Jamol Hoshimov va Javlon Hamroyev Biografiyasi

Jamol Hoshimov 1948 yil 30 dekabr sanasida Toshkentning eski shahar qismida tug’ilgan.

 

U bolaligidanoq san’atkor bo’lishga qiziqqan va maktabni tugatgach, dastlab uch yillik aktyorlik kurslarida keyinroq esa Toshkent teatr va rassomchilik san’ati oliygohida tahsil olgan.

Jamol Hoshimov o’zining ilk rolini 1967 yilda «Uyimga tashrif buyur» nomli filmda o’ynagan.Ana shu filmdan keyin uni kinoaktyor sifatidagi faoliyati boshlangan.

 

Jamol Hoshimov va Javlon Hamroyev Biografiyasi
Ushbu aktyor o’z faoliyati davomida 50 dan oshiq filmlarda suratga tushgan bo’lib, ular orasida «Suyunchi»dagi G’aybulla,»Shumbola»dagi Buqoq hamda «Abdullajon» filmidagi Matqovul kabi rollari bilan xalq orasida tanilgan.

 

Jamol Hoshimov so’nggi marta 1999 yilda «Orator» nomli filmda suratga tushgan.Ushbu aktyor 51 yoshda olamdan o’tgan.

 

Javlon Hamroyev 1934 yil 10 iyul sanasida aktyor Razzoq Hamroyev oilasida tug’ilgan.

 

Ushbu aktyor 1966 yilda Toshkent teatr va rassomchilik san’ati oliygohini tamomlagan.U 1962 yildan to umrining oxirigacha «O’zbekfilm» qoshidagi «Kinoaktyor studiyasi»da faoliyat yuritgan.

Javlon Hamroyev o’z faoliyati davomida 70 dan oshiq filmlarda suratga tushgan.Bu aktyor ko’pchiligimizga «Abdullajon» filmidagi Yo’ldosh obrazi bilan tanilgan.

 

U o’zining ko’p yillik faoliyati orqali 1989 yilda «O’zbekiston xalq artisti» unvoni bilan taqdirlangan.

 

Ushbu aktyor 1997 yil 18-oktyabrda 63 yoshida Toshkent shahrida olamdan o’tgan.

 

Bu aktyorlar garchi hayot bo’lishmasa ham,  o’zlarining unitilmas obrazlari bilan  tomoshabinlarning xotirasida mangu yashab qolishadi.