Internetda pul topishning eng ishonchli yo’li qanday?

Internetda pul topishning eng ishonchli yo’li qanday?


Bu albatta bilimingizni ishga solgan holda internetda «frilancer» sifatida xizmat ko’rsatish.


Freelancer sifatida ishlashning afzalliklari haqida ko’p gapirishim mumkin. Ammo keling, asosiylarini ajratib ko’raylik:


1. Erkin ish grafigi. Ish vaqtini va haftaning qaysi kunida dam olishni o’zingiz reja qila olasiz. Eng asosiysi formani ham.


2. Qulay bo’lgan joyda ishlash. Freelancerlikning eng jozibali sabablardan biri siz shahringiz bo’ylab mahalliy choyxona yoki uyda ko’k choyni ichib o’tiradigan holda ishni bajarishingiz mumkin.


3. Rahbarlar yo’q. Freelancerlarning yana bir qulay tarafi ularning moylovli jahldor xo’jayinlari bo’lmaydi. Barcha muhim qarorlarni o’zlari qabul qiladilar. Erkinlik, loyihadan olingan barcha daromadlarni olish imkonini beradi, xo’jayin yo’q.


4. Cheksiz daromad. Sizning daromadingiz bajarilgan ishlar hajmi va sifatiga bog’liq. Siz bir vaqtning o’zida bir nechta mijozlar bilan hamkorlik qilishingiz mumkin. Sizning tajribangiz qanchalik ko’p bo’lsa, xizmatlaringiz qimmatroq bo’ladi.


Qaysi soha vakillari uchun hozirgi kunda freelancer’likka talab yuqori?


1. Dizayner

2. Dasturchi

3. SMM

4. Video montajchi

5. Hisobchi (Buxgalter)

6. Tarjimon

7. Marketolog


Aytishim kerakki, internet faoliyat sohasi bo’lgan kasblar cheksiz maydon. Bugungi kunda, agar u internetda bo’lmasa, biznes mavjud emas. Har kimga ishlab chiqilishi, targ’ib qilinishi, optimallashtirilishi, tarkib bilan to’ldirilishi kerak bo’lgan saytlar kerak. Shuning uchun dasturchi, dizayner, kopirayter va yana ko’plab zamonaviy kasb mutaxassislariga talab tez o’sib bormoqda.


Agar siz ham shunday erkin ishlab, internet orqali «yaxshigina» daromad qilmoqchi bo’lsangiz, ushbu kasblardan birini va frilancerlik sirlarini o’rganing.


👉 @ITStarsUz