O’qish kerak bo’lgan kitoblar

Dunyoning eng boy va eng muvaffaqiyatli odamlari o’z vaqtlarini ko’pincha kitoblar o’qish bilan sarflaydilar. Ular hech qachon kitob o’qishdan charchamaydilar, chunki, ko’p kitob o’qish ularning mantiqiy fikrlashini yaxshilaydi. Muvaffaqiyatli insonlar har doim o’zini o’zi tarbiyashga yordam beruvchi va pullarini boshqarishni o’rgatadigan kitoblar o’qiydilar. Statistikaga qaraganda, dunyoning 85 foiz boylari har oyda 2 va undan ko’p kitobni mutoala qilar ekan. Tadqiqotlar xulosa qilsak, har birimiz hayotda o’z o’rnimizni topish va muvaffaqiyatga erishish uchun kitob o’qishni kanda qilmasligimiz kerak ekan. To’g’ri, kitob o’qish sizni milliarderga aylanishingizga kafolat berolmaydi, lekin o’qish foydadan holi emas.


Quyida sizlarga qanday qilib pul topish, sarmoya kiritish va sarflashga oid kitoblar ning ba’zi birlari bilan tanishtiramiz. Bu kitoblar birilliant va bestseller bo’lib, yillar davomida do’konlar tokchasidan tushmay kelmoqda.



O’qish kerak bo’lgan kitoblar

“O’yla va Boy bo’l”




Afsonaviy tadbirkor Andrew Carnegidan ruhlangan, journalist Napoleon Hill 20 yil davomida 500 milliarderlar hayotini va muvaffaqiyatga erishish yo’lini tadqiq qildi va 1937 yilda dunyoga mashhur best seller kitobini chop etdi. U boy bo’lish sirini 13 ta prinsipga ajratadi va muvaffaqiyatsizlikning asosiy sabablarini ko’rsatib beradi. Kitobda inson psixologiyasining naqadar kuchli qurol ekanligi ta’kidlangan.


«Boy insonlar qanday o’ylaydilar»



Steve Siebold 30 yilni 1200 dan ortiq milliarderlar va millionerlar bilan intervyular o’tqazib sarfladi. U xulosasida boy bo’lish uchun hammada bir xil imkoniyat borligini ta’kidladi. Bu kitob yoshlarga qanday qilib boy bo’lish sirlari bilan o’rtoqlashadi.


«Boy ota, kambag’al ota»



Multimillioner Robert Kiyosaki ushbu kitobida ikkita ota, o’zini va eng yaqin do’stini otasini, hikoyasini aytib beradi. Ushbu kitobda boy ota va kambag’al otaning farzandiga beradigan turli xil fikrlari jamlangan.


Vavilonlik eng boy odam ( George S. Clason)



George S. Clasonning klassik asari shaxsiy jamg’arma qilish orqali qanday qilib boyishni ko’rsatib beradi. Kitobning asosiy mazmuni ishlab topgan daromadizning 10 dan 1 qismini saqlab qo’yish va sarf xarajarlarni boshqarishni o’rgatadi


Boy odatlar (boy insonlarning har kungi muvaffaqiyatli odatlari)



Yozuvchi Thomas Korley hayotining 5 yilini boylar va kambagallarning yashash tarzini o’rganib chiqdi. Natijada boy va kambag’al odatlar degan ikki xil qarashni o’z asarida tasvirladi.