Stiven Paul Jobs 1955-yil 24-fevralda Kaliforniya shtatidagi Mountain View shaharchasida tugʻilgan. Uning yoshlik va oʻsmirlik yillari shu yerda oʻtgan. Jobsning haqiqiy ota-onasi yosh talabalar boʻlgani va oila qurmagani uchun goʻdakni boqib olish uchun berib yuborishadi. Pol va Klara Jobslar esa uni boqib oladi.1974-yil Steve Jobs maktab davrida tanishgan doʻsti Steve Wozniak bilan yana uchrashadi va unga birga biznes ochishni taklif qiladi. Stiv Vozniak oʻsha paytda HP (Hewlet-Packard) kompaniyasida ishlardi.1976-yil Jobsning Folksvagen minibusini va Vozniakning programmalasa boʻladigan kalkulyatorini sotib, ikki oʻsmir Jobsning uyidagi garajda mantiqiy plata yasashadi va uni Apple I deb atashadi.1985-yil Stiv Jobs ichki nizolar tufayli oʻzi yaratgan kompaniyadan haydaladi. Jobs oʻzi bilan besh ishchini olib NeXTga asos soladi.2003-yil Stiv Jobsning oshqozonosti bezida rak paydo boʻladi. Stiv Jobs 2011-yil 5-oktabrda 56 yoshda undagi rakning jalalashi (metastazi) tufayli nafasi toʻxtab dunyodan koʻz yumdi.