Teleboshlovchi Leonid Arkadivich Yakubovich 1945 yil 31 iyulda Rossiyaning Moskva shahrida yahudiy millatiga mansub oilada tug’ilgan.
U yoshligida maktabdan haydaladi va samalyot zavodida elektromexanik sifatida ishlaydi.U O’rta maktabni ishdan keyingi kechki maktabda o’qib tamomlaydi.
Keyinchalik u Moskva elektron muhandislik instituti va Moskva muhandislik qurilish oliygohlarida tahsil oladi.
O’qishni tamomlagach Leonid Yakubovich Zil avtomobil zavodida ishlay boshlaydi.
Keyinroq u televideniyada turli ko’rsatuvlar uchun senariylar yozada va bir nechta dasturlar muallifi sifatida ishlaydi.
1991 yildan boshlab esa barchamizga tanish Pole Chudes yani Mo’jizalar maydoni nomli ko’rsatuvning Boshlovchisi sifatida foliyatini davom ettiradi.
Leonid Yakubovich ushbu dasturda 20 yildan oshiq boshlovchilik qildi.
U nafaqat teleboshlovchi balki yozuvchi,aktyor va prodyuser sifatida ham faoliyat yuritgan.
Leonid Yakubovich aktyor sifatida 10 dan oshiq filmlarda qatnashgan.
Leonid Yakubovich