Shamsiyev Zoir Ziyayevich
Tavallud topgan sana:
13 yanvar 1946 yil
Tug'ilgan joy:Toshkent
Yo'nalishlar: Matematiklar
Tarjimai hol
Shamsiyev Zoir Ziyayevich 1946-yil 13-yanvar kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati uzbek. 1953-1961-yillar davomida umum ta’lim rus maktabida tahsil olgan.
1961-1966-yillarda — Toshkent aviatsiya texnikumi o‘quvchisi. Samolyotsozlik bo‘yicha texnik-mexanik, 1964-1967-yillarda — Toshkent va Atkarsk (Rossiya) uchuvchilik o‘quv markazlarida tahsil olib harbiy vertolyot aviatsiyasi bo‘yicha uchuvchi malakasiga sazovor bo‘lindi. 1966—1971-yillarda — Toshkent politexnika institutining talabasi. Samolyotsozlik bo‘yicha muhandismexanik. 1971—1984-yillarda — Toshkent politexnika institutida stajyor-tadqiqotchi, aspirant, assistent, dotsent. 1982—1983-yillarda — Rim (Italiya) universitetida ilmiy amaliyotchi. 1984—1995-yillarda — O‘zbekiston Respublikasi FA kibernetika institutining xodimi: kichik ilmiy xodim (1984—1985), katta ilmiy xodim (1985—1986), yetakchi ilmiy xodim (1986—1991), laboratoriya mudiri (1991—1995).
1995—1998-yillarda — Toshkent davlat aviatsiya instituti, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor, 1998—2004-yillarda esa — Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi davlat aksiyadorlik jamiyati, ilmiy texnika byurosining boshlig‘i. 2004—2008-yillarda — Toshkent davlat aviatsiya instituti, ilmiy ishlar va axborot texnologiyalari bo‘yicha prorektor vazifasini bajaruvchi. 2008—2009-yillarda — ToshDTU “Uchish apparatlarining aerodinamikasi va parvoz sinovlari” kafedrasining mudiri. Keyinchalik 2009—2010-yillarda — ToshDTU “Uchish apparatlarini loyihalash” kafedrasining professori.
2010—2014-yillarda — ToshDTU “Aviasozlik” kafedrasining professori. 2014—2016-yillarda — ToshDTU “Aviasozlik va havo kemalaridan texnik foydalanish” kafedrasining professori. 2016-yildan hozirgi vaqtgacha — ToshDTU “Aeronavigatsiya tizimlari” kafedrasining professori bo‘ladi
1977-yilda texnika fanlari nomzodi darajasiga sazovor bo‘ldi. N.YE.Jukovskiy nomidagi Xarkov aviatsiya institutidagi ixtisoslashgan Ilmiy kengashda “Samolyotlar yassi shaklli sinch uzellarining texnologik jarayonlarini va jihozlarini modellashtirish va ishlab chikish” mavzuida 05.07.04 - Uchish apparatlar va dvigatellarni ishlab chiqarish texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini 1977-yilda himoya qildi.
1991-yilda texnika fanlari doktori darajasiga sazovor bo‘ldi. Ukraina Fanlar akademiyasining V.M.Glushkov nomidagi Kibernetika instituti qoshidagi D.016.45.03 ixtisoslashgan ilmiy kengashda “Epchil ishlab chiqarish tizimlarining boshqariladigan obyektlar tuzilmasini sintez qilish modellari va uslublarining tahlili va ishlanmasi” mavzuida 05.13.06 - Boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlari ixtisosligi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini 14.11.1991-yilda himoya qildi. Diplom 2004-yilda O‘zbekistonning talabiga muvofik nostrifikatsiya qilindi.
1992-yilda “Avtomatlashtirilgan boshkaruv tizimlari” mutaxassislik bo‘yicha professor unvoniga ega bo‘ldi. 2011-yilda “Texnologik jarayonlar va ishlab chikarishlarni avtomatlashtirish va boshkarish” mutaxassisligi bo‘yicha professor ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi.
Ilmiy faoliyat davrida 11 ta fan nomzodi va 2 ta fan doktori tayyorladi. Shogirdlarning biri 1997-yilda Uzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasiga sazovor buldi. 160 ziyod ilmiy ishlarni nashr qildi, shu jumladan 2 monografiya va Milliy Ensiklopediyada 14 maqola chop etildi.
2007—2013-yillar davomida 4 ta Yevropa xalkaro ilmiy-ta’lim loyihalarining rahbari bo‘ldi. Natijalar yuzasidan o‘quv laboratoriyalari yaratildi.