Abdulloh ibn Abdulloh ibn Ubayy

Abdulloh ibn Abdulloh ibn Ubayy (arab: عبدالله بن عبدالله أبي‎) Muhammad s.a.v.ning sahobalaridan. Musulmonlar tarafidan munofiq deb atalgan otasi – Abdulloh ibn Ubayydan farqli ravishda islom olami ichida alohida hurmat bilan qaraladigan insonlardan.

627 yilda ota va bola birga qatnashgan Banu Mustaliq qabilasiga qarshi kechgan g‘azot haqidagi manbalarda zikr qilingan.


Abdullohning otasi Madinaga ko‘chib kelgan muhojirlarning xatti-harakatlaridan norozilik bildirganda Umar r.a. Payg‘ambar s.a.v.ga Ibn Ubayyni qatl qilish taklifini beradi. Rivoyatlarga qaraganda, Abdulloh bu ishni unga topshirishlarini so‘raydi va Payg‘ambar s.a.v. tomonidan rad javobini oladi.