Stiv Jobsning asosiy siri! Qanday qilib kreativlikni 60% ga oshirish mumkin?

Stiv Jobs bizga hammaga sevimli bo’lgan olmani yaratganligi bilan tanish. Lekin u bundan ham ko’p narsalarni amalga oshirgan. Stiv birinchi bo’lib smartfon va kompyuterlar uchun grafik interfeys (hozir siz tikilib turgan ekrandagi tasvir) ni o’ylab topgan. Undan tashqari hozirda millionlab odamlar foydalanayotgan sichqonchaning zamonaviy ko’rinishi ham aynan uning g’oyasi. Xatto Stivning raqobatchilari ham uning kreativligini tan olishgan. Xo’sh buni siri nimada???




Stiv kompaniyasining hodimlari uning g’alati odatini payqab qolishgan: gap shudaki, Jobs o’zining g’aroyib g’oyalarini ofisida o’tirib emas, aksincha, ofisida doira bo’yicha yurish orqali o’ylab topgan. Nima uchun yurish uning unumdorligini oshirgan?


Odamda g’oyalar tug’ilishining ikki xil yo’li bor:

1. Ijro etuvchi yo’l (ong muammoning yechimiga diqqatini jamlaganligi uchun g’oya tug’iladi)


2. Defolt yo’l (ong o’zining tor fikr ko’chalaridan adashib yurgan vaqtlarda, tasodifan noodatiy g’oyalar tug’ilishi)


Yurish vaqtida bu ikki yo’llar almashinishi kuzatiladi, shuning uchun ham kreativlik ortadi. Qariya Stivga ishonmaysizmi? Unda olimlarni eshiting. Mana sizga ilmiy izoh!


Stenford universitatida tadqiqot o’tkazildi: ikki guruhga bo’lingan odamlarning barchasiga bir xil predmetlar: ruchka va skrepka berishdi hamda ularga 4 daqiqa davomida bu predmetlar uchun iloji boricha ko’proq noodatiy qo’llash usullarini yaratishni so’rashdi. Bu vaqtni birinchi guruh vakillari xonada o’tirgan holda, ikkinchi guruh esa ko’chada yurgan holda o’tkazishdi. Natijada ko’chada yurgan guruh vakillari xonada o’tiganlarga nisbatan 60% ko’proq noodatiy qo’llash usullarini o’ylab topishgan!


Bundan nima xulosa qilishimiz kerak?

— Agar biror noodatiy g’oya o’ylab topmoqchi bo’lsangiz – ko’chaga chiqib, fikrlar olamingizda sayr qiling!