Xalifa Umar ibn Xattob (roziyallohu anh) kechasi bilan uxlamasdan, Madina ko‘chalarida, tinchilikni saqlab xech kimni osoiyshtaligini buzmaslik uchun aylanib yurdilar.
Uylarni birma-bir ko‘zdan kechirib, bozor va shaharning katta maydonini aylanib, xayollaridan Alloh Rasulining saxobalarini birma-bir o‘tkazdilar. Ulardan birini o‘z jangarlariga qo‘mondon qilib «Axvazga» (Axvaz Iroqni g‘arb tarfidagi mintaqa) yuborib fatx qilishlik uchun. Xursand bo‘lib bir qarorga keldilar:
«Topdim men..Alloh xoxlasa»
Tong otishi bilan Farruq (roziyallohu anh) xuzurlariga Salama ibn Kays (roziyallohu anh) al Ashjaiyni chaqirib dedilar:
«Men seni qo‘mondon qilib Axvazga yubormoqchiman Allohni ismi bilan sayr qilib va Allohni yo‘lida kurashgin, uning yo‘liga qarshi bo‘lganlarni uchratsang oldin ularni islomga chaqir, agar qabul qilsalar unda ikki yo‘l bor biri sizlar bilan birga Mushriklarga jang qilish, ikknchisi uylarida qolishni istasalar unda «zakot» berishliklari shart va jangdan tushgan o‘ljalardan ularga ulush yo‘qdir. Agar sizlar bilan birgalikda jang qilsalar unda sizlar bilan teng xuquqdalar, sizlarga nima tegsa ularga ham siz kabi ulish bor. Agar ular urushdan bosh tortsalar va islomni qabul qilmasalar unda ulardan «Jiz’ya» olinglar va ularni o‘z xoxshilariga qo‘yinglar. Jiz’ya to‘lashlikdan bosh tortsalar unda ular bilan Alloh yo‘lida kurashingiz bunda Alloh Sizga yordamchidir. Agar ular Sizdan Alloh va Rasulining ximoyasini talab qilsalar, ularga Alloh va Rasulining ximoyasini va’da berib, o‘z ximoyangizga olinglar… Ular ustidan g‘alaba qilsangiz ularga qattiq qo‘l bo‘lmangiz va xaddingizdan oshmangiz, bolalarni o‘ldirmasdan xech-kimni qiynamangiz.»
Salama javob berib:
«Eshitdik va itoat qildik, ey mo‘minlar amiri!»
Qo‘lidan qattiq ushlab Umar ibn Xattob (roziyallohu anh) u kishini safarga kuzatdilar, ketidan namoz o‘qib u kishini haqqiga omad tilab duo qildilar. Axvazga borish yo‘llari tog‘lik va toshloq yerlar bo‘lgani uchun biroz qiyinchilik tug‘dirdi. Basra va Axvaz mintaqalarigacha ko‘p qal’alar joylashgan edi va ularni ahli «kurdlar» qaysar va jangga chidamli edi. Musulmonlar uchun ularni ustidan g‘alaba qilishlik juda zarur edi. Basra shahrining atrofida forslarni qal’alari joylashganligidan xavotir edilar. Axvazni qanday bo‘lmasin fatx qilishlik zarur edi, chunki o‘sha vaqtda Axvaz jangarilari Iroq ahliga xaf xatar tug‘dirayotgan edi.
* * *
Salama ibn Qays (roziyallohu anh) lashkarlarga bosh bo‘lib «Axvaz»ga yetay deb turganlarida musulmonlarga bu mintaqani o‘zlashtirish biroz qiyin bo‘ldi. Kecha va kunduzi bilan zararli sudralib yuruvchi ilon va chayonlarni chaqishlaridan uxlamasdan tepalik tog‘larda qiynalishdi.
Salama ibn Qays (roziyallohu anh) musulmonlarni ruxini ko‘tarib, ularga vag‘iz qildi va oldilaridagi qiyinchiliklar onson bo‘ldi og‘irliklar esa yengilga aylandi. Vaqti vaqti bilan Salama (roziyallohu anh) jangchilarga qalblarga ta’sir qiladigan go‘zal qur’on oyatlarini kechasi tilavat qilib berardilar. Ularga ilohiy bir nur tushib hammayoq yorug‘ bo‘lib ketgandak edi, ular bu ilohiy nurdan o‘zlarining toliqqanlarini va muxtojliklarini unitar edilar…
Axvazga borishganda Salama (roziyallohu anh) ularga xalifa aytganidek Allohning dinini qabul qilishlikni taklif qildioar, ular esa bosh tortishdi. Keyin ularga jizyani taklif qildilar, ular takkaburlik qilib bu shartdan ham bosh tortishdi. Bundan keyin musulmonlarga boshqa iloj qolmadi, ular bilan kurashishlikka tayyorgarlik ko‘rdilar. Allohning yo‘lida haqiqiy muxojirlarga o‘xshab jixotga bel bog‘lab ajirga intilishdi.
* * *
Ikki tarafdan shavqatsiz qonli urushga kirishildi, bunday urushdagi mardonavarlikni boshqa janglardan topish qiyin. Shunga qaramasdan musulmonlar Allohni yordami bilan g‘alaba qozondilar. Allohni dushmanlari esa mag‘lubiyatga uchradilar.
* * *