Hamza ibn Abdulmuttalib

«ALLOHNING ARSLONI VA MUJOHIDLAR SAYYIDI»
Makka ahli sa’y-harakat, mehnat, ibodat va lag‘v − behudaga tolib- toshgan kundan keyin kechasi chuqur uyquga tushgan. Qurayshliklar to‘shaklari ustida u yoq- buyoqlariga ag‘darilib uhlab yotibdilar… Faqatgina ulardan bir inson yonboshini to‘shagidan uzoqda tutib, bedor bo‘lmoqda. U kechasi uyquga barvaqt yotib, bir-ikki soat orom olgach, buyuk zavq va shavq bilan o‘rnidan sakrab turardi. Chunki u Alloh taolo bilan ahdlashgandi . Bas, u hujrasidagi ibodat qiladigan joyiga borib, robbisiga munojot va duo qilardi. Har qachon astoydil duo bilan tavba-tazarru qilib yig‘layotgan shovqinini eshitib uyg‘ongan ahli unga rahmi kelib, o‘z nafsini bu qadar qiynamasdan uyqu orqali orom olishga chaqirganda ko‘zlarida yosh bilan unga :«Ey Hadija, uhlaydigan davr o‘tdi!»,  deb javob berardi.

Bu inson da’vatini endigina boshlab, so‘zlarini boshqalarga mahfiy ravishda, pichirlab gapirishiga qaramay, Quraysh ahliga uyqu bermay ularni bezovta qila boshladi.

U Zotga iymon keltirganlar hali juda ozchilikni tashkil qilardi. Iymon keltirgan mo‘minlardan tashqari, unga nisbatan hurmat va muhabbatni qalbida ko‘tarib ,hali iymon keltirishga ulgurmagan insonlar ham bor edi. Bu insonlarning qalblari u Zotga iymon keltirib, uning muborak karvonida sayr qilishga zavq-shavq bilan to‘lib toshgan edi. Jamiyat va urf-odatlarning uslubi, ota-bobolaridan meros qolgan dinlariga taqlid qilish bosimi, g‘arb va sharq orasidan chiqayotgan nidolar tufayli ikkilanishdan o‘zga narsa ularni iymon keltirishdan to‘smasdi. Shunday insonlardan biri Rosululloh sallallahu alayhi vasallamning amakilari va emikdosh birodarlari bo‘lmish Hamza ibn Abdul Muttalib edi.

Hamza jiyaning ulug‘ va komil inson ekanligini hamda uning ishining  haqiqatini va go‘zal hislatlarini juda yahshi bilar edi. U jiyanini faqatgina amaki sifatida emas, balki birodari va do‘sti sifatida tanir edi. Chuni u Rasululloh sollallahu alayhi vasallam bilan bir urug‘dan bo‘lib yoshlari ham bir- biriga yaqin, birga o‘sib, birga o‘ynab, birga birodar tutinib, eng avvaldan qadamma- qadam yurib ulg‘aygan edilar. Garchi yoshlikda bir hil yo‘lda bo‘lgan bo‘lsalar-da, ulg‘aygach, Hamza o‘z tengqurlari bilan dunyoning yahshiliklaridan foydalanishda  raqobatlashib, Makka va Quraysh zodagonalri orasidagi o‘z obro‘-e’tiborini oshirish yo‘lini tanladi. Ammo Muhammad sallallahu alayhi vassallam esa  Allohning yo‘lini unga yoritib berayotgan nurini ibodat bilan ziyoda qilish hamda uni chuqur tafakkurga cho‘mdirib, hayotning g‘avg‘olaridan yiroq qilayotgan qalbining tubidan chiqayotgan nido haqida o‘ylab, haqiqat bilan ko‘rishishga tayyorgarlik ko‘rar edilar. Ikkisining tanlagan yo‘llari har hil bo‘lishiga qaramay, Hamza o‘zining jiyani va tengquri bo‘lgan Rasulullohning barcha komil fazilatlarini bir zum ham unutmagan edi. Albatta, bu kabi komil fazilatlar va go‘zal ahloqlar egasi barcha insonlar qalblarida yuksak maqomga ega  bo‘lib, uning buyuk istiqboli uchun oydin va ravshan surat chizib berdi.

Bir kuni erta tongda Hamza odatdagidek ko‘chaga chiqdi. Ka’baning yoniga kelib, u yerda Quraysh boshliqlari va sayyidlaridan bir guruihini ko‘rib qoldi. Ular bilan birga o‘tirib, nima haqida suhbatlashayotganlariga quloq tutdi. Ular Muhammada sollallohu alayhi vasallam haqida gaplashayotgan edilar. Hamza qarasa, ular birinchi bor jiyanining da’vati haqida xavotirga tushib gapirishar hamda so‘zlarida Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nisbatan achchiqlanish, g‘azab va hasadga urg‘u berishayotganini bildirishar edi. Muhammadning da’vatiga ilgari bu qadar e’tiborlari yo‘qligini va befarq ekanliklarini izhor qilganday bo‘lar edilar. Ammo bugunchi? Yuzlarida xavotir mavj urib, g‘azab bilan go‘yo u Zotni g‘ajiguday so‘zlamoqdalar!!!

Hamza ularnining so‘zlarini eshitib uzoq kuldi, so‘ngra ularni haddan ziyod oshirib, yomon gumon qilishda aybladi. Abu Jahl o‘rnidan turib o‘tirganlarga dedi:«Albatta, Hamza Muhammad da’vat qilayotgan narsaning habarini hammadan ko‘ra yahshiroq biladi, lekin u buni yengil sanab, hatto Quraysh uyquga ketib, so‘ngra tongda uyg‘onganida hamma yer rasvo bo‘lib, jiyanining ishi g‘olib bo‘lishini istaydi».Mushriklar bir-birlariga hayqirib va do‘q-po‘pisa qilib suhbatlarini davom ettirishardi… Hamza esa bir tabassum qilib, bir jahli chiqar edi. Hamma tarqab, uy- uyiga jo‘nab ketgach, Hamza boshini yangi fikrlar va xavotirlar bilan og‘irlashtirib o‘zi bilan o‘zi bahslashib, jiyanining da’vati hususida o‘ylay boshladi.

Kunlar ketidan kunlar o‘tib, Qurayshning Rasululloh sollallohu alayhi vasallam keltirgan da’vatlari atrofidagi hayqiriq va xavotirlari yanada ziyoda bo‘ldi. So‘ngra bu xavotirlar janjalga aylandi. Hamza esa bu voqealarni uzoqdan kuzatib turdi. Jiyanining sabot bilan turishi Hamzani hayratga sola boshladi. Chunki  u Zotning o‘z iymoni va da’vati yo‘lidagi fidoyiligi barcha Quraysh uchun ilgari ko‘rilmagan yangilik edi.

Agarda o‘sha kunlarda biror bir shak Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning rostgo‘yliklari va buyuk fazilatlari hususida biron insonni shubhaga sola olsa, bu shak Hamzaning qalbi va xayoliga sira yo‘l topa olmas edi. Hamza Muhammad sollallohu alayhi vasallamni go‘dakligidan to ulg‘ayguncha insonlar orasida eng yaxshi biluvchi zot edi. U jiyanini huddi o‘zini tanigandek, balki undan-da ziyoda tanir edi. Ikkovlari birga hayotga kelganlaridan boshlab, to birga o‘sib-ulg‘aygunlarigacha Muhammad sallallohu alayhi vasallamning hayoti quyoshning nuri kabi pokiza edi!!! Hamza mana shu pokiza hayotdan yetgan biror shubhani eslay olamydi.Rasululloh sollalohu alayhi vasallamning biror kishiga g‘azab qilganlarini  yoki birovdan tama qilganlarini ko‘rmagan   zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ergashishdan o‘zini chetga olishi mumkin emas edi. Bas, Hamza tez kunda Rasululloh sollallahu alayhi vasallamga iymon keltirishni qalbiga tugib qo‘ydi.

O‘sha kun yetib keldi….

Hamza kamonini yelkasiga osgan holda, sevimli mashg‘uloti bo‘lmish ovchilik qilish uchun  sahroga tomon yuzlanib uyidan chiqdi. U ovchilik bobida nihoyatda mohir edi. Sevimli mashg‘ulotini tugatib, o‘ljasi bilan uyiga qaytayotganida, odatiga ko‘ra tavof qilish uchun Ka’ba tomon yo‘l oldi. Ka’baga bir oz qolganda Abdulloh ibn Shud’on xodimasi unga yo‘liqdi. Xodima Hamzani ko‘riboq dedi: «Ey Abu Umora, agarda jiyaning Muhammadga xozirgina Abu Hakam ibn Hishomdan yetgan ozorni ko‘rganingda edi. Uni Ka’ba yonida ko‘rib qolib, so‘kib haqoratlab qattiq ozor berishdi.»  So‘ngra Abu Jahl Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qanday ozor berganini birma-bir tushintira ketdi. Hamza uning so‘zini diqqat bilan tingladi, biroz sukut saqlab, so‘ngra kamonini olib yelkasiga osdi. Keyin tez va shahdam qadamlar tashlab, Abu Jahlni uchratib qolish maqsadida Ka’ba tomon yurib ketdi. Agar Ka’ba yonida uni uchrata olmasa, albatta, boshqa yerlarni qidirib uni topishga ahd qildi. Biroq Ka’baga yetgach, Abu Jahl  bir guruh Quraysh zodagonlari orasida o‘tirganiga ko‘zi tushdi.

Hamza o‘zini bosgan holda Abu Jahlning yoniga kelib, kamoni bilan uni boshiga bir tushirdi. Abu Jahlning boshi yaralanib qonab ketdi. O‘tirganlar dahshatdan o‘zlariga kelmaslaridan ilgari Hamza Abu Jahlga qarata qichqirdi:

«Muhammadni haqorat qildingmi? Bilginki, men ham uning dinidaman. U aytgan so‘zni men ham aytaman. Agar qodir bo‘lsang, menga javob qaytar».

O‘tirganlar barchalari boshliqlari ustiga tushgan xorlikni va uning boshidan oqayotgan qonni bir lahzaga unutib qo‘yishdi. Ularni ustilariga yashindan tushgan Hamzaning so‘zlari mashg‘ul qilib qo‘ydi. Bu shunday so‘zlar ediki, ular orqali Hamza Muhammad sollallohu alayhi vasallamning diniga kirib, u aytayotgan so‘zni aytishini bildirdi.

−Hamza Islomni qabul qildimi?!

−Qurayshning eng baquvvat va ulug‘ yigiti-ya?!

Bu Quraysh ustiga tushgan katta bir halokat ediki, uni qaytarishga qodir emasdilar. Hamzaning Islomni qabul qilishi, sara insonlarning ko‘pchiligini tez kunda Islom tomonga boshlashi mumkin. Bu bilan Muhammad o‘z atrofiga tez orada kuchiga kuch qo‘shadigan, da’vatini quvvatlaydigan kuch va quvvatni topishi mumkin. Natijada qurayshliklar kunlardan bir kuni o‘z but-sanamlarini parchalab tashlayotganning shovqinini eshitib uyg‘onadi!!!

Ha, albatta, Hamza iymon keltirdi. Va Quraysh boshliqlariga hafsalasini pir qilgan mushrik jamoatni tark qilib, qalbini Islomga bag‘ishlaganini e’lon qildi. Abu Jahl yorilgan boshidan oqayotgan qonni artish bilan mashg‘ul bo‘lib turgan paytda Hamza kamonini yelkasiga osib, shahdam qadamlar tashlab uyi tomon ravona bo‘ldi.

Hamza teran aql va yuksak qalb sohibi ham edi. Uyiga qaytgach, kunning g‘avg‘olaridan forig‘ bo‘lib, fikr qilish uchun o‘tirdi. Hozirgina bo‘lib o‘tgan hodisa hech ham ko‘z o‘ngidan ketmasdi.

O‘z Islomini qanday qilib va qachon e’lon qildi …?!

Darhaqiqat, u o‘z Islomini g‘azab va nafratga to‘lib, qizishgan lahzalarda e’lon qildi. Jiyani biror yordamchi topolmay haqorat qilinib, zulmlanganligiga g‘azab qilib, bani Hoshimning sharafini himoya qilgan holda, Abu Jahlning boshini yorib uning yuziga Islomni qabul qilganini ochiq- oydin e’lon qildi. Lekin inson uchun asrlar davomida amal qilinib kelgan ota-bobolarining dinini tark qilib, haqiqatini oz bilgan va ta’limotini o‘rganib chiqmagan dinni qabul qilishning eng to‘g‘ri yo‘li shu bo‘la oladimi?

Haqiqat shuki, Hamza Muhammad sollallohu alayhi vasallamning rostgo‘yliklari va niyatlarining pokligiga zarracha ham shubha qilmas edi. Biroq kishi butun farzlari va mas’uliyatlari bilan yangi dinni g‘azabga  to‘lgan holda qabul qilishi mumkinmi?

Bas, Hamza tafakkur qila boshladi…. Oradan bir necha kunlar o‘tdi. Ammo Hamza na kunduzi va na kechasi tinch orom olar edi. Shunday qilib, Hamza Islom haqiqatiga yetishish uchun ota-bobolaridan qolgan eski din bilan yangi dinni taqqoslab tarozuga solib, aqlini bir oz ishlatib ko‘rgan edi, hatto nafsiga ota-bobolaridan meros qolgan dinga fitriy xohish va har bir yangi sinalmagan narsadan fitriy qo‘rquv hosil bo‘ldi. Uning xayolidan Kaaba oli halar va but sanamlar va ota-bobolaridan qolgan din va uning natijasida quraysh ahli va butun Makkaga kelgan obro‘-e’tibor o‘ta boshladi.

Darhaqiqat, uning qalbida jiyani bayrog‘inin ko‘targan bu yangi da’vatga nisbatan hurmat va ehtirom cheksiz edi. Ammo agar unga mana shu da’vatga iymon keltirib, unga ergashib va uni himoya qilish taqdir qilingan bo‘lsa, bu dinga kirishning eng munosib vaqti qachon bo‘lishi mumkin?

G‘azab va nafratga to‘lib toshgan lahzalardami yoki aqlini ishlatib chuqur fikr yurgizgan vaqtdami?

Shunday qilib, qalbining to‘g‘riligi va fikrining pokligi uning bu ish hususida yangitdan, chuqur va nozik ravishda fikr qilishga chorladi.

Hamza taajjub qildiki, qanday qilib inson bu qadar os onlik va tezlik bilan ota-bobosining dinini tark qilishi mumkin. Va qilib qo‘ygan ishiga nadomat chekdi. Lekin yana o‘ziga kelib aqliga murojaat qila boshladi. Qarasa, haqqa yetishishga aqlning o‘zi kifoya qilmas ekan. So‘ngra u Ka’baning yoniga borib, ko‘zlarini samoga qaratgan holda unga hidoyat yo‘lini ko‘rsatishligi uchun Alloh taologa yolvorib tazarru bilan duo qila boshladi. Keling, uning o‘ziga quloq tuta qolaylik, u bizga qolgan voqealardan hikoya qilib bera qolsin:

«So‘ngra qavmim va ota-bobomning dinini tark qilganimga meni nadomat tutdi, pushaymin bo‘lganligimdan kechasi bilan uyqum kelmadi, so‘ngra Ka’baga borib Allohning qalbimdagi shak-shubhani ketkazib, uni haq tomonga burishini yolborib so‘radim. Bas, Alloh mening duolarimni ijobat qilib qalbimni iymon va yaqin bilan to‘ldirdi. Ertasi kuni Rasululloh sollallahu alayhi vasallam huzurlariga borib, barcha bo‘lib o‘tgan ishlarni u Zotga so‘zlab berdim. Bas, u janob Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Allohdan qalbimni dinida sobit qilishini so‘rab duo qildilar.»  Shunday ravishda Hamza roziyallohu anhu Islom dinini qabul qildi.

Alloh taolo Hamza roziyallohu anhu bilan Islomni aziz qildi. Ukuchli g‘urur bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va u Zotning zaif ashoblarini himoya qila boshladi. Abu Jahl Hamzani muuslmonlar safida ko‘rgach, urushdan qochishning hech ham chorasi yo‘qligini tushunib yetdi. So‘ngra Quraysh mushriklarini Rasululloh bilan u kishining ashoblariga aziyatlar yetkazishga gijgijlay boshladi. Albatta, tabiiyki, Hamza musulmonlarga yetadigan barcha aziyatlarni qaytara olmasdi, lekin shunga qaramay, uning islomi musulmonlar uchun himoya va qalqon bo‘ldi. Shuningdek, Hamza roziyallohu anhu so‘ngra Umar ibn Hattob roziyallohu anhularning Islom dinini qabul qilishlari tufayli ko‘pgina qabilalar guruh-guruh bo‘lib Islomni qabul qilishlari uchun turtki bo‘ldi. Hamza roziyallohu anhu iymon keltrriganlaridan keyin butun kuch quvatini va hayotini Alloh va uning diniga bag‘ishladi. Hatto Nabiy sollallohu alayhi vasallam uni «Alloh va Rasulining arsloni»,  degan buyuk nom bilan mukofotladilar. Musulmonlar dushman bilan to‘qnashgan birinchi jangda Hamza qo‘shinning amiri vazifasini bajargan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam musulmonlarga tutqazgan bayroqning ilk sohibi ham Hamza roziyallohu anhu edi. Ikki qo‘shin to‘qnashgan Badr jangida Alloh va Rasulining arsloni buyuk jasoratlarni ko‘rsatdi.

Mag‘lubiyatdan alamda bo‘lgan Quraysh qo‘shinlarinngi qoldiqlari Badrdan Makkaga qaytishdi. Abu Sufyon ham boshini egib qalbida qo‘rquv bilan Makkaga kirib keldi. Chunki u jang maydonida Quraysh boshliqlarining eng ulug‘laridan bo‘lmish Abu Jahl, Utba ibn Robia, Shayba ibn Robia, Umayya ibn Halaf, Uqba ibn abi Muayt, Asvad ibn Abdul Asad, Al Mahzumiy, Valid ibn Utba, Nazr ibn Xolis, Os ibn Sayid, Tama ibn Adi va o‘nlab qurayshning dovyurak yigitlarini qoldirib kelayotgan edi. Quraysh bu mag‘lubiyatni osonlik bilan qabul qila olmay, qaytadan o‘ch olish uchun butun kuch quvvati va mol mulkini to‘plab musulmonlarga qarshi urush qilishga tayyorgarlik ko‘rdi.

Quraysh Abu Sufyon boshchiligida butub urug‘ aymog‘lari va arab qabilalari orasidagi do‘stalrini yig‘ib Uhudga yetib keldi. Qurayshning boshliqlari bu jangda ikki kishini nishon qilib olishgan edi. Ular Rosuli akram sallallahu alayhi wasallam va Hamza rodaiallohu anhu edi. Ha albatta! Ularning urushga chiqishdan ilgari mahfiy suhbatlarini eshitgan kishi, Hamza Rsululloh sallallahu alayhi wasallamdan keyin bu jangdagi asosiy mo‘ljal ekanligini osongina bilib olish mumkin edi. Mushriklar urushga chiqishlaridan avval Hamzani o‘ldirish uchun bir kishini tanladilar. U Habashiy qul bo‘lib, nayza otish bobida yuksak mahorat egasi edi. Ular bu habashiy qulning jandagi vazifasi faqatgina Hamzani “ovlab”nayzasi bilan uni qatl qilishidan iboratligini uqtirib , urushning taqdirining qanday rivoj olishiga qaramay o‘z vazifasidan sira og‘ishmasligini buyurdilar. Unga buning evaziga juda ulug‘ mukofot, ya’ni ozozdlikni va’da qildilar. Bu kishining ismi vahshiy bo‘lib, Jubayr ibn Mut’amning quli edi. Jubayrning amakisi Badr kuni halok bo‘lgandi.

Jubayr quliga dedi: Odamlar bilan jangga chiq, agar Hamzani qatl qilsang, ozod bo‘lasan! Songra mushriklar Vahshiyni o‘zlarining asosiy nishonlaridan biri bolgan Hamzani daf qilish uchun koproq gij gijlash uchun, uni Abu Sufyonning hatini Hind bintu Utbaga topshirishdi. Hind Badr jangida otasi akasi va o‘g‘lini yo‘qotgan edi. Unga: Hamza shularning ba’zilarini o‘ldirib ba’zilarini esa o‘ldirishga ko‘maklashgan, deb  habar berishgandi.

Shuing uchun Quraysh erkak va ayollarini kopchilgi bu urushga chiqishga horis bol’dilar. Ularning asosiy maqsadlari, garchi bu hatarli ishning qiymati har qancha bo‘lmasin, Hamzani qatl qilish edi.

Hind jangga chiqishdan bir necha kun ilgari butun yumushlarini yig‘ishtirib, faqatgina vahshiyning qalbini Hamzaga nisbatan adovat va g‘azabga to‘ldirish bilan mashg‘ul bo‘ldi. U vahshiyligi o‘zi ega bo‘lgan barcha zeb zoynat, duru gavharlarini qo‘liga tutgan holda, dedi: “Agar Hamzani qatl qilsang mana bularning hammasi seniki deb va’da qildi. Vahshiy bu zeb ziynatlarni ko‘rib so‘lakalri oqqan holda, ozodligini qo‘lga kiritib qaytib qul bo‘lmasligi va Quraysh boshlig‘I ayolining bo‘ynini bezatib turgan zeb ziynat va duru gavharlarga ega bo‘lgan holda chiqadigan bu jangni hayolidan o‘tqazib, uni mushtoqlik bilan kuta boshladi.

Demak mushriklarning mahfiy kelishuvlari va butun jangning asosiy maqsadi ochiq oydin shaklda Hamzani o‘ldirishdan iborat ekan.

Uhud g‘azoti ham yetib keldi.

Ikki qo‘shin bir biri bilan to‘qnashdi. Hamza rodiallohu anhu jang maydononing o‘rtasida turar, urush liboslarini kiyib, ko‘kisga har doimfgidek tuyaqush patini taqib olgan edi. U mardlik bilan jang qilib, ro‘parasidan chiqqan mushriklarni birin ketin yer tishlatardi. Musulmonlar ham barchalari hujumga o‘tib, mushriklar esa mag‘lub bo‘lib, ortlariga qochib, chekina boshlaganlaridan go‘yo g‘alaba nusrat juda yaqindaybo‘lib ko‘rina boshladi. Agarda tog‘ning tepasida turgan kamonchilar g‘animatlar ilinjida joylarini tark etib, pastga tushib buning oqibatida pistirmada turgan mushriklar qo‘shinga tog‘ning ortidan hujumga o‘tishga imkoniyat paydo ‘ilib bermaganlarida, shubhasiz Uhud g‘azoti faqatgina Qurayshning erkagu ayollari uchun emas, balki uning otlariyu tuyalarining ham qabristoniga aylangan bo‘lar edi. Musulmonlar g‘aflatda qolgach, ularning ortlaridan mushrikla otliqlari hujumga o‘tib birin ketin musulmonlarni qilichdan o‘tkaza boshladilar. Bu holatdan musulmonlar esankirab qoldilar, chunki ko‘pchiliklari qilich va nayzalarini yerga uloqtirib, hamma narsalarni tashlab qochib ketayotgan mushriklar qolgan g‘animatlarni to‘plash bilan ovora bo‘lib qolishgan edi. Musulmonlar yana qayta o‘zlariga kelib, uloqtirib yuborgan qurol aslahalarini qaytib qo‘llariga olib, jang qila ketdilar. Lekin fojia yuz berib, butun jangdagi tashabbus mushriklarning qo‘llariga o‘tib bo‘lgan edi.

Bu voqealarni ko‘rib turgan Hamza o‘zini yo‘qotmay, quvvatiga quvvat kuchiga kuch qo‘shilib yanada qattiq jang qila boshladi. Birin-ketin mushriklarni qilichi bilan savalab, yer tishlatayotgan vaqtda Vahshiy uni kuzatib, nayzasi bilan zabt etish uchun vaqt poylab turardi.

Keling bu voqealarni bayon qilib berishni Vahshiyning o‘ziga qo‘yib bera qolaylik: “Men habashiy bir odam edim. Huddi habashilarga hos bo‘lganidek, nayzasi bilan biron narsani mo‘ljalga olib uloqtirsam kamdan kam holda hato qilar edim. Ikki tomon Uhud g‘azotida to‘qnashgan vaqtda men ham birga chiqdim. Hamzani qidirib ohiri odamlar orasida huddi kul rang tuyadek ajralib turib jang jang qilayotganiga ko‘zim tushdi. Qarshisidan chiqqan kishini qilichi bilan urib yer tishlatardi. Allohga qasamki men uni o‘ldirish uchun tayyorgarlik ko‘rgan edim. U menga yaqinroq kelishi uchun bir darahtning orqasiga yashirinib, payt pylab turdim. Shu payt mendan ilgari Sibog‘ ibn Abdul Uzzo unga tashlandi. Hamza uni ko‘rishi bilanoq unga: “Qani beri kelchi, ey a’zolarni kesuvchi” deb, qilichi bilan shartta uning boshini kesib tashladi. Shu payt nayzasini siljitib, payt poylab nishonga tegishiga aniq ishonch hosil qilgach, nayzamni uloqtirgan edim, uning kindigi ostiga tegib, ikki oyoqlari o‘rtasidan teshib chiqdi. So‘ng u menga tashlanmoqchi bol’di lekin holdan toyib yiqilib joni uzildi…

Uning oldiga borib, nayzasini sug‘urib oldim. So‘ng jang maydonini tark etib, askarlarning qarorgohida o‘tirib turdim. Sababi men jang qilish uchun kelmagan edim. Ozod bo‘lish uchungina Hamzani qatl qilgan edim.”

Vahshiy o‘z so‘zini nihoyasiga yetqazib qo‘yish uchun unga yana bir oz quloq tutsak zarari yo‘q deb o‘ylayman: “ Makkaga qaytganimdan so‘ng ozod qilindim. Rosululloh Makka fathida unga kirmagunlaricha men Makkada yashadim. So‘ng Toifga qarab qochdim. Qachonki Toif ahli Rosululloh sallallohu alayhi vasallamga iymon keltirish uchun Madinaga bir guruh elchilarini jo‘natgach, men uchun barcha boradigan yo‘llar berkildi. Men o‘zimcha: “ Shomga yoki Yamanga yoki boshqa biror yerga boraman” deb o‘yladim. Allohga qasam men shuni harakatida turganimda bir kishi kelib menga dedi: “ Ey bechora, albatta Rosululloh sallallohu alayhi vasallam o‘z dinlariga kirgan biror kishini qatl qilmaydilar”. So‘ngra men Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning huzurlariga, Madinaga bordim. U zodning ko‘zlari menga tushishi bilanoq shahodat kalimasini aytib iymon keltirdim. So‘ngra menga dedilar: “Sen Vahshiymisan?” Men: “Ha yo Rosululloh” dedim. U zot: “Qanday qilib Hamzani o‘ldirganingni menga aytib ber” dedilar. Bas men bo‘lgan voqeani so‘zlab berdim. So‘zimni nihoyasiga yetkazgach menga dedilar: “Ey bechora, yuzingni mendan yashirgin”. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam to vafot etgunlariga qadar meni ko‘rib qolmasliklari uchun u zotdan o‘zimni olib qochib yurdim. Vaqtiki musulmonlar Yamoma sohibi bo‘lgan Musaylamatul Kazzobga qarshi jangga otlanganlarida men ham Hamzani o‘ldirgan nayzamni olib, ular bilan birga chiqdim. Jang boshlangach ko‘zim qo‘lida qilichini tutib tik turgan Musaylamaga tushdi. Nayzamni olib unga uloqtirdim. Bas nayzam unga tegib yiqildi.

Garchi men manashu nayzam bilan insonlarning eng yahshisini qatl qilgan bo‘lsamda, huddi shu nayzam bilan insonlarning eng yomonini o‘ldirganim tufayli Alloh meni mag‘firat qiladi deb umid qilaman”.

Alloh va Rosulining arsloni mana shunday shahidlarning ulug‘i bo‘lgan holda vafot topdi. Hayoti ham shovqin suronli bo‘lgani kabi o‘limi ham huddi shunday shovqin suronli bo‘ldi. Dushmanlari uni o‘ldirish bilan kifoyalanmadilar. Qanday qilib kifoyalanish yoki qanoatlanish hosil qilsinlar, ahir ular bu jang uchun butun mol davlatlari va hamda erkaklarini to‘plab, maqsadlari faqatgina Rosululloh va Hamzani qatl qilishdan o‘zga narsa bo‘lmasa?

Abu Sufyonning hotini Hind bintu Utba Vahshiyga Hamza Rodiallohu anhuning ko‘ksini yorib jigarini keltirishni buyurdi. Bas Vahshiy bu quturgan ayolning rag‘batini qondirib unga o‘ng qo‘li bilan Hamzaning jigarini uzatib, chap qo‘li bilan Hindning zeb ziynatlarini oldi. Hind Hamzaga nisbatan g‘ayri insoniy bu nafrat va g‘azabini qondirish uchun uning jigarini chaynay boshladi. Ammo bu pokiza insonning jigari uning tishlariga bo‘ysunmadi. Natijada Hind uni yutishga ojiz qolib og‘zidan chiqarib tashlashga majbur bo‘ldi. Shunday qilib jang nihoyasiga yetdi. Mushriklar tuya va otlariga minib shahid musulmonlarni ko‘mish uchun Makkaga qaytib keldilar. Rosululloh sallallohu alayhi vasallam va sahobiylar tepalikdan jang maydoniga tushdilar. Rosululloh vodiydagi Alloh taologa o‘z jonlarini sotib uning evaziga buyuk robbilariga qurbat hosil qilib qurbon bo‘lib yotgan sahobiylarning yuzlariga birma bir tikildilar. Birdan muborak yuzlarida qayg‘u va alam alomatlari paydo bo‘lib ko‘zlaridan yosh oqa boshladi. Qanday qilib arab halqi bu qadar jirkanch vahshiylikka qo‘l urib shuhadolarning sayyidi va Allohning arsloni bo‘lgan amakilar Hamza ibn Abul Muttalibning o‘lik jasadini manabu suratda tilka pora qilganlariga aqllari bovar qilmay qoldi. So‘ngra muborak yoshlari bilan jiqqa ho‘l bo‘lib ketgan ko‘zlarini Hamza radiallohu anhuning jasadiga tikkan holda dedilar “Hech kim siz kabi holatga tushmagan, hech hachon mana bu kabi men uchun omon bo‘lgan joyda turmaganman”. Keyin esa ashoblarga qarata dedilar “Agar Hamzaning singlisi Sofiya hafa bo‘laganlarida va Hamza mendan keyin keladiganlarga sunnat bo‘lib qolmaganlarida uning jasadini junday holda dafn qilmay, hatto yirtqich hayvon va qushlar uchun qoldirgan bo‘lardim. Bordiyu biror bir jangda Alloh meni Quraysh ustidan g‘olib qilsa ulardan 30 kishini musla (jasadni tilka pora qilish) qilaman”.  Ashoblar ham: “Allohga qasam agar Alloh kunlarning birida bizni ularning ustidan g‘olib qilsa ularni shu qadar musla qilamizki hali biror arab uni ko‘rmagan” deb hayqirdilar.

Alloh taolo Hamza radiallohu anhuga shahidlikni in’om etib uni birinchi bor mukarram etgan bo‘lsa uning o‘limini ham mukarram etib to adolatni himoya qiladigan hatto uqubat va qasos vaqtida ham rahm shavqatni vojib va farz qiluvchi buyuk dars uchun fursat qildi. Shunday qilib Rasullulloh sallallohu alayhi vasallam aytayotgan tahdid va qasamlarini tugatmay turib Alloh taolo mana bu oyati karimalarini nozil qildi:

Mana shu oyatning huddi shu makonda nozil bo‘lishi, ajr mukofoti Allohning zimmasida bo‘lgan Hamza Rodiallohu anhu hurmatini yanada ziyoda bo‘lishi uchun yorqin dalildir.

Janob Payg‘ambarimiz sallallhu alayhi vasallam Hamza rodiallhu anhuni juda qattiq sevar edilar. Yuqorida zikr qilganimizdek, Hmaza rodiallohu anhu Payg‘ambarimizga faqat amaki bo‘libgina qolmay, balki emikdosh birodari, bolalikdagi tengquri va hamda butun umrlari davomidagi do‘stlari ham edi.

Hamza rodiallohu anhu bilan vidolashish uchun biror so‘z topa olmay, Janob Rosululloh sallallahu alayhi vasallam  unga jangda shahid ketgan musulmonlarning soni miqdorida ya’ni yetmish marta janoza namozi o‘qidilar.

Shunday qilib janoza o‘qiladigan joyga Hamza rodiallohu anhuning jasadi keltirilib, Rosululloh sallallahu alayhi vasallam va barcha sahobiylar unga janoza o‘qidilar. U kishining jasadi joyida qolgan holda, yoniga ikkinchi shahidning jasadi keltirildi. Rosululloh va musulmonlar u ikkovlariga janoza o‘qidilar. So‘ngra yana Hamza rodiallohu anhuning jasadi joyida qolgan holda haligi ikkinchi shahidning jasadini olib ketib o‘rniga uchichi shahidning jasadi qo‘yildi. Shunday qilib, Rosululloh sallallahu alayhi vasallam sahhid ketidn shahid kelib Hamza rodiallohu anhuga ular bilan qayta-qayta janoza o‘qidilar. Mana shu kuni Janob Rosuli Akram sallallahu alayhi vasallam amakilari Hamza rodiallhu anhu uchun jami yetmish marta janoza o‘qidilar!

Rosululloh sallallahu alayhi vasallam jangdan uylariga qaytib ketayotib yo‘lda Banu Abdil Ashal qabilasining ayollari, shahid ketgan erlari uchun yig‘layotganlarini eshitdilar. Janobimiz amakilariga bo‘lgan muhabbatlari cheksizligidan dedilar: “Ammo Hamzaning ortidan yig‘laguvchisi yo‘q…”

Bu so‘zlarni eshitgan Sa’d ibn Muoz Rosululloh sallallahu alayhi vasallam ayollarning amakilari Hamza rodiallohu anhu uchun yig‘lashlaridan hushnud bo‘ladilar deb gumon qilib tezlik bilan Banu Abdil Ashal qavmining ayollari yoniga borib, Hamza rodiallohu anhu uchun yig‘lashlarini buyurdi. Bas ular huddi shunday qildilar. Rosululloh sallallahu alayhi vasallam ularning yig‘ilarini eshitishlari bilanoq yonlariga borib dedilar: “Men buni qasd qilmagan edim. Alloh sizlarni rahm qilsin uylaringizga qayting, bugungi kundan keyin yig‘i bo‘lmaydi.”

Qattiq iztirobda bol’gna Payg‘ambarimiz sallallahu alayhi vasallamni ko‘ngillarini olish uchun ashoblar Hamza rodiallohu anhu buyuk manoqiblarini ulug‘lab, u kishini maqtab martsiayalar yoza boshladilar.

Hamza rodiallohu anhu muborak hotiralariga yanada hushbo‘ylik keltirgan narsa Rosululloh sallallahu alayhi vasallam u kishini jasadini tepasida turib aytgan mana bu so‘zlari edi: “Alloh seni rahmatiga olsin. Albatta sen men bilganday silai rahm va yahshilik qiluvchi inson eding.”

Rosululloh sallallhu alayhi vasallamning amakilari Hamza rodiallohu anhu vafoti tufayli kechirayotgan musibatlari nihoyatda og‘ir edi. Shu sababli bu musibatga sabr qilib, tinchlanish ham o‘ta qiyin kechdi. Ammo taqdir Janob Rosululloh sallallahu alayhi vasallam uchun juda go‘zal bo‘lgan sabr va tinchlanishni zahira qilib qo‘ygan edi.

Payg‘ambarimiz Uhuddan uylariga qaytib ketayotib, yo‘lda jangda otasidan, eridan va akasidan ajtalgan Banu Diynor qabilasidagi bir ayolning yonidan o‘tib qoldilar. O‘sha ayol jangdan qaytayotgan muslmonlarga ko‘zi tushishi bilanoq ular tomonga yugurib kelib jang natijasi hususida so‘radi. Musulmonlar unga bu jangda otasidan akasidan va eridan ajralganini bildirdilar. U ayol esa his-hayajon va havotir bilan: “Rosululloh sallallahu alayhi vasallamga hech narsa qilmadimi?” deb so‘radi. Musulmonlar: “Alhamdulillah, sen yahshi ko‘rganingdek, u kishi sig‘ omonlar” dedilar. O‘sha ayol: “Menga Rosululloh sallallahu alayhi vasallamni ko‘rsatinglar” dedi. Musulmonlar Rosululloh sallallahu alayhi vasallam yetib kelgunlaricha ayolning yonida biroz to‘htab turdilar. Ayol vaqtiki Rosululloh sallallahu alayhi vasallamga burgach, u zotning yonlariga kelib dedi: “sizga yetadigan musibatdan boshqasi biz uchun u qadar og‘ir emas”.

Ha, albatta…

Darhaqiqat bu Rosululloh sallallahu alayhi vasallam uchun eng go‘zal ta’ziya bildirish va u kishini hotirjam qilish edi. Ehtimol bu so‘zlarni eshitgan Janobimiz hushnud bo‘lib tabassum qilgandiralr. Negaki bu yorug‘ dunyoda bu qadar do‘stlik va fidoyilik tengi yo‘ edi.

Bir zaif, miskin ayol bir lahzada ham otasi ham eri ham akasini yo‘qotgan. So‘ngratog‘larni larzaga keltiradigan bu habarni eshitgan ayol: “Rosululloh sallallahu alayhi vasallamga hech narsa qilmadimi?” deb tashvish havotir chekyapti!!!

Taqdir mana bu urinishning suratini va vaqtini nihoyatda go‘zal qildiki, unda Janob Payg‘ambarimiz sallallahu alayhi vasallam Allohning arsloni va shuhadolarning sayyidi bo‘lgan amakilari Hamza ibn Abdul Muttalib uchun aytilgan ta’ziyalarning ichida o‘zlarini tinchlantiradigan eng chiroyli ta’ziya so‘zlarini eshitdilar.

Rijolun havlar-rasul Hadis.islom.uz