Sovg’alar uchun chiroyli va noyob qutilar tayyorlab sotish biznesi.

Sovg’alar uchun chiroyli va noyob qutilar tayyorlab sotish biznesi.


― Bu biznes vakillari ko’pincha O’zbekiston sharoitida telegram orqali sotishmoqda. Bunday qutilarni tayyorlash boshqalariga qaraganda biroz qiyin, chunki bularning ko’pi o’zgacha va noyob qutilar, lekin narxi ham shunga yarasha 😉.


💸 #Xarajatlar

• Kley, qaychi, chizg’ich, skoch, igna va ip — 50 000 so’m.

• Rangli qog’oz, oq qog’oz, rasmli qog’oz — 50 000 so’m.

• Lenta, tugma, marjon — 35 000 so’m.

• Bakalashka (50 ta) — 20 000 so’m.

• Karton (karopka) — 35 000 so’m.

• Material (turli xil) — 30 000 so’m.

• Salfetkalar (rangli) — 30 000 so’m.

• Boshqa xarajatlar — 100 000 so’m.

– Jami xarajatlar: 350 000 so’m.


💰 #Daromadlar

• Bir quti 10 000 — 150 000 atrofida sotiladi.

• Kuniga 30 ta tayyorlab, 25 tasini sotsangiz, 200 000 — 1 000 000 so’m va undan ham ko’proq topishingiz mumkin.


― Shuningdek, siz bunday ajoyib qutichalarni sovg’alar do’koniga ham taklif qilishingiz mumkin.