Batu Mahmud Maqsudovich
Tavallud topgan sana:
15 may 1904 yil
Vafot etgan sana:
9 may 1938 yil
Tug'ilgan joy:Toshkent
Yo'nalishlar: Shoirlar
Tarjimai hol
Batu (Mahmud Maqsudovich Xodiyev) 1904 yil Toshkentda tug‘ilgan.
Batu Mahmud Xodiyev — kelib chiqishi kambag‘al to‘quvchi oilasidan bo‘lgan o‘zbek adabiyoshunosi. 1918 yil Toshkent sovet namunaviy maktabni yakunlagan, 1921 yil Batu Pokrovskiy nomidagi Moskva institutining ishchilar fakultetiga o‘qishga kiradi va tez orada, Moskva Davlat universitetining iqtisod fakultetiga o‘tib, oliy ma’lumotli bo‘ladi (1921-1927).
Samarqandga qaytgach, u adabiyot va ijtimoiy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘ladi. U yoshlar partiya va davlat tashkilotlarida ishtirok etadi, “Alanga” jurnaliga muharrirlik qiladi. Shu vaqtdan e’tiboran uning “Bilim o‘chog‘i”, “Inqilob”, “Alanga”, “Maorif va o‘qituvchi” kabi she’rlari, hikoyalari, publistsistik maqolalari va ocherklari nashr etiladi.
Ijtimoiy hayotga ta’sirli faoliyat yuritadi — o‘lkaning madaniy hayotida yirik ta’sirga ega ikki yirik tashkilot bo‘lmish dinga qarshi komissiya va ayollarning ozodligi uchun kurash va boshqalarda ishtirok etadi, kotiblik qiladi.
Batuning ilk adabiyo chiqishlari 1919 yilda bo‘lgan. 1922 yil u “Farg‘ona” gazetasiga asos solgan bo‘lib, gazeta hanuz nashr etiladi va unda madaniy-ijtimoiy mavzular dolzarb sanaladi; 1924 yildan “O‘qituvchi va ta’lim” jurnali bilan hamkorlik qiladi. Batu — O‘zbekistondagi lotin alifbosidagi Markaziy Qo‘mitaning yangi turk tilida chop etiluvchi “Alanga” jurnalining muharrirlaridan biri.
Batu ijodidagi asosiy mavzulardan biri — o‘zbek adabiyotidagi salbiy kayfiyatni yengishga chorlash (“oysiz kechalar” va “nursiz kunlar”); u o‘zbekistonlik islom va turkiylikni o‘ziga xos sharoitlarda “eskilik bilan yangilik” kurashini tarannum etadi.
Batu o‘zini jamoiy arbobi sifatida ham, maktab ta’limida ham yorqin namoyon etgan, u fan va madaniyat rivojiga hissa qo‘shgan.
“Hayit harom bo‘ldi” hamda “Tursun” asarlarida o‘tmish va kelajak kechinmalarini yoritib beradi. “Umid uchqunlari”, “To‘lqinlarim” she’rlarida esa shoir chinakam hayajonli hissiyotlarni ifoda etadi.
Uning she’rlari asosiysi - bu yorqin kelajak sari intilish ekanligini sezish mumkin. “Hayajonlanish”, “Qo‘zg‘alon”, “Bizning ovozimiz”, “O‘sha kun” va boshqa she’rlari o‘zbek ajabiyotida muhim o‘rin egallaydi.
Batu tahallusi ostida ijod qilgan Mahmud Xodiyev yozuvchi Valentina Petrovna Vasilevnaga uylangan. Ular Moskvada, MDUning tarix fakultetida talabalik kezlarida tanishib qolishgan.
Atoqli o‘zbek shoiri Mahmud Xodiyev Batuni Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Qodiriy, Sadriddin Ayniy kabi o‘zbek adabiyotining boshqa mumtoz ijodkorlari bilan bir qatorga olishadi va 1930 yil hibsga olishadi. Lermontning yoshini qarshi olgan davrida, ya’ni 26 yoshida shoir oilasidan va adabiy ijodidan ajratiladi.
Batuning oldiga yarim tunda kelishadi. Tintuv tonggacha davom etadi va Valentina tekshiruv xodimlaridan bolalarni uyg‘otib yubormasliklari uchun shovqin ko‘tarmasliklarini so‘raydi. Batuni olib ketishganda kun yorishgandi. Shu bo‘yi u uyqa qaytmaydi.
1936 yilgacha maktublar kelavergan. Keyin esa xabar ham kelmay qo‘ygan.
Batuning farzanlarini sinfdoshlari kulgi qishilgan. Bolalarga qo‘shilib ota-onalar ham bo‘sh kelmagan va “xalq dushmani”ning farzandlarini maktabdan haydashlarini talab qilishgan. Valentina Petrovna qizi va o‘g‘ini boshqa maktabga o‘tkazishga majbur bo‘ladi. Erikni 50-sonli, Naima esa Krilov nomidagi 20-sonli maktabga o‘tadi.
Ular Pervomaysk ko‘chasida, evakuatsiya davrida “sovet grafi”, yozuvchi Aleksey Tolstoy yashaydigan yerda istiqomat qiladilar.
Zamon qiyin bo‘lgan, Valentina Petrovna O‘ODUning kutubxonasida ishlab topgan oylikka kun kechirish juda qiyin bo‘lgan, ammo eng katta yordamni Batuning yaqinlari - ota-onasi, aka-singillari ko‘rsatishgan.
Erik 50-maktabdan ketadi, sababi “xalq dushmani”ning o‘g‘li!
U fabrika-zavod bilim yurtiga o‘tadi va chilangarlik ishini o‘rganishni boshlaydi. O‘qish va ish juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgandi.
Yarim yildan so‘ng Erik avtomobil chilangari guvohnomasini qo‘lga kiritadi.
1941 yilning iyun kechasi Batuning rafiqasining ketidan kelishadi. Bir necha soat davom etgan tintuvdan so‘ng Valentina Petrovnani ham olib ketishadi.
Qarindoshlarini sud yig‘ilishiga kiritishmaydi. Bolalar onasini naridan-beri, sud zaliga kirib ketayotgan chog‘inigina ko‘rishdi. Hukmdan so‘ng onasini ishdan bo‘shatishdi, u “Bolalar o‘zingizni qo‘lga oling, menga 10 yil berishdi, ammo bu tushunmovchilik, men tez orada qaytaman”, deb baqirishga ulgurdi, xalos.
Valentina Petrovnani Asinovsk mehnat lageri, so‘ngra Kolim surguni kutardi. Faqat onada-sonda Toshkentdan keluvchi iliq maktablargina uning qalbini yumshatib, umidi so‘nishiga yo‘l qo‘ymasdi.
O‘g‘li Erik 1942 yil urushdan qaytarib yuboriladi, Batu kabi uning o‘g‘li ham 4 yil qamoqda, O‘rta Ovulda (Toshkentga yaqin yerda) bo‘ladi. Natijada, meditsina fanlari doktori, professor, Toshkent pediatriya institutining bolalar davolash jarrohlik bo‘limi mudiri bo‘ladi.
Qizi Naima ham meditsina fanlari doktori va professor unvoniga ega bo‘ladi, O‘zSSR Sog‘liqni saqlash vazirligi vazir o‘rinbosari, O‘zsovprof raisi lavozimlarini egallaydi. Ikki karra SSSR Oliy kengash deputatligiga saylanadi.
1951 yil Valentina Petrovna Vasileva surgundan qaytadi.
1958 yil Valentina Petrovna Vasileva butunlay oqlanadi. Unga tovon puli to‘lanadi va Chilonzor tumanidan uch xonali uy berishadi. Bolalar bog‘chasiga tarbiyachi bo‘lish ishga kiradi va umrining oxiriga qadar o‘sha yerda ishlaydi.
Shu yilning o‘zida, ya’ni 1958 yil Erik va Naimaning otasi, ajoyib shoir Batu ham oqlanadi, uning asarlari esa kitobxonlarga qaytariladi.
Naima Mahmudovna O‘zsovprof raisi lavozimidan ketgach, otasining qabrini, hech bo‘lmaganda hibsga olinganligi haqidagi guvohnomani izlaydi. U Solovkaga, KGBning tashlandiq arxivlariga borib keladi va achchiq haqiqatni biladi. Mahmud Xodiyev 1938 yil tribunalning qarori bilan otib tashlangan edi.
2004 yilning mayida Toshkentda Batu tavalludining 100-yilligi nishonlanadi. Tantanali yig‘ilishda oddiy o‘qituvchi chiqish qilib, Stalin lagerlaridagi dahshatli kunlarni boshidan kechirganlar haqida so‘zlaydi.
Ota onasining iqtidorli ijodkorligi qiziga o‘tadi. Naima Mahmudovna o‘zi va onasi haqida tarjimai xol kitobini yozadi.