YouTube.comda pul topish

YouTube.comda pul topish
You Tubeda pul topish. Qanday qilib YouTubeda pul topish mumkin? Hozirgi kunda ko’pchilik YouTubeda aniq pul topish mumkinligini biladi, ammo qanday qilib? Ishni nimadan boshlash kerak? O’zingiz video olishingiz kerakmi yoki tayyor kliplar, treylerlar va videolarni yuklab ham pul topsa bo’ladimi? Bu kabi savollar va mish — mishlar juda ko’p. Eng muhimi bu ROST. Lekin siz o’ylaganchalik oson emas. Aytishadiki miliondan ortiq prosmotr bo’lsa pul topadi. Pulni kim beradi? Saytmi? Yo’q. To’g’ri servislar bor obmennik, google, yandex ni reklamalarini qo’yishingiz mumkin. Lekin millionlab prosmotr va layklaringiz bo’lsin reklamodatel o’zi sizni ma’qul topib reklama berganidan so’ngina siz ana shu reklamadan pul topishingiz mumkin. Reklamaga buyurtma olishingiz uchun birinchi navbatda kanalingizda «Podpischik»lar soni ko’p bo’lishi kerak. Ana undan keyin kanalingizdagi videolaringizning prosmotrlari va layklari bilan shug’ullansangiz bo’ladi. Demak reklamodatelni jalb etuvchi mavzudagi videolarni qo’yish kerak. Keyinchalik «Podpiska»ni pullik qilib qo’yishingiz mumkin. Agar siz doimiy ravishda qiziqarli videolarni qo’ysangiz va haqiqatdan ham sizning videolaringizni ko’radigan auditoriyangiz bo’lsa. Undan tashqari mashhurlikning o’zi ham sizga daromad keltirishi mumkin. Shuning uchun YouTubeda kanal ochganingizdan so’ng birinchi bo’lib o’zingizning shaxsiy, boshqalarda mavjud bo’lmagan original logotipigizni o’ylab toping. Kanalingizning nomini ham qayta o’zgartirmaydigan nom bilan oching. YouTubedagi kanalingizga Podpischiklar, prosmotr va layklar kerakmi marhamat quyidagi servislardan foydalaning: bosslike… Lekin bu servislarning ishtirokchilari sizga haqiqiy auditoria bo’la olmaydi. Ular vaqtinchalik bo’lib layk o’rniga dizlayklar ham qo’yib qo’yishi mumkin. Bu yo’l ishonchli emas ammo toki mashxur bo’lguningizcha foydalanish mumkin. Masalan bir videoni qo’ydngiz. Qanchadir vaqtgacha «Novinka» deb sayt tomonidan chiqarib berib turiladi. YouTubening algoritmi shunaqa-ki qisqa vaqtda ko’p «prosmotr» bo’lgan videolar yoki kanallarni boshiga chiqarib beradi.

Ayni paytda youtube.com sistemasida bir qancha o’zgarishlar ro’y bergan. Agar qo’ygan videoingiz qisqa vaqt ichida yaxshi prosmotr va layk yig’sa youtube ning o’zi sizning videoingizga reklama qo’yadi. Videoingiz orasida qo’yilgan har bir reklama uchun Youtube.com saytining o’zi sizga pul to’laydi. Webmoney, Yandex dengi kabi internet kosheliklarga pul tushirib olib o’zingizning nomingizga bank orqali jo’natishingiz mumkin. Biz bu usulni sinab ko’rganmiz.

So’ngi paytlarda blogerlar tomonidan «agar 10 000 ta layk yig’ishga yordam bersangiz videoga kerakli bo’lgan narsani sotib olib keyingi videoim orqali obzor qilib chiqaman» gaplari tez tez uchrab turibdi. YouTube kanalni raskrutka qilish uchun bir qancha servislar bor, bepul. Siz ham sot setlarda podpiska, layk, repost qilib ball yig’asiz va yig’gan ballaringizni o’zingizning sot setlaringizni raskrutka qilishga sarflaysiz. Masalan: boslike, ad-social, gloz… va hokazo. Batafsil biz bilan bog’lanishingiz mumkin.