Alexandre Dumas haqida

Alexandre Dumas (talaffuzi: Aleksandr Dyuma) (24-iyul 1802 — 5-dekabr 1870) — farang yozuvchisi. Sarguzashlarga boy tarixiy romanlari bilan nom chiqargan. Dumas eng mashhur fransuz yozuvchilaridandir. Alexandre Dumasning oʻgʻli Alexandre Dumas ham yozuvchi boʻlgan. Shuning uchun Alexandre Dumas katta Dumas père (Dumas-ota) va Alexandre Dumas kichkina Dumas fils (Dumas-oʻgʻil) deb yuritiladi. Alexandre Dumasning eng mashhur asarlari „Uch mushketyor“ (1844), „Graf Monte-Kristo“ (1844-1845), „Yigirma yildan keyin“ (1845) va „Vikont de Brajelon“ (1848-1850) romanlaridir. Dumas romanlar bilan birga dramalar ham yozgan. U hayoti davomida 1200 dan oshiq asar yozgan.[1] Alexandre Dumasning koʻp asarlari rus tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Dumas adabiy faoliyatini dramaturg sifatida boshlagan — uning ilk asari „Ov va muhabbat“ (1825) kichik pyesasidir. „Genrix III va uning saroyi“ (1829) dramasi yozuvchiga muvaffaqiyat keltirdi. Dumasning „Antoni“ (1831), „Nel minorasi“ (1832) va boshqa pyesalari mashxur.