Biznesga nom qanday tanlash kerak?
• Biznesda kompaniya yoki servisga nom tanlashda biz juda ortda qolib ketganmiz. Bizda meva-sabzavotlar bilan shug’ullanuvchi kompaniya nomida fruit, veg, qurilishga aloqasi bo’lsa, stroy, yo’lga aloqasi bo’lsa road, ta’limga aloqasi bo’lsa edu yoki education qatnashishi shart. Endi anavi nomni yoniga best, super so’zini qo’shganlarni-ku gapirmadik. Unday ishlarni “непрофессионализм” deyiladi.
• Baraka topgurlar, bir kompaniya bor, nomi–Apple Inc. Sizga savol: tishlangan olmani sensor telefon, gadjet yoki texnologiyaga zarracha aloqasini bilasizmi? Mahsuloti shunchalik zo’r-ki, shuni nomini biror amerikalik eshitsa, ko’zini oldiga yeydigan olma emas Iphone yoki MacBook keladigan boʻlgan. Mahsulotingizni yoki xizmatingizni ustida juda ko’p ishlang, shundagina sal boshqacha qisqa nom qo’ysangiz ham mashhur bo’lib ketasiz.