Artur Konan Doyl (1859-yil 22-may — 1930-yil 7-iyul orasida yashagan) — shotlandiyalik fizik va yozuvchi. Artur Konan Doyl Sherlok Xolms haqida yozgan detektiv asarlari bilan butun dunyoga mashhurdir. Xolms haqidagi hikoyalarni millionlab kitobxonlar hozirga qadar sevib oʻqiydi.Xolmsning jinoyat ishlarini ajoyib mantiq va fikrlash bilan hal qilishiga kitobxon lol qoladi.Artur Konan Doylning koʻp asarlari rus tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Shu jumladan, „Sherlok Xolms haqida hikoyalar“ koʻp oʻzbek kitobxonlarining eng sevimli asarlaridandir. U Edinburg Universitetida tahsil olgan. Doyl yozuvchilikdan tashqari fizika va tibbiyot bilan ham shugʻullangan.Konan Doyl ijodini „Sesassa vodiysining siri“ (1879) hikoyasi bilan boshlagan. U „Badargʻa qilinganlar“ (1893), „Sardor Jerar jasorati“ (1894-95), „Rodney Ston“ (1896) tarixiy-sarguzasht romanlar, „Yoʻqolgan dunyo“ (1912), „Zaharlangan mintaqa“ (1913), „Marakot jarligi“ (1929) ilmiy-fantastik asarlar muallifidir.Pastda uning ijod namunasi keltirilgan.