Safarov Nazir haqida

Safarov Nazir haqida

Safarov Nazir


Tavallud topgan sana:
1905 yil


Vafot etgan sana:
1985 yil


Tug'ilgan joy:Jizzax


Yo'nalishlar: Yozuvchilar




Tarjimai hol


O‘zbek adabiyotida publitsist, ocherknavis va dramaturg sifatida tanilgan Nazir Safarovga



 

1955 yilda dramaturgiya sohasidagi katta xizmatlari uchun «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi» unvoni berilgan, 1968 yilda esa Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti laureati bo‘lgan.




O‘zbek adabiyotida publitsist, ocherknavis va dramaturg sifatida tanilgan Nazir Safarov 1905 yili Jizzax shahrida, temirchi oilasida tug‘ildi. U yangi maktablarda o‘qidi, birinchi ziyolilar qatori uzoq qishloqlarga borib dars berdi. Jizzaxda tashkil qilingan «Sanoyi nafisa» to‘garagidagi ishtiroki bo‘lg‘usi dramaturg taqdirini bir umrga belgilab berdi.



U 1975 yilda 70 yoshga to‘lishi munosabati bilan «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» unvoniga muyassar bo‘lgan.



Nazir Safarov 1985 yilda 80 yoshida vafot etgan.



Nazir Safarov o‘zbek dramaturgiyasining shakllanishida ma’lum iz qoldirgan «Tarix tilga kirdi» (1931), «Uyg‘onish» (1939), «Sharq tongi» (1954) kabi sahna asarlarini yaratdi.



Urush davrida Nazir Safarov harbiy jurnalist sifatida frontning oldingi jabhalarida bo‘lib, jangchilarning qahramonligi haqida hikoya qiluvchi «O‘q o‘tmas botir», «Vodillik qahramon», «Komissar Qoraboyev», «Sevgi», «So‘nggi nafasgacha», «O‘zbek farzandlari», «Qahramonning tug‘ilishi» kabi qator ocherklar yozdi.



Uning urushdan keyingi davrda hayotdagi yangiliklar, yaxshi tashabbuslar targ‘ibotchisi sifatida yaratgan asarlari alohida diqqatga sazovor. «Uzoqni ko‘zlagan ayol» qissasi shular jumlasidandir. Yozuvchining 1954-1957 yillarda yaratgan zamonaviy mavzudagi katta asarlari «Hayot maktabi», «Elmurod» (M.Xudoyqulov bilan hamkorlikda) pyesalaridir. Dramaturg so‘nggi yillarda yaratgan «Kimga to‘y, kimga aza» pyesasida ishchilar sinfining yangilik uchun olib borgan kurashi asosiy mavzu qilib olingan.



Dramaturgiya sohasidagi katta xizmatlari uchun Nazir Safarovga «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi» unvoni berilgan (1955 yil).



Adib Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 30 yilligiga bag‘ishlab, o‘zbek jangchilarining qahramonliklaridan hikoya qiluvchi «Lukash botir» (Y.Xudoyqulov bilan hamkorlikda) dramasini yaratgan. Nazir Safarov bir qancha hikoyalar ham yozgan. «Oltinoy», «Olma olmadan uzoqqa tushmaydi», «Ahmadali o‘z baxtini qanday topdi» hikoyalari g‘oyaviy-badiiy jihatdan puxtaligi bilan ajraladi. Uning «Bir tomchi qon» (1967), «Ko‘rgan-kechirganlarim» (1968) nomli qissalari, «Navro‘z» (1973) romani 60-yillar adabiyotida sezilarli voqea bo‘lgan. «Ko‘rgan-kechirganlarim» asari uchun muallifga Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berilgan (1968).