Mirtemir haqida

Mirtemir haqida

Mirtemir


Tavallud topgan sana:
28 may 1910 yil


Vafot etgan sana:
25 yanvar 1979 yil


Tug'ilgan joy:Qozog‘iston


Yo'nalishlar: Shoirlar





Tarjimai hol


Mirtemir 30-yillar o‘zbek she’riyatiga ulkan hissa qo‘shgan ijodkor. O‘zbekiston Markaziy Ijroiya qo‘mitasi raisi Yo‘ldosh Ohunboboyevning shaxsiy kotibi bo‘lgan. 1979 yil, vafotidan so‘ng “Tog‘day tayanchim” asari uchun Hamza nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan. 2001 yil “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.



Mirtemir Umarbekovich Tursunov 1910 yil 30 mayda Qozog‘istonning Chimkent viloyati, hozirgi Turkiston tumanining Iqon qishlog‘ida tug‘ilgan. Shoir Mirtemir taxallusi ostida ijod qilgan. Eski tartibdagi maktabda o‘qigan, 1921-1923 yillar Toshkentdagi Almaiy nomidagi maktab-gimnaziyada tahsil olgan.



1932 yil Samarqanddagi Pedagogika akademiyasining ijtimoiy-adabiyot fakultetini tamomlagan.



O‘zbekiston Markaziy Ijroiya qo‘mitasi raisi Yo‘ldosh Ohunboboyevning kotibi bo‘lib ishlagan.



30-yillar noma’lum sabablarga ko‘ra, qatag‘on qilingan, Moskvaning Volga kanalida qurilishda ishlagan.



Tez orada, ozod qilingan, nashriyotlarda, teatrda, gazetada muharrir bo‘lib ishlagan. U turli o‘quv muassasalarda dars bergan, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi maslahatchisi bo‘lgan.



1978 yil 25 yanvar kuni vafot etgan. 1979 yil, vafotidan so‘ng, shoir “Tog‘day tayanchim” asari uchun Hamza nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.



2001 yil “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.



She’riy to‘plamlari:



“Shu’lalar qo‘ynida” (1928), “Qaynashlarim” (1931), “Poytaxt” (1936), “Qasd” (1944), “Yangi she’rlar” (1947), “Saralangan asarlar” (1958) va boshqalar.



She’rlari: “Yali-yali”, “Meni esla”, “Aytishlaricha, shahrimda bir go‘zal bor”, “Faqat men bilaman”, “Kipriklarim”, “Seni bezovta qilmayman”. “Portret”, “G‘alaba” (1929), “Bong” (1932), “Barot” (1930), “Xidir” (1932), “Dilkusho”, “Suv qizi” (1937), “Oysanamning to‘yida” (1938), “Ko‘zi” (1939).



A.S. Pushkin, N.A. Nekrasov, Sh. Rustaveli, Abay, Maxtumquli va Berdaqlarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.


Video galereya



[url=#]





[url=#]