Tobiinning hadis olimlaridan. Tug’ilgan yillari noma’lum, hijriy 99 yilda vafot etganlar. Kunyalari Abu Muhayriz al Makki. Quddusi Sharifta yashaganlar. Zamonlarida Shom olimi deb tanilgan bir zot. Abu Mahzuradan, Said ul Hudridan, Hz. Muoviyadan, Uboda ibni Somitdan, Abu Dardodan hadis rivoyat qilgan. Rivoyat qilgan hadislari Kutubi Sittadan joy olgandir. Imom Avzoi buyuradiki: Tobe bo’lish uchun olimni ahtargan birisi Abu Muhayrizga borsin”
Rajo ibni Hayo shunday deydi: Madinalilar Ibni Umar r.anhumo bilan fahrlanishsa biz Shomda Abdulloh ibni Muhayriz bilan fahrlanardik”.
Abdulloh ibni Muhayriz juda taqvoli hamda parhez sohibi edi. 7 kunda bir Qur’oni Karimni hatm qilardi.
Uning bazi hikmatli so’zlaridan:
Xayrli ishni ko’rganingizda Allohga hamd ayting, Yomon ishni ko’rganingizda esa hech ham vaqt o’tkazmasdan Allohdan bu kulfatni Ummati Muhammadiydan tezroq ko’tarishini so’rab duo qiling”
“Biz amalni ilmdan afzal ko’ramiz. Faqat bugun amalgam nisbatan ilmga bo’lgan ehtiyojimiz ko’proqdir. (Chunki ilm unutildi)