Abdullatifxon haqida

Abdullatifxon haqida

Abdullatifxon


Tavallud topgan sana:
1491 yil


Vafot etgan sana:
1551 yil


Tug'ilgan joy:Buxoro


Yo'nalishlar: Hukmdorlar



Tarjimai hol


Abdulatifxon (1495—1551) — Buxoro xonligidagi Shayboniylar sulolasining oltinchi o‘zbek xoni. U hukumatni 1540-1552-yillar boshqargan.



Kuchkinchixonning o‘g‘li Abdulatifxon 1537-1538-yillarda Ubaydulla xonning Xorazmga qilgan yurishida qatnashgan.



1540-yilning mart oyida Abdullaxon I ning o‘limidan so‘ng Samarqand hukmronligi unga o‘tadi. U o‘zini Buxoro xoni deb eʼlon qilgan Abdulazizxonni tan olmaydi. Shunday qilib, Shayboniyxonlar davlatida qo‘shhokimiyatchilik yuzaga keladi: Samarqandda Abdulatifxon, Buxoroda esa Ubaydullaxonning o‘g‘li Abdulazizxon.



Abdullatifxonning ikki o‘g‘li bo‘ladi: Abdulsulton va Gadoyxon.



Abdulatifxon Movaraunnahr hamda Shayboniylar tarixining bilimdoni hisoblangan. U shoir va olimlarning homiysi bo‘lgan. Abdullatifxonning o‘zi Xush tahallusi ostida sheʼrlar yozgan.



Abdulatifxon hukmronligi davrida rasmiy hujjatlarda nafaqat fors, balki o‘zbek tili ham ishlatilgan.



Abdulatifxon 1552-yil Samarqandda vafot etgan va Samarqanddagi otasining maqbarasi yoniga dafn etilgan. Hokimiyat tepasiga uning qarindoshi, Toshkent yerlarining egasi Navro‘z Ahmadxon kelib, barcha o‘zbeklarning xoni deb o‘zini eʼlon qiladi.