QR-kod nima?
QR-kod nima?
QR-kod – maxsus tarzda kodlangan qandaydir bir ma’lumot, kvadrat ko’rinishidagi tasvir. Bu oddiy matn, internet manzili, telefon raqami, ma’lum bir joyning joylashgan o’rni va boshqa shu kabilar bo’lishi mumkin. Hozirgi kunda kameraga ega zamonaviy telefonlar kvadrat ko’rinishidagi tasvir ostida yashiringan ma’lumotlarni oson o’qish imkoniyatini bermoqda. Buning uchun bor yo’g’i telefon kamerasini QR-kodga yo’naltirgan holda, unda kodlangan ma’lumotga ega bo’lishimiz mumkin.
QR-kod – inglizcha “Quick Response” so’zlaridan olingan bo’lib, Quick – tez, Response – javob, ya’ni “tezkor javob” (быстрый отклик) ma’nosini beradi. Ushbu tizim 1994-yilda Yaponiyaning Denso-Wave kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Bitta QR-kod 7089 ta raqam, 4296 ta raqam-harf, ikkilik sanoq sistemasida 2953 bayt yoki 1817 ta ierogliflarni o’z ichiga olishi mumkin..