni och qoringa yoki boshqacha tarzda qabul qilganingizga ishonch hosil qiling.
Qo’shimcha dorilar
Homiladorlik paytida, ayniqsa bola endi shakllanayotgan birinchi trimestrda oʻtlar asosidagi yoki «tabiiy» terapiyalar deb atalmish davolash usullarini qoʻllash bilan bogʻliq maʼlum xavf mavjud. Va yana nima xavfsiz, nima esa potensial toksikligi borasida shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashib koʻrish lozim. Shunchaki «tabiiy» belgisi sifat yoki xavfsizlik nazoratining belgisi hisoblanmaydi. Oʻt choylarini isteʼmol qilishda ehtiyot boʻling- ularni ichishdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashib koʻring.
Kofein
Hozirgi paytda homilador ayollarga kofein isteʼmolini cheklash tavsiya etilmoqda. Kofeinning xavfsiz koʻrsatkichi sutkada 300 mg hisoblanadi. Oʻrtacha oʻlchamdagi chashkaga damlangan qahvada 150-240 mg atrofida kofein boʻladi, shu oʻrinda 150 ml erituvchan qahvada 80-120 mg mavjud. Kola kabi ichimliklarni ham cheklash lozim- 375 ml kolada 40-50 mg kofein mavjud. Kuniga 1 litrdan kam, iloji boricha shakarsiz ichimlikni, energetikni esa- kuniga 1 bankadan kamroq isteʼmol qilish lozim.
Qoʻrgʻoshin, ximikatlar, rentgen nurlari, ionlashtiruvchi nurlar, tirnoq uchun laklarning bugʻlari va havoni ifloslanishi ham homilador ayollar va ularning tugʻilmagan bolalari uchun xavf tugʻdirishi mumkin. Mahsulotlarning yorliqlaridagi axborotni va ogohlantiruvchi yozuvlarni oʻqish juda muhim. Agar siz potensial xavfga duchor boʻlishingiz ehtimoli mavjud boʻlsa (sochlar uchun boʻyoq yoki tirnoqlar uchun lak), yaxshi shamollatiladigan xonada ekanligingizga va himoyalovchi niqob va kiyim kiyganingizga ishonch hosil qiling. Agar atrof muhitning xavfli sharoitlarida boʻlsangiz, ish beruvchingizga homilador ekanligingizni ayting va sizga muqobil ish joyini topib berishlarini soʻrang.
Atrof-muhit toksinlari
Hozirgi paytda homilador ayollarga kofein isteʼmolini cheklash tavsiya etilmoqda. Kofeinning xavfsiz koʻrsatkichi sutkada 300 mg hisoblanadi. Oʻrtacha oʻlchamdagi chashkaga damlangan qahvada 150-240 mg atrofida kofein boʻladi, shu oʻrinda 150 ml erituvchan qahvada 80-120 mg mavjud. Kola kabi ichimliklarni ham cheklash lozim- 375 ml kolada 40-50 mg kofein mavjud. Kuniga 1 litrdan kam, iloji boricha shakarsiz ichimlikni, energetikni esa- kuniga 1 bankadan kamroq isteʼmol qilish lozim.
Qoʻrgʻoshin, ximikatlar, rentgen nurlari, ionlashtiruvchi nurlar, tirnoq uchun laklarning bugʻlari va havoni ifloslanishi ham homilador ayollar va ularning tugʻilmagan bolalari uchun xavf tugʻdirishi mumkin. Mahsulotlarning yorliqlaridagi axborotni va ogohlantiruvchi yozuvlarni oʻqish juda muhim. Agar siz potensial xavfga duchor boʻlishingiz ehtimoli mavjud boʻlsa (sochlar uchun boʻyoq yoki tirnoqlar uchun lak), yaxshi shamollatiladigan xonada ekanligingizga va himoyalovchi niqob va kiyim kiyganingizga ishonch hosil qiling. Agar atrof muhitning xavfli sharoitlarida boʻlsangiz, ish beruvchingizga homilador ekanligingizni ayting va sizga muqobil ish joyini topib berishlarini soʻrang.
Sigaretalar
Sigaretalarda nikotin va koʻpgina boshqa xavfli kimyoviy moddalar mavjud. Chekuvchi onalarda tugʻiladigan bolalarning oʻlchami kichikroq boʻladi. Ular shuningdek, muddatidan ilgari tugʻish, TBOʻSdan oʻlish, astma rivojlanishi va boshqa respirator kasalliklar xavfiga moyil. Chekadigan onada sut kam ishlab chiqariladi, ularning bolalaridan esa tamaki hidi kelishi mumkin. Homiladorlik paytida nikotinli oʻrindosh terapiya tavsiya etilmaydi, shuning uchun siz boshqa variantlarni oʻrganishingiz kerak boʻladi.
Psixofaol moddalarni isteʼmol qiluvchi onalardan tugʻilgan bolalar bir qator asoratlarning yuqori xavfiga moyil boʻladi. Homila tushishi, yoʻldosh koʻchishi, oʻlik tugʻilish, muddatiga koʻtara olmaslik, tugʻilganida past vazn va giyohvandlik- shular mazkur vaziyatlardagi asosiy muammolar hisoblanadi. Agar sizda narkotiklar isteʼmolini toʻxtatishda muammolar paydo boʻlgan boʻlsa, akusher yoki ginekologingiz bilan gaplashib koʻring.
Giyohvand moddalar
Agar sizda narkotiklar isteʼmolini toʻxtatishda muammolar paydo boʻlgan boʻlsa, akusher yoki ginekologingiz bilan gaplashib koʻring.
Kasalliklar
Homiladorlik paytida oʻzingizni kasal boʻlish xavfidan toʻliq himoya qilolmaysiz. Virus va bakteriyalar qayerga «joylashish» joyini tanlamaydi. Ularning asosiy vazifasi- oʻz manfaatlari oʻylash va imkon qadar faolroq koʻpayish. Sizning homiladorligingiz ularga «istisno» boʻlmaydi. Umuman. Homiladorlik immun javobni pasayishini anglatishi mumkin, bu demak, siz avvalgidan koʻra yanada zaifroq boʻlishingiz mumkin.
Eʼtiborli boʻling va qoʻllaringizni tez-tez yuvib turing. Boshqalar yoʻtalganda yoki aksirganda nafasni ushlab turishga harakat qiling va, agar kasal boʻlgan odamning oldida turishga toʻgʻri kelsa, har ehtimol biroz vaqtga nafasni ushlab turing. Koʻpgina viruslar havo yoʻli bilan yuqadi va oson nafas olinadigan havo zarrachalariga oʻtirib qoladi.
Homiladorlik paytida asoratlarga olib keluvchi ikki virusli infeksiyalar qizilcha (nemis qizamigʻi) va suvchechak hisoblanadi. Tsitomegalovirus, parvovirus (B-19), toksoplazmoz va gerpes va sifilis kabi jinsiy yoʻl bilan yuqadigan ayrim kasalliklar ham xavfli hisoblanadi. Siz va kinkintoyning sogʻligʻini saqlab qolishga yordam beradigan, sizga mos keluvchi vaksinalar borasida shifokoringiz bilan gaplashib koʻring.
Qaynoq vannalar, mineral spa, saunalar va spa muolajalari
Homiladorlikning birinchi oylarida homila ona tanasining haroratiga juda sezgir boʻladi. Ushbu harorat ushlanib turadigan har qanday muhit homila rivojlanishida muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Odam uchun haroratning meʼyoriy diapazoni 36,1-37,3 °Sni tashkil qiladi. Homiladorlikning erta muddatlarida onalarga bezgak bilan kasallanish ehtimolini pasaytirish tavsiya etiladi. Ularga shuningdek, harorat 39°Cdan oshadigan atrof muhitda turmaslik tavsiya etiladi.
Mushuklar
Boshqa odamlar sizga nima deyishlaridan qatʼi nazar hozir sevimli mushugingiz bilan juda yaqin aloqa qilish kerak emas. Mushuk axlati bilan aloqadan saqlanishingiz zarur, shuning uchun, agar mushuk lotokka hojat qiladigan boʻlsa homiladorligingiz paytida hamrohingizdan uni tozalashni iltimos qilishingiz lozim boʻladi. Toksoplazmoz deb nomlanuvchi parazitar kasallik kasallangan mushuklarning axlatlaridan yuqib, birinchi qoʻllaringizga, keyin esa ogʻzingizga tushishi mumkin.
Agar bogʻda ishlamoqchi boʻlsangiz albatta qoʻlqoplarni kiying va shundan keyin qoʻllaringizni sovun va suv bilan yaxshilab yuvib tashlang. Xuddi shunday isteʼmol qilishdan oldin meva va sabzavotlarni yaxshilab yuvish kerak va isteʼmol qilishda shubhali boʻlgan mahsulotlardan foydalanmasligingiz lozim, masalan, agar siz ulardan taom uchun garnir tayyorlaydigan boʻlsangiz.
Tahdid soluvchi va zoʻravonlik munosabatlari
Odamlar oʻrtasida maishiy zoʻravonlik holatlarining soni pasaytirilgan deb hisoblanadi. Homiladorlik- bu ushbu koʻrsatkich oʻz choʻqqisiga erishadigan payt, ayniqsa bola rejalashtirilmagan boʻlsa, ota-onalar yosh boʻlsa yoki ularning koʻmagi boʻlmasa, yoki stressning qoʻshimcha omillari mavjud boʻlsa.
Ishsizlik, yashash sharoitlarining yoʻqligi, narkotik va alkogol isteʼmoli- shu kabi barcha omillar zoʻravonlikni kuchaytiradi.
Agar siz, tugʻilmagan bolangiz yoki boshqa bolalaringiz, yoki hattoki uy hayvonlaringiz xavf ostida boʻlsa, sizga yordam kerak. Spravochniklarni koʻrib chiqing (yoki pastdagi maʼlumotlardan foydalaning) va mintaqangizdagi tegishli xizmat bilan bogʻlaning yoki akusher yoki shifokor bilan gaplashib koʻring. Xavfsizlik rejasini tuzishni va zarur boʻlganida sizga yordam berishi mumkin boʻlgan ishonchli shaxslardan «xavfsizlik tarmogʻini» tuzishni koʻrib chiqing. Hayvonlaringizni oladigan oila haqida axborot olish uchun hayvonlarga shafqatsiz munosabatga qarshi kurashish mahalliy boʻlimi bilan bogʻlaning.
Xavfsizlik kamarlaridan foydalanish
Homilador ayol uchun avtomobilda, avtobusda, samolyotda yoki boshqa transport vositasida yurishning eng xavfsiz usuli- bu xavfsizlik kamarini taqish hisoblanadi. Bu narsa noqulay koʻrinishi mumkin boʻlishiga qaramasdan, avariya roʻy berganida xavfsizlik kamari sizning shaxsiy hayotingizni, hamda bolangizning ham hayotini saqlab qolishi mumkin.