Tugʻrugʻingiz muddatlarining jadvali

Tugʻrugʻingiz muddatlarining jadvali

Homiladorlik paytida eng hayajonli narsa- bu oʻsha sana kelishini kutish. Ongingizda muayyan sana va oy birinchi bor homilador ekanligingizni bilganingizdan boshlab qolib ketadi.


Va ushbu sananing mohiyatini baholash qiyin. Shu sanadan kelib chiqib rejalarni tuzishni boshlaysiz:


Ishdan qachon dekret taʼtilga chiqish kerak
Taʼmirlashni qachon tugatish kerak
Yangi uyga qachon koʻchib oʻtish kerak
Qachon kichkintoyni karavotchasidan olib oʻzingizning yoningizga yotqizishingiz mumkin
Shuningdek, hattoki notanish boʻlgan koʻpgina odamlar kichkintoyingiz qachon dunyoga kelishi bilan qiziqayotganini koʻrishingiz mumkin. Siz qorningizga «ishora osib» qoʻygingiz ham keladi!

Yodingizda boʻlsin, tugʻruqning taxminiy sanasini nafaqat tugʻishni kutish uchun bilish kerak, balki bolangizning rivojlanishini hisobga olgan holda undan oriyentir sifatida ham foydalanish kerak. Homiladorligingizning butun davri davomida siz va sizning akusheringiz uchun bola rivojlanishi jarayonini belgilovchi turli markerlar va indikatorlarga duch kelishingizni tushunasiz.


Masalan, bolaning birinchi harakatlarini ona homiladorlikning 16-chi haftasidan boshlab sezishi mumkin. 20-chi haftaga kelib

bachadon odatda kattayadi va kindik darajasigacha yetadi. Shu va boshqa koʻrsatkichlar siz va bolangiz yaxshi rivojlanayotganligingiz ishonchini taʼminlaydi.


Xavotir olmang, siz yolgʻiz emassiz. Davolovchi shifokor holatingizni har koʻrikda tekshirib boradi. Olingan axborotni qorningizning oʻlchami bilan taqqoslash bolangiz rivojlanayotganligini va muddatida tugʻilishga tayyor boʻlishini kafolatlashi mumkin.


Tugʻruq sanasi- bu aniq koʻrsatkich emas.

Tugʻish sanasi har doim ham tugʻruqni aynan shu kuni sodir boʻlishi kafolatlamasligini unutmaslik kerak. Eng yaxshi holatda bu odatiy sikli boʻlgan oʻrtacha statistik ayolda homiladorlikning oʻrtacha davomiyligiga asoslangan baholash. Lekin kim «oʻrtacha statistik» shaxs boʻlgisi keladi?


Muddatni hisoblashda shuningdek, urugʻlanish taxminan ayol siklining 14-chi kunlari

sodir boʻlganligi ham hisobga olinadi. Oʻrtacha statistik ona uchun- bu ssenariy ehtimolli hisoblanadi, biroq, ushbu sxemaga mos kelmaydigan millionlab onalar uchun qandaydir formula boʻlishi kerak.


Tugʻruqning taxminiy sanasi qanday aniqlanadi?

Tugʻruqning taxminiy sanasini hisoblab chiqish uchun oxirgi menstruatsiyaning birinchi kuniga 40 hafta yoki 280 kunni qoʻshish kerak boʻladi xolos. Koʻpchilik bolalar koʻrsatilgan sanadan bir necha kun oldin yoki keyin dunyoga keladi. Birinchi tugʻayotgan ayollar koʻpincha koʻrsatilgan muddatlarda «ulgurmaydi».


Vaziyat maʼlum bir darajada shu narsa bilan murakkablashadiki, onaning qornida 38-42 hafta qolib ketgan bolalar «etilib boʻlgan» hisoblanadi. Toʻrt haftalik ushbu darcha menstrual sikli 28 kunni tashkil qilmagan ayollarda ushbu sikllar oʻrtasidagi farqlarni hisobga olish imkonini beradi.


Baʼzi ayollar tugʻruq sanasining aniq emasligidan xavotirga tushishi mumkin va muddati aniq boʻlishini istardi. Shunga qaramasdan bola oʻzi aqlli va u dunyoga kelishga tayyor boʻlsa, u tugʻruqni ragʻbatlantirish usulini oʻzi topa oladi.


Yodingizda boʻlsin, homiladorlik- bu aniq fan yoki jarayon emas va barcha vaziyatlarga xotirjamlik bilan qarash kerak. Ona uchun- bu yangi tugʻilgan chaqaloq bilan boʻlajak hayotga tayyorlanish uchun yaxshi amaliyot, unda vaziyatga moslashish hayotiy muhim hisoblanadi.


Afsuski, nazorat va bolalar- bu baʼzida birlasholmaydigan ikkita soʻz


Ultratovushli tekshirish

Koʻpchilik homilador ayollar homiladorlik paytida hech boʻlmaganda bir marta ultratovushli tekshirishdan oʻtadi. Birinchi tekshirish koʻpincha birinchi trimestrda oʻtkaziladi, ayniqsa, agar homiladorlikning muddatiga nisbatan baʼzi shubhalar boʻlsa. Ikkinchi tekshiruv ultratovushli skrining deb nomlanadi va taxminan homiladorlikning 18-chi haftasida oʻtkaziladi.

Sanani aniqlash maqsadida skrining va UTTni erta oʻtkazilishi bolaning rivojlanishi borasida koʻpgina savollarga javob berishi mumkin.


Yoʻldosh qayerda joylashgan

Bola sogʻligʻining umumiy holati

Bola oʻsishining tezligi

Uning oʻlchami homiladorlik haftalariga toʻgʻri keladimi


Agar ekstrakorporal urug’lantirishni boshdan kechirgan bo’lsam-chi

Agar siz EKU yoki ekstrakorporal urugʻlanish (baʼzida bepushtlikni davolash deb ataladi) yordamida homilador boʻlgan boʻlsangiz, unda urugʻlanish qachon sodir boʻlganligini aniqlash osonroq, biroq bu bolangizning individual yetilganligini hisobga olmaydi. Koʻp homilali homiladorlikda muddatdan oldin tugʻish ehtimoli yuqoriroq. Xuddi shuningdek, agar homiladorlik paytida asoratlar mavjud boʻlgan boʻlsa, unda muddatidan avval tugʻish ehtimolliroq.

Agar mening bolam muddatidan avval tugʻilsa nima boʻladi?

Quyidagi tashhis qoʻyilgan ayollarga kesarcha kesish orqali tugʻdirish tavsiya etilishi mumkin:


Preeklampsiya
Gestatsion diabet
Autoimmun buzilishi
Mazkur vaziyatlarda tugʻruq davomiyligi ortishi sababli onaning hayoti xavf ostida qolmayotganligiga ishonch hosil qilish uchun afzalliklar va xavflar baholanadi. Shuningdek, bolaning salomatligi uchun muddatidan avval tugʻruq bilan bogʻliq xavflarni ham hisobga olish muhim.

Agar bolaning rivojlanishi tegishli ravishda kechmayotgan boʻlsa, unda koʻpincha muddatidan avval tugʻruqni oʻtkazish tavsiya etiladi. Biroq, bola uchun ona qornidan tashqari u boʻlishi mumkin boʻlgan sharoitlardan ham yaxshiroq sharoitlarni taʼminlab berish kerak. Shunday qilib, axborot qarorlarini qabul qilish uchun tugʻruq sanasidan omil sifatida foydalanish homiladorlik kechishini umumiy nazoratining muhim qismi hisoblanadi.


huggies.uz