Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar tana vazni

Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar tana vaznini formulalar yordamida aniqlash….


6 oylikgacha bo’lgan bolalar vaznini aniqlash(Leviant bo’yicha)


M=m+(nx800)


M – bolaning hozirgi massasi

m – bolaning tug’ulgandagi massasi

n – bolaning yoshi(oyligi)


Masalan: 4 oylik bola, tug’ulgandagi vazni 3300g


M=3300+4×800, M=6500g


Demak bolaning vazni taxminan 6500 g bo’lishi kerak!


7 oylikdan 1 yoshgacha bo’lgan bolalar vaznini aniqlash(Leviant bo’yicha)


M=m+(6×800)+400x(n-6)


M – bolaning hozirgi massasi

m – bolaning tug’ulgandagi massasi

n – bolaning yoshi(oyligi)


Masalan: 11 oylik bola, tug’ulgandagi vazni 3600g


M=3600+(6×800)+400x(11-6), M=10400g


Demak bolaning vazni taxminan 10400 g bo’lishi kerak!


Аgar yuqoridagi hisoblash va bola vazni orasidagi farq 1 kg dan ko’p bo’lsa, bolani vrach Pediatr ko’rigiga olib borish zarur