DASTURLASH ORQALI INTERNETDAN PUL TOPISH

Kod yozishni bilasizmi? Agar shunday bo’lsa, dasturchi sifatida yaxshigina pul ishlashingiz mumkin. Dasturlash tillaridan Java, C#, jаvascript, Ruby, C va hokazo, yoki tizimlardan Android, WordPress, Joomla, iOS va boshqalarini, yoki ma’lumotlar bazasi, axborot xavfsizligi, tarmoqlar kabi yo’nalishlardan birini mukammal bilsangiz, freelancing orqali pul ishlashingiz oson kechadi. Bunda yuqorida sanab o’tilganlarning faqat bittasini mukammal bilishingiz ham ish beradi. Misol uchun faqat CSSni to’liq o’zlashtira olsangiz, boshqa dasturlash tillarini bilmagan holda ham pul ishlashingiz mumkin!