Larry Peyj haqida

Larry Peyj


– Siz yuqorida ko’rib turgan insoningiz hammaga ma’lum va mashhur bo’lgan Google kompaniyasi bosh asoschisi Larry Peyj hisoblanadi. Uning boyligi hozirda 97.4 milliard AQSh dollarini tashkil qilmoqda(Forbes). Keling, u haqida ma’lumot bersak!


Lourens Edvard Peyj(to’liq ismi) kompyuter mutaxassisi va internet tadbirkori 1973-yilning 26-martida AQSh ning Michigan shtatida tug’iladi. Oilada 4 farzand bo’lishgan.


Uning ota-onasi to’laqonlik tarzda dasturchilar bo’lishgan. Otasi Karl Viktor Peyj Sr Michigan universitetida kompyuter mutaxassisligi (PhD) bo’yicha professor bo’lgan. Onasi Gloriya esa kollejda kompyuter dasturchiligi bo’yicha o’qituvchi bo’lgan.


Larry Peyj 6 yoshidayoq kompyuterga mehr qo’ygan. Uning xonasi doimo kompyuterlar, jurnallar, kitoblar va kompyuter uskunalari bilan to’ziq holda yotardi.


Qahramonimiz hozirda 48 yoshda. U ikki farzandning otasi va bir ayolning umr yo’ldoshi hisoblanadi.