• Sizda startup qilishga g’oya bor lekin uni amalga oshirish uchun katta mablag’ kerak deb o’ylayotgan bo’lsangiz yanglishasiz. Sababi, startuplarni boshlashni bosqichlari bor:
1. Siz birinchi odamlardan so’rovnoma o’tkazasiz va uni tahlil qilasiz. “Mabodo shunday mahsulot, xizmat yoki dastur chiqsa foydalanarmidingiz/sotib olarmidingiz” degan savollar bilan odamlarni fikrini bilib olasiz.
2. Odamlar ijobiy baholagandan keyin siz o’zingizdagi bor imkoniyatdan foydalanib, qisqa vaqt ichida (2 haftadan 1 oygacha) jamoangiz bilan dastlabki ko’rinishida berasiz (juda mablag’ bo’lmasa g’oyangizga ishonadigan jamoa a’zolariga buni tushuntirib qo’yasiz va mabodo o’xshamasa mehnatimizga kuyamiz deysiz).
3. Agar mahsulotingiz sotib ola boshlashsa yoki xizmatingizga pul to’lay boshlashsa, uni qanday rivojlantirish va qo’shimcha qiymat berish ustida jamoa bilan bosh qotirasiz.
4. Sizda oyiga ma’lum bir pul oqimi yuzaga kelsa, investor topishingiz oson bo’ladi chunki o’zbek investorlar g’oyani o’ziga pul tikmaydi (Bizda Amerikaga o’xshab “angel investor”lar yo’q).
5. Keyin uyog’iga sizda ikki yo’l bor: startupingizni investor bilan kengaytirish (sherikchilik asosida) yoki g’oya yaxshigina pul olib kelgani uchun uni katta pulga to’liq investorga sotish.
P.s. Eric Riesning The Lean Startup (https://www.amazon.com/Lean-Startup-Entrepreneurs-Continuous-Innovation/dp/0307887898) kitobini to’liq o’qib chiqishingizni maslahat beramiz.