Bedanachilik uchun biznes reja

Tadbirkorlik qilish uchun bizga bedonaning yaponskiy zoti ayni muddao.Bu zotning boshqa bedona zotlaridan asosiy farqi shundaki uning koʼrinishi kichikroq,boshqa bedona zotlariga nisbatan kamroq ozuqa isʼtemol qiladi va eng asosiysi yiliga oʼrtacha 300ta tuxum beradi.

1 dona bedona joʼjasi 800 soʼm

40 kunda 500g korma yeydi

1kg korma 2200soʼm

0,5×2200=1100

Беданачилик учун бизнес режа

Demak bedona joʼjasi voyaga yetgunicha 1100 soʼmlik korma yeydi

Аyrim yoʼqotishlar (yoshligida bir ikkita oʼlganlari boʼladi) uchun 100 soʼm qoʼshaylik

Elertr energiyasi uchun 300 soʼm

800+1000+100+300=2300 soʼm

Demak 1 dona bedona bizga 2300 soʼmga toʼgʼri kelyapti.

Bedona 12 oy tuxum beradi va qariydi.Unga kerakli ozuqa berib borilsa bir yilga 300ta tuxum berishi fanda isbotlangan.Bu degani bir oyga 25ta tuxum degani.

Biz realniroq hisoblaydigan boʼlsak keling ana bizning bedonamiz bir oyga 22 ta tuxum tugʼadideylik. Bir yilga koʼpaytiradigan boʼlsak 22×12=264 dona tuxum.Bir dona tuxum yozda 180 qishda 220 boʼlishini hisobga olib biz oʼrtacha 1dona tuxumni 200 soʼm deb hisoblaylik.264×200=52800 soʼm

Аna endi bedona yeydigan kormani hissoblab uni umumiy daromaddan ayirib tashlaylik.

Bir dona bedona kuniga 25gram korma yeydi.demak bir oyda 750gram korma.0,75×12=9kg.bir dona dedona 12 oyda 9kg korma yeydi.9×2200=19800

Аna endi bir dona bedonaning mumiy rasxodini hisoblasak: 2300soʼm bedonaning puli + 12oyda 19800 soʼmlik korma + elektr energiya uchun 3000ming = 25100 soʼm

Umumiy daromad 12 oyda sotilgan tuxumining puli 52800 soʼm + bedonani oxirida 3000soʼmga sotamiz = 55800soʼm

Аna endi sof daromadni hissoblaylik: Buning uchun umumiy daromat 55800 soʼmdan – umumiy xarajatni ayirib tashlaymiz 25100 soʼm = 30700 soʼm

Demak bir dona bedonadan olinadigan sof daromat 30700 soʼmni tashkil qildi.

Demak bir kishi 500dona bedona boqsa yiliga 500×30700=15350000 (oʼn besh million uch yuz ellik )ming soʼm sof daromad olar ekan.15350000:12=1279167 soʼm.Demak bizning tadbirkorimizning bir oylik sof daromadi 1279167(bir million ikki yuz yetmish toʼqqiz ming bir yuz oltmish yetti soʼmni tashkil qiladi. Siz hali bedonaning goʼngini ham sotishingiz mumkin.Biz hali buni daromatni hisoblaganda qoʼshmadik.

Biz hali bedonalar uchun etajlik uyning pulini hissoblamadik.500 dona bedona sigʼadigan etajerka oʼrtacha 1 million soʼmlar atrofida.Аmmo siz bu 1 million soʼmni darrov bir oylik sof daromaddan yoki 1 yillik sof daromatdan ayirib tashlasingiz notoʼgʼri chunki bu jihoz bizga kamida 10 yil xizmat qiladi.Shuning uchun bu jihozning pulini 10 yilga boʼlib tashlash kerak.Yiliga 100 ming soʼmdan ayirsak shuni oʼzi kifoya.

Bu bizning xomaki hisob kitoblarimiz edi.Uni yana oʼzingiz qayta koʼrib chiqib oʼzgartirishlar kiritib qayta hisoblab chiqishingiz mumkin.