Jinsini aniqlash- bu haqiqatan ham muhim masala va sirli oshkor qilganingizdan keyin muhokama uchun mavzu boʻlib qoladi. Sizning doʻstona qaraydigan hamkorlaringiz, doʻstlaringiz yoki oila aʼzolaringiz bolangizning jinsini topishga urinib koʻradi.
Keksa xotinlar bolaning jinsini bashorat qilishadi
Shanslar 50/50 boʻlishiga qaramasdan, baʼzi odamlar folchi boʻlishni zimmasiga olgan boʻlsa, ularning tashabbusini toʻxtatish qiyin. Bugungi kunda bolaning jinsini aniqlaydigan texnologiyalar mavjud, lekin ota-onalar bolaning jinsini oʻzlari topishga harakat qiladi- shunda qiziqarliroq boʻladi.
Homiladorligingiz tasdiqlanganidan keyin sizning barcha harakatlaringiz, yaʼni, gapirishingiz, yoʻl tutishingiz, ovqatlanishingiz yoki uxlashingiz «oʻrganila» boshlaydi. Bularning birchasi koʻngilhushlikning bir qismi, u qiz yoki oʻgʻil bola ekanligini topishdan iborat.
Boʻjimalarmi? Sizda aniq qiz boʻladi! Baliq yeyishni istaysizmi? Sizda aniq oʻgʻil boʻladi! Odamlar bolangizning jinsini aniqlashi uchun koʻpgina usullardan foydalanishiga qaramasdan, bu shunchaki «topishmoq-oʻyin». Bashoratlar. Biz bolani jinsini aniqlash uchun foydalaniladigan deyarli barcha rivoyatlarni va ular asoslanishi mumkin boʻlgan omillarni koʻrib chiqdik.
Sizning yurishingiz, qorningizning shakli, sochlaringizning tashqi koʻrinishi- barchasi bashorat uchun ishlatiladi. Va bular ilmiy dalillar bilan isbotlanmagan atigi nazariya ekanligiga qaramasdan, ular sizga doʻstlaringiz bilan muloqot qilish yoki moʻjizangizni kutish chogʻida ohirgi kunlaringizni ular bilan oʻtkazish imkoniyatini beradi.
Bola tugʻilishidan oldin oqshom- bu boʻlajak ota-onalar sharafiga shodli tadbir. Doʻstlaringiz uxlash paytingizdagi pozaga qarab ham bolangizni jinsini aniqlab berishi mumkin, albatta, agar siz ertaklarga ishonsangiz. Yodingizda boʻlsin, bu shunchaki oʻyin. Bolaning jinsini aniqlashning yagona usuli- bu uni tugʻilishi kutish yoki buni ultratovushli skanerlash orqali aniqlash.
Jinsini aniqlashning xitoy jadvali
Odamlar har doim bolasini jinsi qanaqa ekanligini topishga uringan. Oʻtmishda bu ayniqsa dolzarb boʻlgan, chunki oʻgʻil bolalar qizlarga qaraganda koʻproq ijtimoiy qadrga ega boʻlgan. Bu oila aʼzolari va boʻlajak onalar bolaning jinsiga nisbatan prognozlarni tuzib, alohida qiziqish koʻrsatgan. Shuning uchun ayrim mamlakatlarda boʻlajak bolani jinsini aniqlash amaliy fanga aylanib ketgan.
Jinsni aniqlash boʻyicha xitoy jadvali koʻp yillar mobaynida ahamiyatli oʻzgarishlarni boshdan kechirdi. Aslida u onaning yoshidan va urugʻlanish oyidan kelib chiqadi. U bola jinsini prognozlashni maxsus jadval boʻyicha hisoblashning batafsil tahlilini ifoda etadi. Yodingizda boʻlsin, hech qanday variantlarsiz shans 50/50!
Yurak urishiga qarab jinsini aniqlash
Uzoq vaqt davomida mavjud boʻlgan, eskicha rivoyatlarga asoslangan mashhur usul.
«Yurak urishiga qarab jinsini aniqlash» boʻlimida siz bola yuragini urishini eshitishda nimalarga eʼtibor berish va nimalarni yodda tutish kerakligi borasida axborotni olasiz.
Ushbu usul bola yuragining qisqarish chastotalarini oʻlchashga va natijalarni hisobga olib bashorat qilish imkoniyatiga asoslangan. Asosiy eʼtibor shunday tasavvurga qaratiladiki, bachadonda qiz bolada yurak qisqarishlarining chastotasi, ehtimol, oʻgʻil bolanikidan yuqoriroq va bir daqiqaga 140 urishdan oshadi, shu oʻrinda oʻgʻil bolalarda ushbu koʻrsatkich bir daqiqada 140 urishdan pastroq.
Unutmaslik kerak, hech qaysi tadqiqotda ushbu usul ishlashi borasida dalillar aniqlanmagan. Aslida, ushbu masalani oʻrganib koʻrishga harakat qilingan bitta tadqiqot doirasida bola yuragi qisqarishlarining chastotasi uning gestatsion yoshiga qarab oshib borishi aniqlangan. Bola ona qornida rivojlanib borgani sari uning yurak qisqarishlari chastotasi tegishli ravishda oʻzgarib boradi.
Har bir ona toʻqqiz oy uzoq davrligini biladi va uning mobaynida bolaning jinsini aniqlasa boʻladi. Kutish shunga loyiq, chunki kichkintoyning tugʻilishi koʻpgina savollarning javobini beradi. Va bolangiz qoʻlingizda boʻlishi bilan uning jinsi ahamiyatga ega boʻlmay qoladi.
Shu bilan birga, keltirilgan bola jinsini bashorat qilish usullari- moʻjizangizni dunyoga kelishini kutayotgan paytingizda vaqt oʻtkazishning ajoyib usuli. Va eng qiziqarlisi, sizning bashoratlaringiz har doim 50/50 toʻgʻri!