Mus’haf (Qur’oni Karim) kitobi hamda boshqa turdagi kitoblar uchun g’ilof

Mus’haf (Qur’oni Karim) kitobi hamda boshqa turdagi kitoblar uchun g’ilof📚


– Bu safar ham bizning @Yangibizneslar kanalimizda navbatdagi post aynan muslima opa–singillarimiz uchun uyda o’tirib pul topish haqida.


– Sizdan faqat tikish, to’qish qobiliyati talab qilinadi. Ishlar juda oson ammo juda ham ko’p daromadli bo’lmasa ham bir haftada o’rtacha 300 000 – 500 000 so’mgacha daromad qilishmoqda.


– Bu ish bilan shug’ullanmoqchi bo’lsangiz kitob do’konlari va nashriyotlar bilan kelishuv asosida ishlashni maslahat beramiz.


💸 #Xarajatlar

– Siz faqat ip, igna, to’quvchi moslamalar va to’quv ipigagina xarajat qilasiz xolos. Bu o’rtacha 50 000 – 100 000 so’mgacha mablag’ degani.

(Joylarga qarab farq qiladi)

– Va tamom boshqa xarajatlar yo’q.


💰 #Daromad

– Bir dona katta o’lchamdagi kitob g’ilofini o’rtacha 15 000 so’mdan sotsangiz bo’ladi. Agar juda sifatli va dekorativ bo’lsa albatta.

– Bir kunda 4 ta qilsangiz 60 000 so’m bo’ladi.

– 1 haftada 400 000 so’m atrofida 🤩.