Ovqat yetkazib berish xizmati
Boshlanishiga, bu xizmat turini siz uyingizda turib bajarib ko’rasiz va natija yaxshi boʻlsa kengaytirasiz. Bu, asosan, viloyatlarda hali yetkazib berish xizmati yetib bormagani uchun qo’l keladi.
#Vazifangiz:
Uyingizda milliy va jahon taomlarini tayyorlaysiz va uni asosan shahardagi do’konlarga, ofis, korxonalarga yetkazib berib daromad topasiz.
#Xarajatlar:
Nima ovqat tayyorlamoqchi boʻlsangiz barcha kerakli mahsulotlarni olasiz. Uyingizda tushlikkacha juda oz miqdorda pishirib qo’yasiz (Bu boshlanishiga).
#Daromad:
Ovqatga aniq nimalar ketishini hisobini olasiz. Har ovqatdan 5000 soʻm sof foyda qolsa ham, kuniga 20-30 talab mijozingiz aniq boʻlish ehtimoli bor. Sababi siz hokimiyat, idoralar va koʻcha do’konlariga bittada buyurtma olasiz. Ovqatingiz qanchalik shirin boʻlishiga qarab, mijozingiz ham oshadi.
Keyinchalik, nonushta xizmatini ham yoʻlga qo’yishingiz mumkin.
Oyiga 2-5 000 000 soʻmgacha foyda olish mumkin.