Tojiyev Yormat
Tavallud topgan sana:
5 may 1940 yil
Tug'ilgan joy:Farg‘ona viloyati
Yo'nalishlar: Ustoz va murabbiylar
Tarjimai hol
Tojiyev Yormat 1940 yil 5 mayda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan.
1974 yilda u “O‘zbek tilida ega ekanlik, ega emaslik ma’nolarini ifodalovchi affikslar sinonimiyasi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1991yilda olim “O‘zbek tilida affikslar sinonimiyasi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
1967yildan buyon u ToshDU o‘zbek tilshunosligi kafedrasida o‘qituvchi, dotsent, professor, kafedra mudiri lavozimlarida ishlab kelmoqda.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan halq ta’limi xodimi.
Hozir shu kafedra professori. Faoliyati davomida 10 dan ortiq monografiya, o‘quv qo‘llanmalari, 20 dan ortiq dastur, ishlanmalar tuzgan. 100 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Tilshunoslik sohasi bo‘yicha 16 nafar fan nomzodi tayyorlagan. 2 nafar doktorantga ilmiy maslahatchi.