Transformatsiyalanuvchi mebellar biznesi
— Hozirgi vaqtda mebel biznesi ancha rivojlanib ketdi va yetarli raqobatga ega. Lekin transformatsiyalanuvchi mebellar esa endi-endi ishlab chiqarilyapti. Ushbu soha hozirgi vaqtga ko’ra talab yuqori, raqobat kam va serdaromad biznes hisoblanadi. Ushbu biznesni yo’lga qo’yish uchun quyidagi taxminiy hisob kitoblarga e’tibor bering.
#Boshlanģich_xarajatlar:
– Binoni ta’mirlash — 500$
– Uskunalar to’plami — 12000$
– Ofis jihozlari — 1000$
– Korxonani ro’yxatdan o’tkazish — 100$
– Reklama — 1000$
– Xom ashyo va transformatsiya qurilmalari — 1000$
– Aylanma mablag’lar — 1500$
Jami: ~ 17100$ sarmoya kerak bo’ladi
#Oylik_xarajatlar:
– Joy ijarasi (300 m²) — 700$
– Reklama — 700$
– Kommunal xizmatlar uchun to’lovlar — 250$
– Amortizatsiya — 240$
– Ishchilar uchun ish haqi — 4000$
Jami: ~ 5890$ oylik harajatlar
— Kiritilgan sarmoyani uzog’i 1 yilda butkul qoplash mumkin bo’ladi. Albatta agar, sifatli mahsulot ishlab chiqarsangiz.