Toʻra Sulaymon XX asr oʻzbek sheʼriyatida oʻziga xos uslubi, xalqona ohanglari bilan alohida oʻrin tutadi. Shoir sheʼrlarida poyonsiz dashtlarga xos kenglik, dehqoncha soddalik, baxshiyona ohang bor. Bu tizmalarni oʻqiganda sheʼriy sanʼatlaru adabiy qonun-qoidalarni unutib, soʻzlardagi goʻzallikdan hayratlanasiz, tuygʻulardagi haroratdan koʻnglingizga iliqlik yuguradi. Bir soʻz bilan aytganda, Toʻra Sulaymon qayta-qayta oʻqilsa arziydigan chinakam shoirlarimizdan.
Orif Tolib