Miqdod ibn Amr

“ISLOMNING ENG AVVALGI CHAVANDOZI”
 Birodarlari va do‘stlari u haqida shunday hikoya qilishar edi:

 “Alloh yo‘lida ot choptirgan insonlarning eng birinchisi Miqdod ibn Asvad edi”.

 Miqdod ibn Asvad, bu qahramonimiz Miqdod ibn Amr bo‘lib, johiliyat davrida Asvad ibn Abdulyag‘us uni asrab olgan edi. To Alloh Ta’lo birovni farzandini o‘ziniki qilib olishni bekor qilib oyat nozil qilinmaguncha, uni Miqdod ibn Asvad deb chaqirilar edi. Oyat nozil bo‘lgach, otasi Amr ibn Sa’dga nisbat berilib, Miqdod ibn Amr deb chaqiriladigan bo‘ldi .

 Miqdod Islomni eng avvalgi qabul qilganlardan biri edi. Xavoriylarning xursandligida shijoat bilan quraysh tomonidan keladigan aziyatlarni ko‘tarib, iymonini jaxriy ravishda ochiq-oydin e’lon qilganlarning yettinchisi bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi .

 U Badr kuni qiymati o‘chmas, go‘zal ko‘rinishdagi xislatini namoyon yetdi. Miqdodning maqomini ko‘rgan xar-bir inson, uning o‘rnida bo‘lib qolishni nixoyatda hohlar edi. Rosululloh sallallohu alayhi vassalomning sahobalari bo‘lmish Abdulloh ibn Mas’ud deydi:

 «O‘sha kuni Miqdodni ko‘rib, dunyodagi barcha narsalardan ko‘ra uning o‘rnida bo‘lib qolish men uchun mahbubroq bo‘lib qolgan edi».

 Badr kuni juda og‘ir boshlangan edi. Quraysh o‘zining butun kuch-quvvati, qat’iyligi va kibru-havosini to‘plab, musulmonlar tomon bostirib kela boshladi. Bu kun musulmonlar juda oz bo‘lib, Islom dini himoyasida jang qilib hali sinalmagan edilar. Bas, bu ular kirishayotgan ilk jang bo‘ldi. Rosululloh sallallohu alayhi vassalom o‘zlari bilan bo‘lgan musulmonlarning iymonini sinash, hamda otliq va piyodalar bilan bostirib kelayotgan ko‘p sonli dushman qo‘shiniga qarshi kurashga tayyorgarliklarini tekshirib ko‘rishga xarakat qildilar. Bas, Janobimiz ular bilan nima qilish haqida maslahat qildilar. Ashoblar bilar edilarki, qachon payg‘ambarimiz ulardan maslahat so‘rasalar, bu ishni haq deb bilib, har birlaridan shaxsiy fikr va qanoatlarini talab qilar edilar. Garchan ulardan ba’zi birlari butun jamoat fikriga xilof fikrni aytsa ham, hecham buning zarari yo‘q edi .

 Miqdod musulmonlar orasida jang masalasida eng ehtiyotkor bo‘lib qolishdan qo‘rqib, biror bir musulmon birodari so‘z boshlamasdan ilgari, qa’tiy kalima bilan urushning shiorini belgilash va shu bilan birga jang rejasiga o‘z ulushini qo‘shishni istagan edi. Lekin u hali lablarini qimirlatishga hali ulgurmay turib, Abu Bakr Siddiq r.a so‘zlay ketdi. Abu Bakr yaxshi so‘zlarni aytanidan Miqdod xotirjam va mamnun bo‘ldi. So‘ngra undan keyin Umar r.a so‘zlay ketdi. U ham juda yaxshi so‘zlarni aytdi. So‘ngra Miqdod o‘rnidan turib dedi:

 «Ya Rosulalloh sallallohu alayhi vassalom, Alloh sizga ko‘rsatgan tarafga qarab yuravering, biz siz bilan birgamiz … Allohga qasam, biz Banu Isroil Muso alayhis salom ga: “Sen va Robbing borib, ikkovingiz jang qilaveringlar, biz bu yerda o‘tirib turamiz» -deb aytgan so‘zlarini Sizga aslo aytmaymiz. Balki biz Sizga:»Siz va Robbingiz borib, ikkovingiz jang qilaveringlar, biz esa sizlar bilan birga jang qiluvchilarmiz» — deb aytamiz. Sizni haq bilan jo‘natgan zotga qasamki, agar bizni «Barkul g‘imod» degan joyga yetaklasangiz ham, o‘sha joyga hech ikkilanmay borib, o‘ng tomoningizda, chap tomonningizda, oldi va orqa tomoningizda turib, to Alloh sizga fath-nusrat berguncha jang qilamiz».

 Bu kalimalar xuddi otilgan o‘qdan keskin chiqdi. Rosululloh sallallohu alayhi vassalom ning muborak yuzlari charaqlab ketib, Miqdodning haqiga duo qildilar. Miqdod ibn Amr aytgan bu qat’iy kalimalar to‘plangan mo‘minlar orasida tezda tarqaldi. Miqdod o‘zining bu qat’iy so‘zlari orqali uning ketidan fikr bildirmoqchi bo‘lganlarga so‘zlashning yangi navini, gapmrmoqchi bo‘lganlarga o‘ziga xos chegara va yo‘l belgilab berdi. Albatta Miqdodning aytgan bu so‘zlari mo‘minlarning qalbidan o‘rin olib, ularga qattiq ta’sir ko‘rsatdi. Ansorlarning boshliqlaridan bo‘lgan Sa’d ibn Muoz o‘rnidan turib dedi:

«Ya Rosulalloh sallallohu alayhi vassalom batahqik biz sizga iymon keltirdik va tasdiq qildik, hamda Siz keltirgan narsa haq ekanligiga guvohlik berdik … Va shu xususda Sizga ahd va va’da berdik. Bas bizni hohlagan tomonga boshlayvering. Biz Siz bilan birgamiz … Sizni haq bilan yuborgan zotga qasamki, bizlarni dengizga ro‘baro‘ qilib, unga sho‘ng‘isangiz, biror-tamiz ortda qolmay ketingizdan dengizga sho‘ng‘iymiz. Ertaga Siz bizni dushmanga ro‘baro‘ qlishingizdan sira qo‘rqmaymiz. Biz urushga sabrlimiz. Shoyad Alloh Sizga biz tomondan ko‘zingizni quvotiradigan narsani ko‘rsatsa .. Bas, Allohning barakoti tomon bizni boshlang» .

 Payg‘ambar alayhis salom ning qalblari xursandlik bilan to‘lib toshib, asxoblariga dedilar:

« Qani yuringlar va quvoninglar».

 Ikki qo‘shin bir biri bilan to‘qnashdi. Mana shu kuni musulmonlarning otliq chavondozlari uch kishi edi xolos. Ular Miqdod ibn Amr, Mursid ibn Abi Mursid va Zubayr ibn Avvom roziyallohu anhumlar edilar. Qolgan mujohidlar piyoda yoki qisman tuya mingan holda jangga kirdilar.

* * *

 Yuqorida biz aytib o‘tgan Miqdodning kalimalari uning faqatgina shijoatini ko‘rsatibgina qolmay, balki bizga uning nihoyatda dono va chuqur tafakkur egasi ekanligini xam namoyon etadi. Darhaqiqat, u buyuk hikmat sohibi bo‘lgan edi. Payg‘ambar alayhis salom uni bir qancha muddat insonlarga amir etib tayinladilar. Miqdod amirlikdan qaytib kelgach, undan so‘radilar:

«Amirlik (boshliqlik) qanday ekan?”

U esa buyuk rostgo‘ylik bilan shunday dedi:

 «Darhaqiqat siz menga insonlar mendan pastroqda turgan holda, men esa ulardan yuqorida turib o‘z nafsimga nazar tashlash uchun imkon berdingiz…Sizni haq bilan jo‘natgan zotga qasamki, bugundan keyin hech qachon, xatto ikkita insonga xam boshliq bo‘lmayman» .

 Agar mana shu hikmat bo‘lmasa,boshqa nima hikmat bo‘lishi mumkin??

 Agar mana shu insonni dono deyilmasa, boshqa kimni aytish mumkin??

 Amir etib tayinlangach, g‘urur va kibr asta sekin nafsini qoplay boshlaganini ko‘rdi. O‘zining nafsidagi bu zaiflikni sezib, amirlikdan nafsini olib qochishga va mana shu tajribadan so‘ng, boshliqlikni doim inkor etishga Alloh Ta’loga qasam ichdi. So‘ngra umrining oxirigacha bu qasamiga sodiq bo‘lib qoldi .! Miqdod doim Rosululloh sallallohu alayhi vassalomdan eshitgan mana bu so‘zlarni aytib yurar edi. U zot:

 “Albatta baxtli inson fitnalardan chetlashtirilgan insondir” — deb aytgan edilar .

U boshliqlikda uni fitnaga soladigan yoki fitnaga yaqinlashtiradigan g‘urur va kibrni ko‘rdi. Shu sababli o‘zining baxtiyorligi fitnalardan uzoqlashishligida ekanligiga ishonch hosil qildi.

 Miqdodning hikmatli va dono zotligini bizga uning do‘stlaridan biri, mana bu o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan suhbat orqali so‘zlab beradi:

 “Biz Miqdodning atrofida o‘tirgan edik. Bir kishi yonimizga kelib Miqdodga dedi:

 “Mana bu ikki ko‘z qanday ham baxtli ekanki, Rosululloh sallallohu alayhi vassalom ni ko‘rishga muyassar bo‘lgandir. Ey Miqdod Alloh bilan qasam, biz sen ko‘rgan narsani ko‘rishni va sen guvoh bo‘lgan narsaga guvoh bo‘lishni nihoyatda istar edik» .

 Miqdod u tomonga o‘girilib dedi:

 «Sizlardan birortangiz Alloh undan g‘ayb qilgan narsani ko‘rishni istamasin. Bilmaydiki, agar o‘sha narsani guvohi bo‘lganda qanday yo‘l tutgan bo‘lar edi?? Allohga qasamki, Alloh ularni yuzlari bilan jahannamga uloqtirgan qavmlar ham Rosululloh sallallohu alayhi vassalom bilan bir vaqtda hayot kechirishgan. Axir sizlarni ularning sinovlaridan uzoq qilib, robbingiz va payg‘ambaringizga iymon keltirgan hollarigizda dunyoga keltirgan Alloh Ta’loga xamd-sanolar aytmaysizmi?».

Ajabo … qanday buyuk hikmat. Birodar, albatta siz ham Alloh va Rosulini sevadigan biror mo‘mini uchratmang, shubhasiz u ham Payg‘ambar alayhis salom ni ko‘rib, u zot bilan bir asrda yashashni orzu qilayotgani ko‘rasiz…! Ammo Miqdodning o‘tkir va dono aqli bu orzudan uzoqroq bo‘lishni bizga uqtiryapti. Chunki bu orzuni qattiq istayotgan inson bilmaydiki, agar o‘sha davrda hayot kechirsa, do‘zax ahlidan bo‘lib qolishi xam mumkin-ku?? Yoki bo‘lmasa, Rosululloh sallallohu alayhi vassalomga kufr keltirgan kofirlar qatorida ham bo‘lib qolish mumkin edi-ku? Axir Islom mustahkam qaror topgan zamonda yashashni nasib qilib turgan Allohga hamd aytish yaxshiroq emasmi?

* * *

 Miqdodning Islomga nisbatan bo‘lgan muhabbati cheksiz edi. Uning muhabbati oddiygina bo‘lib qolmasdan, balki o‘zining zimmasidagi mas’uliyatni chuqur his qiladigan muhabbat edi .Uning payg‘ambarimizga bo‘lgan muhabbati, qalbini Rasululloh sallallohu alayhi vassalomning xavfsizliklarini ta’minlash mas’uliyati bilan qoplagan edi. U Madinida biror-bir shovqin eshitguday bo‘lsa, bir ko‘z ochib yumguncha bo‘lgan vaqtda otini ustiga minib, hindiy qilichini beliga taqqan xolda Rasululloh sallallohu alayhi vassalomning eshiklari oldida paydo bo‘lar edi. Islomga nisbatan muhabbati esa, uning qalbini Islomni himoya qilish mas’uliyati bilan qoplagan edi. Bu mas’uliyat Islomni faqatgina dushmanlarning hiylasidan emas, balki do‘stlarining xatosidan ham himoya qilishdan iborat edi.

 Miqdod ibn Amr bir kuni dushmanga qarshi musulmonlar qo‘shini bilan yo‘lga chiqdi. Dushman ularni qamal ostiga olishga muvaffaq bo‘lgani sababli, musulmonlarning amiri askarlarga birortalari ulovlarini ochiq maydonda o‘tlatmasliklarini buyurdi. Lekin askarlardan biri bu buyruqni eshitmay, unga xilof ravishda ulovini ochik maydonda o‘tlatib qo‘ydi. Buni eshitgan amir o‘sha askarga nisbatan haqli bo‘lganidan ziyod, balki umuman nohaq tarzda jazoladi. Jazolanib, ko‘z yosh to‘kib o‘tirgan askarning yonidan Miqdod o‘tib qolib undan yig‘isining sababini so‘radi. U esa bo‘lgan voqeani Miqdodga so‘zlab berdi. Bas, Miqdod uni qo‘lidan tutib amirning xuzuriga boshlab bordi. Miqdod ibn Amr amir bilan biroz bahslashib, unga yo‘l qo‘ygan xatosini tushuntirib bergach, dedi:

 «Mana endi sendan qasos olishi uchun unga qo‘yib ber!»

Amir bo‘ysunib o‘zidan oddiy askar qasos olishi uchun rozi bo‘ldi. Biroq bu oddiy jangchi uni avf qilib, kechirib yubordi.

Miqdod ularga mana bu izzatni in’om etgan dinning buyukligidan benihoya shod bo‘ldi. U doim o‘ziga-o‘zi aytar edi:

 «Qani endi Islom aziz bo‘lgan holda vafot topsam».

 Ha… albatta Islom aziz va buyuk bo‘lgan holda vafot topishni orzu qilgan edi. U mana shu orzusi amalga oshishi uchun fidoyi insonlar bilan birga shu qadar ulkan va yorqin fidoyilik ko‘rsatdiki, hatto Rasululloh sallallohu alayhi vassalom u haqida quyidagi so‘zlarni aytishlariga haqli bo‘ldi:

 «Albatta Alloh Ta’lo menga seni sevishlikni buyurdi va menga seni sevishligini xabarini berdi».

Rijolun havlar-rasul| Hadis.islom.uz