Tugʻruqdan keyin tos tubi mushaklari uchun mashqlar

Tugʻruqdan keyin tos tubi mushaklari uchun mashqlar
Tugʻruqdan keyin tos tubi uchun mashqlar

Tugʻruqdan keyin qovuq maʼlum davr mobaynida bola vaznining taʼsiridan tiklanishni boshlashi mumkin. Ishoning, shu kabi muammo faqat sizda emas, chunki bolalari bor har bir uchinchi ayol u yoki bu darajada qovuqning zaifligini his qilgan.

Bola ehtimol taʼsir koʻrsatgan asosiy mushaklarni mustahkamlash uchun siz tos tubi uchun mashqlarni bajarib turishingiz muhim. Takroriy mashqlar mushaklarni mustahkamlashga yordam beradi va homiladorlik paytida qovuqqa boʻlgan bosim tufayli paydo boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday ozgina oqib ketishlarni ham bartaraf etadi.


Boshqarish Maslahatlari
Tos tubi uchun mashqlardan tashqari qovuq ishini nazorat qilish muammolarini yengishning bir nechta usullari mavjud:

Qovuqni mashq qildirish — Qovuqni mashq qildirishning maqsadi sizni hojatxonaga borishlaringiz oʻrtasida koʻproq ushlab turish. Qovuqni kundaligini yuritish muvaffaqiyatlaringizni kuzatishga yordam beradi.

Tana vaznini nazorat qilish — Yaxshi salomatlikni qoʻllab turishga yordam beradi. Ortiqcha vazn tos tubi mushaklariga qoʻshimcha yuklamani yaratib, muammoni qiyinlashtirishi mumkin.

Mashqlar — Koʻngilochar yoki sport tadbirlari ayol organizmini shaklida va faol holatida ushlab turish uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega. Bu yerda himoya qiluvchi aslahalarni kiyish mumkin.

Ichak tutilishini bartaraf etish — Ichak tutilishi ahvolingizni yomonlashtirishi mumkin, chunki ichakni boʻshatish uchun siz tos tubi mushaklarini kuchantirasiz. Bu tos tubi mushaklarini shikastlashi mumkin. Ratsioningizda kletchatka miqdorini oshirish ichak tutilishi ehtimolini pasaytirishi mumkin.

Sutkada 6-8 stakan suvni isteʼmol qilish —

Bu juda muhim, chunki suv isteʼmolini cheklash salomatligingizga taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Alkogol va kofein isteʼmolini chiqarib tashlang yoki kamaytiring —

Qahva, choy yoki kola kabi alkogolsiz ichimliklarni isteʼmol qilmang. Ular organizmni suvsizlantirib, qovuqni bezovtalashi mumkin.

Sitrus mevalar va sharbatlarni, tomat va oʻtkir ovqatlarni isteʼmol qilmang —

Shu kabi barcha ovqatlar qovuqni bezovtalashi mumkin va siydik chiqarishni va aʼzo ishini nazorat qilishni qiyinlashtirishi mumkin.

Qovuq tegishli ravishda ishlashini amal qilish —

«Har ehtimolga qarshi» hojatxonaga borish odatidan xalos boʻlishga harakat qiling, chunki bu vaqt oʻtib qovugʻingizning kam sigʻimli boʻlishiga olib kelishi mumkin. Qovugʻingizda kamida 300 ml (siydik doimiy oqimining taxminan 10 soniyasi) toʻplanmaguncha ushlab turishga harakat qiling.

huggies.uz