Jared Leto haqida
Jared Leto (1971-yil 26 dekabrda tugʻilgan) — amerikalik aktyor va 30 Seconds to Mars musiqiy guruhining vokalchisi. U aktyor boʻlish uchun 1992-yili Nyu Yorkdan Los Anjelesga koʻchib oʻtadi. Leto aktyorlik karyerasida ancha-muncha tajriba orttirgan edi, ammo haqiqatdan esda qolarli va yorqin rol boʻlib, uning uzoq davom etmaydigan «Mening aytarli hayotim» serialida Jordan Katalanoning roli boʻladi (bu serialda u Kler Deyns bilan oʻynaydi). Kler Deynsning hohishlar va sevgi hijroni obyektini oʻynab, Jared Leto oshayotgan ommaviyligi bilan huzurlanadi. 1996 va 1997-yillari Leto People jurnalining «Dunyoning eng chiroyli 50 kishisi» roʻyxatiga kirar edi. Serial tugaganida, u filmlarda suratga tushishni boshladi.1994-yili Alisiya Silverstoun bilan birgalikda mustaqil film — «The cool & the crazy»da suratga tushganidan soʻng, uning katta ekrandagi birinchi roli «Qiyqimli koʻrpa» (1995) boʻladi. U yerda Jared Winona Ryder (Vaynona Rayder) bilan birga oʻynaydi. Soʻng u Summer Fling (1996) filmida rol o’ynadi.