Dharmendra Biografiyasi

Dharmendra to’liq va haqiqiy ismi Dharam Sinx Deol. U 1935-yil 8-dekabr sanasida Hindistonning Panjob shtatida tug’ilgan.

 

Ushbu aktyor yoshligida burg’ilash kompaniyasida ishlagan.Keyinchalik aktyorlikka bo’lgan qiziqishi tufayli turli filmlar kastinglarida ishtirok etib yurgan.Bir necha yil ichida u epizodik rollardan asosiy qahramonlar rollarini ijro etuvchi aktyorga aylangan va Dharmenra ismi bilan mashxur bo’lgan.

O’zbek tomoshabinlariga bu aktyor «Alibobo va qirq qaroqchi», «Zita va Gita» hamda «Tosh va Gul» kabi o’nlab filmlardagi rollari bilan tanilgan.

 

Aktyorning shaxsiy hayoti haqida: Dharmendra birinchi marta 19 yoshida ota-onasining zo’rlovi bilan Parkash Kaur ismli qizga uylangan.Ular birgalikdagi turumushlari davomida ikki o’g’il va ikki qiz farzandli bo’lishgan.Uning ikki o’g’li ko’pchiligimiz tanigan Sanni va Bobbi Deol bo’lib, ular ham otalari kabi taniqli aktyor bo’lishgan.

 

Birinchi ayoli bilan ajrashgandan keyin Dharmendra o’zi sevgan aktrisa Xema Maliniga uylangan.Ular 1979-yilda oila qurishgan bo’lib, ayni shu nikoh sabab aktyor islom dinini qabul qilgan.

Hindiuzim talimotida qo’shxotinlikka ruxsat berilmasligi sabab aktyor birinchi ayoli bilan ajrashib Xema Maliniga uylana olmagan.

Anashu muammoni hal etish va o’zi sevgan ayolga uylanish maqsadida u islom dinini qabul qilgan hamda Dilavar Xon ismini olgan.

 

Ushbu sa’natkorlar ikki qiz farzandli bo’lishgan.Ularning qizlari Esha va Axana Deollar ham ota-onalari kabi aktyor bo’lishgan. 

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko’ra hozirda Dharmendra va Xema Malini alohida alohida hayot kechirishadi.

 

Bugungi kunda ushbu aktyor 83 yoshda bo’lib, o’zi tashkil etgan fermada faoliyat yuritadi.