Abu Abdulloh Muhammad ibn Musо al-Xorаzmiy Abu Abdulloh Muhammad ibn Musо al-XorаzmiyTug‘ilgan sana: 783 yilVafot etgan sana: 850 yilAbu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy — (taxm. 780-850 yillarda yashagan) — mashhurO‘rta Osiyolik turkiy qomusiy olimidir.U taxminan, 780-yilda Xorazmda (hozirgi Xivada, O‘zbekiston) dunyoga kelgan va 850-yillarda vafotetgan. Al-Xorazmiy o‘ʻz umrining aksariyatini Bog‘doddagi Bayt ul-Hikmada olim sifatida ishlabo‘tkazdi.Uning Algebra asari chiziqli va kvadrat tenglamalarning tizimli yechimi to‘g‘risidagi birinchi kitobdir.Shu sababdan, u Diofant kabi «algebra fanining otasi» degan unvonga sazovor bo‘ldi. Uning hindraqamlari haqidagi Arifmetika asarining Lotin tiliga tarjimasi 12-asrda G‘arb olamiga o‘nlik raqamlartizimi haqidagi tushunchani olib kirdi. Al-Xorazmiy Batlimusning «Jo‘g‘rofiya» asarini ko‘rib chiqib,yangiladi va shuningdek, uning o‘zi ham astronomiya va astrologiyaga oid bir qancha asarlar yaratdi.Al-Xorazmiy nafaqat matematika sohasiga, balki shuningdek tillarga ham katta hissa qo‘shganolimdir. «Algebra» so‘zi, olimning kitobida qayd etilishicha, kvadrat tenglamani yechishdaqo‘llaniladigan 2 amaliyotning biri nomidan olingandir. «Algoritm» so‘zining o‘zagi esa Algoritmibo‘lib, u olimning ismini lotinlashtirishdan kelib chiqqan. Shuningdek, ispan tilidagi guarismo vaportugal tilidagi algarismo so‘zlari ham (ikkalasi ham raqam ma’nosini beradi) uning ismidan kelibchiqqan.Bu atamaning boshqa ma’nolari ham mavjud, qarang: Xorazmiy (ma’nolari).Xorazmiy, Abu Jaʻfar (Abu Abdulloh) Muhammad ibn Muso alXorazmiy (783, Xiva — 850, Bag‘dod)— o‘rtaosiyolik buyuk matematik, astronom, geograf, fan tarixidagi ilk qomusiy olimlardan. Dastlabkima’lumotni Xiva shahrida olgan va yetuk olim bo‘lib shakllangan. Bunda arab istilosidan so‘ngmuayyan darajada saqlanib qolgan qadimgi Xorazm fani an’analari asosiy rol o‘ynagan. Xalifa Horunar-Rashidning o‘g‘li va uning Xurosondagi voliysi al-Ma’mun huzuriga — Marvga taklif etilgan. 819yilda Bag‘dodni egallagan al-Ma’mun turkistonlik olimlardan Xorazmiy, Ahmad al-Fargoniy, Xabashal-Hosib Marvaziy, Abul Abbos Javhariy va boshqalarni o‘zi bilan olib ketib, o‘ziga xos ilmiy jamoatashkil etgan. Bu jamoa fan tarixidagi dastlabki rosmana akademiya deb qaraladigan ilmiy muassasa —«Bayt ul-hikmat» («Donishmandlik uyi») ning o‘zagini tashkil etgan. Bu akademiyada Xorazmiyyetakchi olim va ilmiy rahbar bo‘lgan. U shu davrdan boshlab Bag‘dodda al-Ma’mun (813 — 833),so‘ng al-Mo‘ʻtasim (833 842), al-Vosiq (842 -847) xalifaligi davrlarida yashab ijod etgan.Xorazmiyning bizgacha o‘ntacha asari to‘liq, qisman yoki ayrim parchalar tarzida yetib kelgan. Shuasarlarning o‘ziyoq ko‘rsatadiki, Xorazmiy insoniyat sivilizatsiyasiga buyuk hissa qo‘shgan olimdir.Amerikalik fan tarixchisi Jorj Sarton Xorazmiyni «O‘z zamonasining eng buyuk matematigi, agarbarcha holatlar e’tiborga olinsa, barcha zamonlarning eng buyuk matematiklaridan biri», debbaholagan. Bunday baho Xorazmiyning matematika tarixida tutgan bekiyos o‘rni tufaylidir.Milloddan avvalgi 6 asrdan milodiy 5 asrgacha ravnaq topgan yunon madaniyati 4-asrga kelibinqirozga yuz tutdi. 415 yilda yunon fanining xazinasi bo‘lgan Iskandariya kutubxonasi vayron qilinib,minglab kitoblar yoqib yuborildi. Natijada fan taraqqiyotdan to‘xtab, hatto qo‘lga kiritilgan yutuqlarham unutila boshladi. 4 -8 asrlarda olis Xitoy va Hindistondagi ayrim olimlar faoliyatini hisobgaolmaganda Konstantinopol (Vizantiya) va Gandishapurda (Eronning hozirgi Huziston viloyatida) jonsaqlagan yunon olimlari, ayrim suryoniy, yahudiy va nasroniy ruhoniylari omon qolgan yunonchakitoblarni saqlash, tarjima kilish, sharhlar bitish bilangina shug‘ullangan, diniy ehtiyojlar tufayli ayrimastronomik kuzatuvlargina olib borilgan.9-asrda Arab xalifaligi kuchayib, uning poytaxti Bag‘dod ulkan iktisodiy-ijtimoiy markazga aylandi vabu yerga ilm ahli oqib kela boshladi. Al-Hajjoj ibn Matar al-Kufiy, Abu Zakariyya YAhyo ibn al-Batrak, Hunayn ibn Ishoq, Husta ibn Luqo al-Baalbakiy va boshqa yunon olimlarining asarlarini,Muhammad al-Fazariy, Ya’kub ibn Tarik va boshqa olimlar hind tilidagi kitoblarni arab tiliga tarjimaqila boshladilar, arab tilida dastlabki sharhlar bitildi. Lekin fan yangi marralarni egallashi uchun uniyangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarish lozim edi. Fan tarixchisi Adam Mets iborasi bilan «Musulmonrenessansi» deb atalgan fan tarixidagi bu hodisa birinchi navbatda Xorazmiy nomi va ilmiy jasoratibilan bog‘liq.Xorazmiy Bag‘dodda yunon fanining yutuqlarini o‘rganadi, hind va eron manbalari, hatto bevositaBobildan kelgan ayrim faktlar hamda xitoy manbalari bilan ham tanishadi, ularni o‘zining muhimkashfiyotlari bilan boyitadi va fan tarixida abadiy iz qoldirgan fundamental asarlar yaratadi. Shuninguchun Xorazmiy o‘zigacha mavjud bo‘lgan sivilizatsiya merosini sintez qilib, boyitib jahonga yoyganfan dahosi hisoblanadi.Xorazmiy algebra faniga asos solgani, bu fan atamasi uning «Kitob muxtasar min hisob al-jabr valmuqobala»(«Al-jabr val-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob») asari nomidan kelib chiqqani yaxshima’lum. Lekin ba’zan Xorazmiy faqat o‘zidan avval ma’lum bo‘lgan chiziqli va kvadrat tenglamalaryechish usulini tizimga solgan, degan nuqtai nazar uchraydi. Bu fikr Xorazmiy asari shu mavzudanboshlanganligi tufayli paydo bo‘lgan. Holbuki, Xorazmiyning kitobi, birinchi navbatda, algebrikhisobga bag‘ishlangan. Bu shundan ham ko‘rinadiki, kitob nomi ikki muhim algebrik amal — al-jabr vaal-muqobala bilan atalgan. Xorazmiy algebrik amallarni, avval tenglamalarni yechishda qandayqo‘llanishini bayon etib, so‘ng algebrik shakl almashtirishlariga o‘tgan. Aks holda kitobningmaqsadini tushunish qiyin bo‘lar edi. Xorazmiy asari 12 asrning boshlarida kremonalikGerardo,chesterlik Robert tomonidan lotinchaga tarjima qilingan, nomi qisqarib «aljebra» (fransuz, ingliztillarida), «algebra» (nemis, rus tillarida) deb atala boshlagan va fan nomiga aylanib ketgan.Uning muqaddimasida kitob nima maqsadda yozilgani bayon qilinadi: «Men arifmetikaning oddiy vamurakkab masalalarini oʻz ichiga oluvchi «Aljabr valmuqobala hisobi haqida qisqacha kitob»ni taʻlikqildim, chunki meros taqsimlashda, vasiyatnoma tuzishda, mol taqsimlashda, adliya ishlarida, savdodava har qanday bitimlarda, shuningdek, yer oʻlchashda, kanallar oʻtkazishda, geometriyada va b.shunga oʻxshash turli ishlarda kishilar uchun bu zarurdir».Kitob uch qism (kitob)dan iborat. Uning 15 bobli birinchi qismi «Kitob al-muxtasar filjabr valmuqobala»deb nomlangan va sof matematik faktlar bayoniga bag‘ishlangan. Xususan, unda QadimiyBobildan ma’lum bo‘lgan birinchi va ikkinchi darajali tenglamalarni yechish usullari bayon qilingan.Xorazmiy manfiy sonlardan foydalanmagani uchun tenglamalarni quyidagi ko‘rinishda qaraydi:ax2=bx, ax1=c, bx=c, ax2+bx=c, ax2+c=bx, ax2=bx+c. (Ular hozirgi fan tilida birinchi va ikkinchidarajali tenglamalarning musbat sonlar yarim maydoni ustidagi kanonik ko‘rinishlaridir).Xorazmiy har bir holda tenglamani yechish qoidalari hamda ularning qat’iy isbotlarini keltiradi. Isbotgarchi tashqi ko‘ʻrinishda geometrik tilda bayon qilinsada, mohiyatan hozirgi algebrik isbot bilan mostushadi.Kitobning keyingi bobida algebrik hisob, xususan, al-jabr va muqobala amallari bayon qilinadi. Bubobda «irratsionallik» tushunchasi kiritiladi, «ishoralar qoidasi» keltiriladi. Kitobning navbatdagi ikkibobi algebradan masalalar to‘plami bo‘lib, al-jabr va muqobala amallari bilan yechiladiganmurakkabroq misollarga, «O‘lchashlar haqida bob»i geometriyata bag‘ishlangan. Unda shakllarningyuz va hajmlarini o‘lchash qoidalari, Pifagor teoremasi va boshqa faktlar bayon qilingan. Bu bob hajmjihatdan kichik bo‘lsa ham, o‘sha davr amaliyoti uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.Lekin muallif muqaddimada qayd etganidek, bu bobdan ko‘zlangan asosiy maqsad geometriyanibayon qilish emas, balki algebra geometriyada ham qo‘llanishini namoyish qilish bo‘lgan. Macalan,uch tomoni berilgan uchburchakning balandligi algebra vositasida topilishi ko‘rsatilgan.Kitobning qolgan ikki qismi «Vasiyatlar kitobi» va «Takdir aylanishlari hisobi haqida» deb nomlanib,musulmon fiqhi bo‘yicha, xususan, meros taqsimlashga oid masalalar algebra usullari bilan qanday haletilishi ko‘ʻrsatilgan.Shunday qilib, «Aljabr valmuqobala hisobi haqida qisqacha kitob» algebra asoslari hamda algebraniamalda tatbiq etishga bag‘ishlangan mukammal darslik bo‘lgan (yana qoida «Al-jabr val muqobala»).Sivilizatsiya taraqqiyotida sonlar va arifmetik amallar qanday o‘rin tutishi ravshan, busiz jamiyattaraqqiyotini tasavvur qilib ham bo‘lmaydi. Bugun umumbashariy madaniyatning eng oddiy unsurigaaylanib ketgan sonlarni o‘nli sanoq sistemasida yozish va ular ustida arifmetik amallarni bajarishqoidalari Xorazmiyning «Arifmetika» asari tufayli joriy bo‘lgan.Algoritm namunalari (masalan, Evklid algoritmi) yunon matematikasida uchraydi. Xorazmiyalgoritmik mushohadaning qiyin va murakkab mavzularni bayon qilishdagi ahamiyatni to‘g‘ri baholab,uni o‘z asarlarida muntazam ravishda qo‘llagan, mushohada va bayon uslubiga aylantirgan. O‘rtaasrlarga kelib, Yevropada avval to‘rt amalni bajarish qoidalari, so‘ng umuman arifmetika, 18 asrdanhar qanday qat’iy tartibdagi matematik qoidalar, 19 asrdan hisoblash mashinalari uchun dasturlar«algoritm» deb atala boshlagan. 20 asr o‘rtalarida algoritm tushunchasi kompyuterlar fanining o‘zakkonsepsiyasiga aylangan bo‘lsa, asr oxirida u matematika va informatika doirasidan chiqib, barchatabiiy fanlar va texnikada tafakkurning zaruriy unsuri — algoritmik mushohada qobiliyati darajasigayetdi. Xorazmiyning nisbat algoritmi atamasiga aylangani tarixiy dadolatdir.Xorazmiy «Arifmetika»si sonlar tabiati haqidagi umumiy mushohadalardan boshlanadi. So‘ng istalganbutun musbat sonni o‘nta raqam orqali yozish usuli, ya’ni o‘nlik sanoq sistemasi va uning afzalliklaribayon qilinadi. So‘ng bu sanoq sistemasida yozilgan sonlarni qo‘shish, ayirish, kupaytirish va bo‘lishqoidalari bayon kilinib, misollar bilan tushuntiriladi. Shundan keyin Xorazmiy kasr sonlar haqidatushuncha beradi va ular ustida arifmetik amallarni oltmishli sanoq sistemasiga asoslanib bajarishqoidalarini aytadi. Biografiya 80 1 2 3 4 5 Жалоба 20 0 22-02-2024, 06:40