Tetsuo Miura (1931–2010)

1931 yilda Yaponiyaning Xatinoxe shaharchasida tugʻilgan. Tokiodagi Vaseda universitetining fransuz adabiyoti fakultetini tamomlagan. Dastlabki hikoyasi “Oʻn besh yoshga toʻlganimda” deb nomlanib, u 1955 yilda eʼlon qilingan.

“Sabr daryosi”, “Yuta va uning doʻstlari” nomli hikoyalari adibga mashhurlik olib keldi. “Pistolet va oʻn besh hikoya”, “Adashgan shuʼlalar” nomli hikoyalar toʻplami yapon nasri taraqqiyotida oʻziga xos oʻrin egalladi.

Adib 2010 yilda vafot etdi.


“Jahon adabiyoti”, 2018/1