Bahor mushoirasi, Bahor haqida sherlar NAVRO‘Z MUSHOIRASITo‘ra SULAYMONILTIJOBahor kelsa, boshlanur bog‘da bulbul xonishi,Sa’va, qumri nag‘masi, suralay tovlanishi.Qirlarda lola sayli, qishloqlarda yilboshi:To‘xtagay tabiatdan haqqushlar zorlanishiBahor, ketma mening bog‘imdan.Qilmishi qing‘ir zotga davr qayda, davron qayda?Vatangado kimsaga beminnat makon qayda?Yolg‘iz otga olamda nom qayda, nishon qayda?Bahor, sensiz sahroyu tog‘u toshga jon qayda?Ketma, Bahor, mening bog‘imdan.O‘lmaslikka ishora – o‘langa oshiqligim.Saodatga ishora – zamonga oshiqligim.Teranlikka ishora – ummonga oshiqligim,Go‘zallikka ishora – bo‘stonga oshiqligim.Bahor, ketma mening bog‘imdan.Bu kun qay bir yerda qish, qayda xazon rezgilik,Qaylarda yoz, qayda kuz, qayda jondan bezgilik.Ko‘klamning har nafasi umrga arzigulikBog‘siz, bog‘bonsiz yerda ne ham qilsin ezgulik…Ketma, Bahor, mening bog‘imdan.Giyoh bilan qoplanmish ko‘hna qabr boshlari,Maysadagi shudringlar – kimlarning ko‘zyoshlari?Bu yerda yotar otam ham uzangidoshlariHar bahor eslar uni qavmi-qarindoshlari,Bahor, ketma mening bog‘imdan.Yoz bo‘yi qorga zorman, qishda bahorga zorman,Chamanda gul bo‘yiga intiqman, intizorman,Kuz kelmay xazon bo‘lgan sevgi, guldan bezorman,Bahorsiz ham diyorsiz el ichra benazarman.Bahor, ketma, mening bog‘imdan.TЕBRATARQadimgi qimizchi chollar qo‘shig‘iShamol shamolni tebratar.Shamol bulutni tebratar.Bulut yomg‘irni tebratar.Yomg‘ir tuproqni tebratar.Tuproq maysani tebratar.Maysa biyani tebratar.Biya qimizni tebratar.Qimiz yigitni tebratarYigit suluvni tebratar.Suluv beshikni tebratar.Beshik bolani tebratar.Bola dunyoni tebratar.QAYTA KЕTMAS BO‘LIB KЕLDINGMI, BAHORYeru samovotda Navro‘z nafasi,Bog‘u bo‘stonlarda andalib sasi,Bu nafas, bu sasning yo‘q muqoyasi.Qayta ketmas bo‘lib keldingmi, bahor?Dastlab tong chog‘inda ko‘rgandim seni,So‘ng Tangri tog‘inda ko‘rgandim seni,Qizlar yonog‘inda ko‘rgandim seni.Qayta ketmas bo‘lib keldingmi, bahor?Malak holatinda ko‘rgandim seni,Qushlar qanotinda ko‘rgandim seni,Kuychi bayotinda ko‘rgandim seni.Qayta ketmas bo‘lib keldingmi, bahor?Hali aytilmagan ta’rifing qancha,Sen to o‘ru qirni aylanmagunchaBog‘lar gulga kirmas, ochilmas g‘uncha.Qayta ketmas bo‘lib keldingmi, bahor?Qoshlari o‘smalim, ko‘zi surmalim,Etak-etak gulli, bari burmalim,Seni dunyoda hech kima bermalim!Qayta ketmas bo‘lib keldingmi, bahor?Sen qayta yaralish, yoshlik timsoli,Hayot baxsh etguvchi Masih misoli.Sensiz odamzodning ne kechar holi?Qayta ketmas bo‘lib keldingmi, bahor?To‘rt faslning tanho malikasi sen,Tugal go‘zallikning nihoyasi sen,Oshiq-ma’shuqlarning tamannosi sen!Qayta ketmas bo‘lib keldingmi, bahor?Yer birla osmonning tillaqoshi sen,Aytar qo‘shig‘imning avval-boshi sen,Oltin beshigimning safardoshi sen!Qayta ketmas bo‘lib keldingmi, bahor?Jumaniyoz JABBOROVNAVRO‘Z KЕLIBON…Navro‘z kelibon, jumla jahon nozlanajakdir,Oftob qizitib, asta-sekin yozlanajakdir.Yashnar tabiat, dashtu adir lola ichinda,Yurtim — chamanim o‘zgacha pardozlanajakdir.Irmoq kuladir, yelga o‘pich bersa binafsha,Maysa quyosh taftida tannozlanajakdir.Bir lahza eshit qumriyu bulbulni navosin,Sho‘x-sho‘x taralib, yallayu shahnozlanajakdir.Qaynar sumalak, varrak uchar, to‘yu tomosha,Dillar quvonib, soz ila parvozlanajakdir.Javlon urishar davra tuzib necha yigitlar,Qizlar bezanib, husn ila mumtozlanajakdir.Dunyoda odam qadri baland, sevsa Vatanni,Yurt ichra yana hurmatu e’zozlanajakdir.Erkin VOHIDOVNAVRO‘Z NASHIDASIYurtim!Ilhomimga sarchashma o‘zing,Birdek aziz menga yozing ham kuzing.Bukun bahoringga she’r aytmoqchiman,Vatanim, muborak bo‘lsin navro‘zing.Yana olam bo‘ldi yashil, serfusun,Yana qizg‘aldoqlar ochildi gulgun.Bu yilgi ko‘klaming o‘zgacha butun,Vatanim, muborak bo‘lsin navro‘zing.Qattiq qishdan chiqding zax tortib, xorib,Yerdan chiqqan kabi boychechak yorib.Bag‘ringdan muz ketdi xamalga borib,Vatanim, muborak bo‘lsin navro‘zing.Qir yashil, bog‘ yashil, bo‘stondir yashil,Bahoriy libosda jahondir yashil,Erk yashil, istiqlol, imondir yashil,Vatanim, muborak bo‘lsin navro‘zing.Boshingda hurriyat quyoshing bordir,O‘z Tug‘ro, Bayrog‘ing, Yurtboshing bordir.Maqsading. g‘ayrating, bardoshing bordir,Vatanim, muborak bo‘lsin navro‘zing.Yosh chinorsan, o‘zni tutib olarsan,«Ilik uzildi»dan o‘tib olarsan.Yuzlab bahorlarni kutib olarsan,Vatanim, muborak bo‘lsin navro‘zing.Bugun dalalarga qadalgan urug‘Inshoolloh, rizqu barakot to‘lug‘,Ey, umid o‘lkasi, ertasi ulug‘ —Vatanim, muborak bo‘lsin navro‘zing.* * *Bahor.Barqut kiyib bezandi bog‘lar,Sahrolar ko‘ksiga takdi qizg‘aldoq.Quyosh etagiga oq bulut borlab,O‘rik shoxlarida qovurdi bodroq.Yellar olib qochdi qishning xobini,Barglar chapak chalib uyg‘ondi shodon.Butoqlarga qo‘nib, gul kitobiniVaraqlashga tushdi bulbul — g‘azalxon….Bugun koinotda ezgu bir tashvish,G‘uncha gul bo‘lay deb ko‘zin ochadi.Musicha oldidan bir dona cho‘pniChumchuq uyasiga olib qochadi.Haydalgan daladan bir xas ortmoqlab —Chumoli yugurar — u ham tirik jon.Shoshilib chopadi tabib irmoqlarYerning tomiriga quymoq uchun qon…Ona tuproq esa kuz tashvishida,Yuksak xirmonlarga siynasi yuklik.Uning sokingina tin olishidaBordir onalarga xos bir buyuklik.Abdulla ORIPOVNAVRO‘ZAvval yuragingga mo‘ralaydi u,So‘ngra kurtaklarga o‘rgatadi so‘z.Zaminning ko‘zidan qochadi uyqu,Demak, Bahor keldi,Kelmoqda Navro‘z.Qishning ahvoliga boqib hoynahoy,Yum-yum yosh to‘kmoqda eriyotgan muz.Jilva qilayotir tengsiz bir chiroy,Demak, Bahor keldi,Kelmoqda Navro‘z.Ona bag‘ri kabi iliqdir olam,Harir hovur ichra yayrar dala-tuz.Qoldi puchmoqlarda xazon yanglig‘ g‘am,Demak, Bahor keldi,Kelmoqda Navro‘z.Yana ko‘ngillardan rutubat ketdi,Yana shu’lalardan qamashmoqda ko‘z.Yana dildorlikning fursati yetdi,Demak, Bahor keldi,Kelmoqda Navro‘z.Omon MATJON“SЕNI YAXSHI KO‘RAMAN” TURKUMIDANMillion jajji fonus yoqdi daraxtlar.Kamalak. Yashillik. Yomg‘ir yuz foiz…Imon keltirgayman ammo —bu bog‘laryorug‘dir bizning-da sevgimiz bois.Har og‘och, har shoxni uyg‘otdi Navro‘z,gul bilan qitiqlab karaxt tanini.U seni ko‘rsatdi menga.Va bildimyuragim qayerda joylashganini!Oh, bahor! Zaminning so‘z erkinligi!Maysalar kuylashar ko‘kka o‘rlashib.Shu buyuk quvonchga jo‘r bo‘ldik biz hamlablarim lablaring bilan birlashib.Umr nima o‘zi!Imon keltiray,hikmat bu, bahordek qisqa va ayon:Sevgi ila ma’sud onlarni o‘yla,asil umr shuldir. Qolgani — yolg‘on…Oydin HOJIYEVANAVRO‘ZO‘riklar shoxida yondi ming chiroq,Pushti kapalaklar qo‘ndi bodomga.Oftob bir qizdirsa, ko‘zlari qoraLolaqizg‘aldoqqiz chiqvolar tomga.Jilovsiz toychokday yugurar kishnab,Qish bo‘yi esnagan erinchoq soylar.Bahor bisotidan ketadi yashnab,Kelinchak uyiday ko‘hna saroylar.Sumalak boshida kelinlar chechanLutfida dunyo ishq, sirga aylanar.Yomg‘ir qo‘bizini chaladi sho‘xchan,Somonlar tilloga, durga aylanar.Tarnovda pat tarab oshiq musichaSho‘x-sho‘x muchchilashib baxshi bo‘lodir.Kavrak ildiziyu cho‘l andizichaBol kirib chechaqdan yaxshi bo‘lodir.Xazin mozoriston daraxtlari-daArmon gullarini to‘zg‘itib porlar.Qabrtoshning vido dastxatlaridaXotira shu’lasin o‘qir bahorlar.Hayot abadiydir. Hayot — g‘animat.Dovul qoqar jarchi, bong urar Navro‘z.Ne chog‘ sehrgarsan, ona tabiat,Har bir hujayrada yoqasan yulduz.Ming torli soz kabi saslanar InsonNavro‘ziy sabolar ohangida mast.Tongtacha bahoriy zavq ichra jahonBir quchoq guldasta bo‘lsa ajabmas.Halima XUDOYBЕRDIYEVANAVRO‘Z XAYOLLARI(turkum)1Goh o‘rmalasa ham oldinga tikkaTutashib ketgancha qorong‘ilikka,Goh qopqonlik qildi hurkak kiyikkaO‘zing yorishtir bu yo‘llarni, Navro‘z.Bulbul o‘ldi. Gul-chi yondi, ochildi,Yellarning bo‘ynidan quchdi, osildi,Bugun u nenidir sezdi, bosildi,Gunohidan o‘t, bu gullarni, Navro‘z.Bu qo‘lga qon tekkan. Bu qo‘lni astiChopib tashlasak ham haqqi ketmasdi.Ammo… Balki zarur birovga dasti…O‘zing yuv bu qonli qo‘llarni, Navro‘z!Ko‘klam gullab ketsa toshu xarsang ham,Ko‘klam gullab ketsa qari-qartang ham,Balo-qazolardan eng xatarli damO‘zing asra qizu-ullarni, Navro‘z!Bu bemorlar tongni kutar mung‘ayib,Ular ham boy, ketgan dard bilan boyib.Suya, suya! Ular ketmasin toyib,Uzma, uzma joni qillarni, Navro‘z!2Navro‘z, bag‘ri tilingan gul,Oyoq osti qilingan gul,Yaproqlari shilingan gul,Bugun «omon» ayta kelding.Singan bir senmas, gul yuzim,Menam sindim. Sindi so‘zim,Bugun yerdan uzib o‘zim«Alyor, zamon» ayta keldim.Nainki inson qatag‘on,Chordarvesh, devon qatag‘on,Aql qatag‘on, ong qatag‘on,Sen ham ketib, qayta kelding.Sumalakli qozonlaringAg‘darildi azonlari,Chiqib changing, to‘zonlaringFikrimni ulg‘ayta kelding.To‘zib, qayg‘u chekkan bir jon,G‘urbatlarga cho‘kkan bir jon,Boshini ko‘p eggan bir jon,Bosh ko‘targan paytda kelding.Ko‘karmoqda har to‘rt taraf,Unmoq sharaf, o‘smoq sharaf!Tosh ko‘ngylga el tik qarabTosh ko‘targan paytda kelding.Endi shunday qasos-un-nardEndi tingan, singan nomard,Eldan ketib, fasodu, dard,Osh ko‘targan paytda kelding.3Bu nurash, 6u cho‘kish faslidir,Iztirob, g‘am chekish faslidir,Bor dardingni to‘kish faslidir,O‘sish fasli qachon keladi?Til uzaygan. Gapirmoq fasli,Qulog‘ingga gap kirmoq fasli,Ro‘zg‘oringga naf kirmoq fasli —O‘sish fasli qachon keladi?Ko‘zlarimga yosh keldi tez-tez,Ko‘zim ko‘zlab tosh keldi tez-tez,Ruhim — egik bosh keldi tez-tez,O‘sish fasli qachon keladi?Nohaq kelib haqlarni quvdi,Quvlashib pok suvlar keluvdi.Nopok kirib oyog‘in yuvdi,O‘sish fasli qachon keladi?Bugunning bu yozug‘ini buz,Sen kelding-u, o‘sdi dala-tuz,Odamlarga o‘zing ayt, Navro‘z,O‘sish fasli qachon keladi?Culaymon RAHMONNAVRO‘ZEy ulug‘ bobolar dastxati ilaulug‘ kitoblarga bitilgan Navro‘z,majusiy zakovat ne’mati bo‘lib,zardusht olovida yetilgan Navro‘z,milyon yil muqaddam Sharq tuprog‘idayangi yil bayrami etilgan Navro‘z,rasuli akramga kumush jom to‘lasumalak ramzida tutilgan Navro‘z,Iskandar nayzasin tiyg‘idan zada,Qutayba to‘pidan otilgan Navro‘z,Chingiz otlarining tuyoqlaridagoh sayhon, goh payhon etilgan Navro‘z,Beruniy, Firdavsiy, Xayyom so‘ziga,Navoiy nazmiga qotilgan Navro‘z,murtadlar xalqidan yuz burgan kezlar,yuz burib, bahridan o‘tilgan Navro‘z,mustabid tuzumning ajdaho misoltubsiz halqumiga yutilgan Navro‘z,johillar toshidan bag‘ri ming pora,jismi ming bo‘lakka titilgan Navro‘z,ra’nolar* zug‘midan rang-ro‘yi ra’no,ta’qiq zindonida tutilgan Navro‘z,bir yaltoq shoirning taklifi bilan«Navbahor bayrami» atalgan Navro‘z,keldingmi, boshingdan balolar arib,ey erk nasimiday kutilgan Navro‘z,muborak bo‘lsin bu ozod kunlaring,qalblar qafasida tutilgan Navro‘z,raqiblar dastidan bizni qutqazgil,ta’qiblar dastidan qutulgan Navro‘z!HAMALNahotki, o, nahot uzilib ketdiosmonning sanoqsiz marvaridlari?Quyosh ruxsorini gullar unutdi,yerni tutib ketdi yomg‘ir hidlari!Shaftoli shoxlari nafis entikdi,zardoli oq yuvdi o‘z g‘unchalarin;qizlar o‘smasini himoya etdiboshiga ko‘tarib «osmoncha»larin.Bo‘g‘iq kuy boshladi tunuka tomlar,kim ular nag‘masin tushunadi, kim?Qizg‘aldoqlar – qirlar ko‘targan jomlar,bir-biriga tegib jiringlaydi jim.Pildirar shaharning yo‘lkalaridabulut to‘kayotgan munchoqlar xushhol.«Bolalar dunyosi» oynalaridanyoprilib qaraydi qo‘g‘irchoqlar lol.Qo‘ng‘izlar o‘rmalar panoh axtarib,dildirab uchadi chipor xonqizlar;ariqlar labini bodroqday yorib,duv-duv tomoshaga chiqar yalpizlar.Shamollar aytadi sho‘x-sho‘x latifa,chayqalib, ag‘anab kuladi gullar.Ajib qofiyalar qiladi tuhfashoirlar she’riga shoir bulbullar.Anqir ko‘kchuchvara, ko‘ksomsalardanyalpizlar, jag‘jag‘lar, qoqi, qichchilar…Ikkita chumoli to‘qnash kelarkan,quchib bir-birini, qutlab muchchilar.Qirlarga qizlarday yoyilib ketaryal-yal qizg‘aldoqlar, yal-yal lolalar.Notanish bir hisdan nogoh entikaro‘n uchdan o‘n to‘rtga o‘tgan bolalar…* * *Shaftolining gullariday harir, nimpushtiumidlarim bu kun manim ko‘nglimga tushdi.Uchib kirdi dimog‘imga rango-rang hidlar,olib ketdi meni yerdan oliy umidlar…Ko‘rdim, xuddi bolariday g‘ujg‘on uchdilar,gullamagan shaftolining gullarin hidlab,isitmagan quyoshlarning nurin quchdilar,yorug‘ kunlar yog‘dusiga mushtoq umidlar…Ko‘rdim, ular yosh burgutday qoqib qanotinkengliklarda, yuksaklarda qildilar parvoz.Umidlarim e’zozladi bobolar yodin,umidlarim tinchlik uchun berdilar ovoz!Umidlarim uzra chaqin chaqma, guldurak,ular – guldir, gulga havo, oftob, nur kerak,Osmon kerak, yulduz kerak, ona yer kerak!Yeru elga mehr kerak, yoniq dil kerak!Umidlarim – hali ufqqa chiqmagan oftob,umidlarim – hali meni sevmagan mohtob.Umidlarim – hali otib ulgurmagan tong,umidlarim – hali meni tan olmagan shon…Shaftolining gullariday harir, nimpushtiumidlarim bu kun yana ko‘nglimga tushdi,bu dunyoda yashash uchun umidlar kerak,yo‘llar aro yo‘lingni top sen ham, ey yurak!..Azim SUYUNYILBOSHIBugun barobardir Kecha va Kunduz –OLam mehvarida quyosh barqaror.Janubiy yarim shar quchog‘ida Kuz,Shimoliy yarim shar bag‘rida Bahor.Xush kelding, Navro‘zim, O‘zbekistonga,Xush ko‘rdik, moychechak, bodom gullari.Istiqlol yuz ochgan ota makongaAnbarlar tashiydi toza yellari.Garchi kechalarning harorati past,Etni junjuktirar bu tunlar garchi.Oftobli tunlarga ixlosu havasOlib uchib keldi navro‘zak* – elchi.Yil – Yilboshisidan… mana, nafasiTumanday tarqatdi Qish jafolarin.Jarlar, daraxtlarda qushlar uyasiTag‘in kutib oldi “bevafo”larin.Men bir oshiq shoir, ko‘kda kamalak,Qaldirg‘ochning qiyib uchishin kutdim.Doshqozonlar to‘la halim, sumalak,Qozoning to‘lgani rost bo‘lsin, YURTIM!Navro‘zak – qush nomiMuhammad RAHMONBINAFSHAHavolarga sochilmoqdaOromijon bir atr.Binafshalar ochilmoqdaTuproq yorib qaydadir.Ochilmoqda titrab-titrab,Rangpargina, nafarmon.Biz bolalar uni izlabBog‘ kezamiz andarmon.— Binafshajon, qaydasan, ayt,Ko‘rsataqol yuzingni.Ko‘mgandirsan balki bu paytXoru xasga o‘zingni.Hatlab-hatlab yurgandirsanAriqlarni yoqalab.Xilvatlarda turgandirsanKo‘zginangni uqalab.Kirgandirsan balki sekin,Xalal bermay tinchgina,Bahorgacha yerga ko‘ksinBosgan toklar pinjiga.Yo biz bilan bekinmachoqO‘ynayapsan tutdirmay.Jo‘nar kimdir toqati toq,Seni kutib o‘tirmay.— Qish zahri bor hali yerda,Yerda, — der u xo‘rsinib,— Aldanibmiz, hali erta,Erta, — der u xo‘rsinib.Do‘stim, so‘nib havaslaringChalinibsan tumovga.Binafshaning nafaslariUrilmoqda dimoqqa.Jonsarakdir qalbda hislar,Yana olg‘a chopamiz.Ketaversin umidsizlar,Biz, baribir, topamiz,Binafshajon, o‘tdi bahor,O‘tdi yozlar, o‘tdi kuz.Keldim bir kun dunyo bilanShunday yaqin, yuzma-yuz.Ishonch menga sabot berdi,Saboq berdi to‘zimdan.Yuragimga kurash kirdi,Qochdi uyqu ko‘zimdan.Binafshajon, bugun yana,Tuyg‘ular tirik, ziyrak.Chorlayapsan bizni, ana,Bo‘lib yorug‘ kelajak.Etigimda loyi qat-qatQishning shaltoq yo‘llarin,Ketmoqdaman senga faqatUzatgancha qo‘llarim.Kundan-kunga yaqinroqsan,Nafaslaring jonimda —«Hali erta…» — Kimdir ba’zanMing‘irlaydi yonimda.To‘xtamaymiz ammo bizlar,Yana olg‘a chopamiz.Ketaversin umidsizlar,Biz, baribir, topamiz!BOYCHЕCHAKBoychechak qor bosib kelar bekovush,G‘ofil sohillarni uyg‘otar shovush.Do‘nib iliqlikka rutubat, sovush,Ko‘klam bulutlarni soqqan kuni bor.Bu tog‘lar tog‘ emas, saltanat bori,Devlar xobgohidir qorong‘i g‘ori.Toshlarga urilib, tinmaydi zori,Jilg‘aning dengizga oqqan kuni bor.Ming bir qabohatga, makrga qodir,Zulmat gumashtasi shum Qora botir,Yuz yil oqsa hamki daryoda Tohir,Sandiqdan sog‘-omon chiqqan kuni bor.Deysan: «Soyasinda sarg‘aydi yuzim,O‘zimdan o‘tganin bilaman o‘zim».Maysa, ildizingga tilayman to‘zim,Dovul chinorlarni qiqqan kuni bor.Yashamoq, yashnamoq so‘lmaganniki,Ertadan noumid bo‘lmaganniki,Bu dunyo kimniki, o‘lmaganniki,Xudoning bizga ham boqqan kuni bor.* * *Men endi sezyapman,Tasodif emasQo‘l-oyoqsiz, o‘jar cho‘qqigir —Chirmovuqgullarning tunlar arqondanYuqoriga o‘rmalagani.Zabt etib uylarni qavatma-qavatBalkonlardan ichkariga mo‘ralagani…Men endi sezyapman,Tasodif emasMuzdek beton devorlar aroQafaslarda sa’valarning,To‘tilarning, bedanalarningPaydo bo‘lgani.Tasodifmas ularning subhi sodiqdaHavolarga raqiyalardayGoh uzuq, goh cho‘ziq tovushlar otgani…Men endi sezyapman,Tasodif emasIdorada gulibeorningDevordagi tuvakdan o‘zini tashlabYelkam uzra boqqani qog‘ozlarimga…Men endi sezyapman,Yo‘h, ular shunchaki gul emas.Qush emas,Uyimizga, o‘ylarimizgaBildirmay, sezdirmay suqilib kirganTabiatning usta «ayg‘oqchilari».Intiqom yaqin!Qaylardadir tog‘lar ortidaAsabiy chayqalmoqda adl-adl daraxtlar,Zangori qo‘shin.Ular farmon kutmoqda!Boshla!Boshla yurishingni TABIAT!Shavkat RAHMONMANZARAOq sukunat portlar saharda,kun nurida yonib, yaraqlab,chopib kirar sovuq shahargayalangoyoq yashil daraxtlar.Bir zumdayoq devor.tar oshib,Ko‘chalarga tarqab ketdilar.Darchalarga yuzlarin bosib,bolalarday qarar kattalar.HAMALErib bitdi poyonsiz qorlar,yana ko‘hna zamin tulladi.Vodiydagi ulkan o‘riklarbir kechada oppoq gulladi.Oq bulutlar yerga qo‘ndimi,mo‘’jizalar bo‘ldimi sodir?Oh, naqadar ajoyib tundaoq mash’ala ekilgan vodiy.Endi safsar kechalarda oqmash’alalar tutib, ulug‘vorkengliklarda kezar chiroylikunduzlarni axtarib bahor.* * *Kunlar pisha boshlaydi yana,ranglarini boshingda elar,Xayolingni chaqmoqlar kabiyoritguvchi lahzalar kelar.Yana yaproq yozgan daraxtga,atirgulga do‘narsan nuqul.Kechalari chap ko‘kragingdaqafasini sindirar bulbul.Bor kadarni yengmoqqa yanayetib ortib qolar bardoshing.Endi o‘zing istamasang hamyulduzlarga tegadi boshing.* * *Yechib oppoq ko‘ylagani vaqt,kiydi yashil gulli ko‘ylagin.Yurak, uyg‘on, kapalak kabichechaklarga qo‘nib o‘ynagin.Maysalarin tarab, parvozgashaylanadi cheksiz dalalar.O‘spirinlar quchog‘ida mastQirda asir tushgan lolalar.Bog‘larda oq alanga gurlar,telba qilar shamollar isi,gilos gulin kiygan ko‘chadaoqib borar qizlar kulgisi.Gurkiragan bu rangin olamtuyg‘ularni o‘ynatib tashlarva ajoyib kunlar umrimdaatirgulday ochila boshlar.* * *Subhidamda yam-yashil daraxtderazamga yuzini bosdi,kerishganday oynak sathiga —gullarini ohista yozdi.Qirchillagan shabada keldi,ko‘pirgancha shoshib, quvonib,Bahor, jismi ochilib, yashnab,bosib ketdi atir tumani.Ko‘tarilar zamindan qudratshabbalarning uchiga qadar,birdan yashil shoxlarda tillog‘o‘ralar ham tovlanib ketar.Go‘yo quyosh parchalanganday…Garq qiladi olamni farah.Har bahorda menga erinmayyashamoqni o‘rgatar daraxt.* * *Ishon, odam, bahorga ishon,qara, go‘dak kabi beg‘ubor —minginchi bor olovday porloqgullarini ko‘rsatar bahor.Bahor senga ishonar, qara,suzib chiqdi ko‘ziga yurak —qarab turar senga intizor,sen bahorni sevishing kerak.Ko‘ziga boq, haydama uni —minginchi bor qilmagin xato.Ostonangdan ketmaydi bahor,sen aslingga qaytmaguncha to.Sharqiratar asov soylarin,nafasidan ranglar ufurar,o‘ynayverar yashil qushlarin,gullarini yondiraverar…BAHORNING ILK KUNIDA AYOLINI KO‘RGAN SHOIR KECHINMASIBu ayol…Ko‘zimga qushday ko‘rindi,musicha, kaptarday — surganda xayol.Qaydanam sozladim tasavvurimni,qushga o‘xshayverar hadeb bu ayol!Go‘yo xob elitgan…Suvrati so‘lg‘in,sezdirmay jilmayar go‘yo humoylik.So‘lish yo giryami — g‘alati to‘lqin,ko‘zlari hazinlik yoxud xumorlik.Bahorga o‘xshatsam…bahor yarashmas —bu ayol bahordan ming bora go‘zal.Poyiga tashlashga — qalbni tarashlab,yoniq so‘zlar kerak,samimiy so‘zlar.Bahorning bir zumrad bo‘sag‘asidakaftlari qushlarday…Ovozsiz so‘ylar.Dunyo, bu ayolga o‘xshatadiganbormi biror timsol qushingdan bo‘lak.Hadikli nigohni sirli qiridaosmonni chog‘larkan qushday beg‘ubor,sezaman,ayolning nozik kiftidaqanday og‘ir so‘zlar,g‘amgin so‘zlar bor.Ko‘rinmas so‘zlarni ayol kiftidanbirma-bir olaman sehrgar kabi.Qo‘llari titraydi ayolning birdan,ko‘zlari titraydi,titraydi labi…Go‘yoki parvozdan oldingi holat;nozik kaftlarida eng so‘nggi malol —go‘yoki so‘nggi so‘z,og‘ir so‘z qolgan,so‘nggi so‘zni olsang,uchguday ayol…Usmon AZIMBAHORGI BOG‘1O!.. Olamdan to‘kildi gunoh!Oralagan bog‘larga sanmi —Gullaysanmi shunaqa, Olloh,Olloh, shunday ko‘karasanmi?!Yomg‘irlaring bir dunyo xitob!Olam qayta yaraldi — yangi!Mening qaysi «oh»imga javob —Yig‘laysanmi shunaqa, Tangrim?Sen — saxiysan, mehrdir boring…Gullashingu yig‘lashing — oshkor…Men — bir to‘zg‘in maysangman, Tangrim,Men — bir qatra yoshingman, Jabbor.2Zirqiradi ildizim — tuproqZarrasini arang ko‘tardim.Hali qorlar bo‘lmasdan adoq,Sabrim yetmay, Tangrim, ko‘kardim.Turfa ko‘kat yerdan qalqidi,Tevaragim to‘ldi ziyoga.Men ham bitta giyoh talqini —Qarindoshman hamma giyohga.Beparvodir bahor gullari:Xush lahzaga tashlab ixtiyor,Yomg‘irlarga tutib qo‘llarin —Ochilishdi menday baxtiyor.Baxtli bo‘ldim mehringdan men ham,Chaqmoqlarda yorishdi yuzim —Teraklarda erksevar ko‘klamO‘rmalarkan ko‘klarga uzun.Bog‘laringda turarkan to‘lib,Boshlarimga urildi tuman.Angladim, bu — tumanmas, bulut,Angladimki men ham, tog‘lardan.Erib bitdi qishning munglari —Mahv bo‘ldingmi sen ham oxir, marg?Navdalarning so‘lu o‘nglari —Kurtaklari sachrab ochdi barg.Yer yumshadi ona bag‘riday,Sochil, Hayot!— davroning keldi.O, bahor ham olqish — tangridan —Ko‘karguvchi zamoning keldi.Telbalik qil, barq ur, yashillan,Gulla!— nuru bo‘yga qorishib.Asablarim, qara, yashindan —Jismu jonim borar yorishib.Ko‘kka boqdim — ko‘zim yo‘liqdi —O‘tmoqdadir turna galasi.3Yeru ko‘kni ko‘mding ziyoga —Mehru shafqat ko‘rgazding, Jabbor.O‘sayotgan har bir gayohdaBandalarga talpinishing bor.Mana, mening charchoq boshimgaTelba-telba yomg‘iring quydi.Bir uyg‘onish tuydim loshimda —Mehri qattiq ko‘k meni suydi.Olov otib ketdi ko‘zimgaUmri qisqa, jununvor yashin —Men ko‘nglimni ko‘rdim o‘zimda —Ruhim tortdi nogoh yam-yashil.Xayolimning adirlaridaBag‘rini qon etdi qizg‘aldoq.Mening g‘amgin satrlarimdaQanot qoqdi bir qushcha sayroq.Yo‘q, achinmay qo‘ydim qadrimga —Men yo‘qdirman! Men — sening nolang!Jabbor! Bir qush yig‘lar satrimda —U meningmi, yo sening nolang?..Tizilishdi — o‘pkam to‘liqdi,“Qur-yey”…— oqdi ko‘zim jolasi.Kelin tonglar salqinlarida,Shabnamlarda pochalarim ho‘l,Kezarkanman chorbog‘laringda —Tangrim, sezdim, hali qalbim mo‘l…Zirqiradi ildizim — tuproqZarrasini ozod ko‘tardim.Bir ko‘rgani ro‘yingni bu choqMen ko‘kardim, Tangrim, ko‘kardim…4Endi menga emas munosibYuragimni oshkora yoqmoq.Yarashadi — aqldan ozibKo‘kragimga bekingan chaqmoq;Yo tomosha etmoq — quvonib —Dilda uchgan kapalaklarni;Ham izlamoq nogoh uyg‘onib —Tushimdagi kamalaklarni;Yoki bizni nurga undaganHaq aytgan chog‘ haqiqat so‘zin —Boshni shartta qo‘ymoq kundagaBirodarlar uchun ham o‘zim;Nafrat otin yo‘lda qantarmoq —Adashganga mehr nurin sochibVa yurakni tanga qaytarmoqHujayralar zehrini ochib…Ey, o‘zini menga baxsh etganUmr! Tavba ko‘ksimda uryon.Shamolimda sovrilib ketganKunlaringni qaytaray qachon?Yulduzlarni borar oqizib,Boshim uzra yo‘lovchi dunyo…O‘tmoq nega, axir, gard bo‘lib,Men, axir, dard bo‘lmoqchiman, o!Xabar bergin, ko‘nglim, falakka —Men yangicha yashay boshladim:Yoqamgamas, qara, yurakkaSizib tushar achchiq yoshlarim.5Mayli, osmon boshimda xira,Bahorimda chillaning qishi —Menga muhim chalkashlik ichraO‘z-o‘zimni anglamoq ishi.Shafqatning keng chorbog‘laridaBar daraxtday gulladi mehrim.Nafratning chars qiynoqlaridanQutilmoqda yurakning sehri.Ruhning sokin girdibodidaUchar ekan tanning kullari,Istaymanki, dilning dodigaSado bersin hayot gullari.Men ko‘nglimni gul kabi uzdim!Tangrim, yubor gulga zor kasni…Tangrim, qanday o‘yinni buzdim —Hech kimga gul kerak emasmi?6Tovushini yo‘qotgan emas,Yurak hamon devona hofiz.Faqat uning yonida bssasPaydo bo‘ldi dono Kaykovus.Hamon tunlar to‘lg‘aydi navo,Qovurg‘alar — chanqovuz — tanda.Faqat oshiq dilda uyg‘ondiTazarruga bosh ekkan banda.Shafqat tanni zabt etdi-oldi,Chohdan chiqdi hamma so‘zlarim.Mening jismim tamom yo‘qoldi —O‘tkirlashdi faqat ko‘zlarim.Yurak endi avjlarni qo‘yib,Past pardada kuylar shikasta —Jonu jismim ketaru kuyib,Yoshlarimni artaman asta.Qalbdan toshday og‘ir ko‘chgan she’rHayotdami, o‘limda ko‘proq?Anglamayman, zalvorlimi Yer,Yo kaftdagi bir hovuch tuproq?Ushbu she’rni bitarkan, armonYuragimga takror buyurdi:— Bemalol uch — uzoqdir osmon,Yer qattiqdir — bemalol yurgin.Xurshid DAVRONBAHOR SHE’RLARI* * *Men ertaga juda ertaTinch uyqumni buzaman.Oq ko‘ylagim kiyaman-da,Dalalarni kezaman.Yashilgina maysalarningBandlariga bosib lab,Erkalayman qizaloqday,Qulog‘iga shivirlab.Keyin oyning yelkasigaQo‘limni qo‘yib beun,Yuragimni ochaman,Oydin bo‘lar o‘sha tun…* * *Hali osmon dilimday xira,Hali quyosh ham g‘ira-shira.Ko‘zlarini uqalar tolzor,Hali quyosh o‘zi taftga zor.Qish va bahor o‘rtasi bir kun.Kutgil, yurak, erta tong paytiKurtaklarni tashlab ketar tunVa osmonda quyosh gullaydi.* * *Tunda silkitarkan daraxtni shamol,Daraxtlar titrarkan mahzun, bukchayib,Daraxtzor qoshiga kelar bir ayol,Nozik oyoqlarin shabnamga chayib.U gullar sochadi hovuch-hovuchlab,Hayratga to‘ladi armonli bog‘lar.U kuylay boshlasa, gullarni tishlabUyg‘ona boshlaydi qurigan shoxlar.MЕN DARAXTGA AYLANDIM TUNDA…Men daraxtga aylandim tundava aksimni ko‘rdim osmonda.Yulduzlarni shoximga o‘rabboqdim: navo oqdi yaltirab.Kapalakday uxladi dunyo,uxlamadi men kabi daryo.Men daraxtga aylandim tunda –tongga qarab o‘sdi shoxlarim.* * *Hali kurtak bo‘rtgani yo‘q,Hali uzoqdir bahor,Epkinlar yelmaydi sho‘x,Pastqamlarda yotar qor.Hali yuksak tog‘larningOppoq qordan sallasi.Uyg‘otmagan bog‘larniHali quyosh yallasi.Qorlar erir baribir,Tarqaladi tumanlar,Ochiladi misli sirGulga to‘la chamanlar.Sharqdan kelgan shabodaBahorni olib kelar,Yuraklarni o‘sha onQuvnatadi sho‘x yellar.Jamolini ko‘rsatarTiniqlashib hur osmon,G‘uncha yozib chechaklarYashnaydi alvon-alvon.O‘sib chiqqan maysalarCho‘zar yerdan tilini,Tollarni yaproq bosibBukar adil belini.Ammo hech kim bularniSezmagaydir hech qachon,Agar dilda sevginingOchilmasa gullari.BAHOR KAPALAKLARI1Ol chechaklar uyg‘ongan choqdaKapalakka aylangan qalbim,Uchib yurar yashil o‘tloqdaBolalarning qo‘shig‘i kabi.2Erta tongda bizlarni quyoshChorlar bahor quchog‘i tomon.Unut bo‘lar alam va ko‘zyosh,Jo bo‘ladi dilimga osmon.3Gullar chala boshlar qo‘ng‘iroq,Bu sas dilni qitiqlab uchar.Olislarda qush sayragan bog‘ –Bolaligim yodimga tushar.4Yulduzlarni oralab ucharKapalagim – porloq to‘lin oy.Uyqusirab qichqirar qushlar,Faqat bedor sharqiraydi soy.* * *Oltin yomg‘ir yog‘ibO‘tdi. Bahor-da!Bo‘tana shiddatlarOqdi anhorda.Shaftoli gullarinIskadim bog‘da –Seskandi yuragim,Qoldi titroqda.Sig‘madim. DalagaChiqib ketdim men.Olis adirlargaShoshib yetdim men.O‘tloqda yastanibUzoq o‘y surdim –Mangu bir qo‘shiqdayTuyuldi umrim.* * *Tuni bilan devor yoqalabYurib chiqdi shashqaloq bahor –Tuni bilan erib, yupqalabTarnovlardan yerga tomdi qor.Tuni bilan bog‘dagi tolningVosil bo‘ldi qishki tushlari.Ko‘kragini tilib shamolningNovdalarning chiqdi tishlari.Tuni bilan daradagi qorKo‘chdi qora jarliklar tomon –Tuni bilan yulduzlar changinQorlar uzra sepdi yosh osmon.Tuni bilan boqib intizorKutib oldim bahor oftobin.Ammo olib kelmadi bahorMen unutgan so‘zlar kitobin.Muhammad YUSUFKO‘KLAMOYIMOzod SharafuddinovgaSochimda oq, men bahordan o‘tindim:Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.Qor qo‘ynida seni qo‘msab o‘kindim,Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.Ko‘nglimga ko‘k binafshalar sochilsin,Kokiliga tolpopukdan soch ilsin,Boychechakka borar yo‘llar ochilsin –Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.Fasl boshi, ham oxiri o‘zingsan,Majnunlarning yo‘ldoshi ham o‘zingsan.Laylilarning sirdoshi ham o‘zingsan,Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.Kel-da endi sog‘intirmay odamni,Sen yo‘g‘ingda bir g‘am bosdi yelkamni,Qorlar kurab ko‘mib keldim otamni…Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.Ko‘king bilan kiyintiray dalamni,Oyoqyalang suyuntiray bolamni,O‘zing olgin ko‘ksimdagi alamni,Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.Ginam yo‘qdir kuzda ketgan oqqushdan,Iymanmasin qayta eshik qoqishdan.Qumri bilan birga chiqdik biz qishdan,Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.Jon ustida asrab yuray ko‘kni men,To‘yib-to‘yib ko‘zga suray ko‘kni men.Yana senga yetamanmi-yo‘qmi men,Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.Dil yayrasin dala-dashting yasanib,Yalpizlaring suv bo‘yiga yastanib.Ikki misra bayt bitay bir maqtanib,Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim!..Iqbol MIRZONAVRO‘Z QO‘SHIG‘IBahorni bilmagan ellarni ko‘rdim,Bir chechak kulmagan yerlarni ko‘rdim.O‘zingni sog‘inib keladi navro‘z,Kaftingga ko‘z suray, dehqonim, yurtim,O‘zingdan o‘rgulay, bog‘bonim, yurtim.Chuchmoma chayqalib, chalar qo‘ng‘iroq,Hayot hidin sochar uyg‘ongan tuproq,Ildiz suvratini chizadi chaqmoq,Kaftingga ko‘z suray, dehqonim, yurtim,O‘zingdan o‘rgulay, bog‘bonim, yurtim.Mehmonni chorlaydi sumalaklaring,Qizlaring bog‘laydi jamalaklarin.Saodatga ko‘prik kamalaklaring,Kaftingga ko‘z suray, dehqonim, yurtim,O‘zingdan o‘rgulay, bog‘bonim, yurtim.Ey, kafti qadog‘u ko‘ngli yumshoq el,Quyoshda qoraygan, yuragi oq el,Duoga qo‘l ochgan, tilagi oq el,Kaftingga ko‘z suray, dehqonim, yurtim,O‘zingdan o‘rgulay, bog‘bonim, yurtim.Muqaddas yering bor, qutlug‘ osmon bor,Suyangan tog‘ing bor, dilda iymon bor.Ulug‘ bog‘istonga buyuk bog‘bon bor,Kaftingga ko‘z suray, dehqonim, yurtim,O‘zingdan o‘rgulay, bog‘bonim, yurtim.Nurulloh OSTONNAVRO‘ZAriqlarni yalpiz atri qildi ishg‘ol,Allaqaydan qarlug‘ochlar keldi xushhol,Yechib qishni egnimizdan dedik, xush qol,Kel-ey Navro‘z, tashrifing xush, safo bo‘lsin.Urib nayson, tirqirar gul og‘ochlarda,Bo‘sa ta’min tuyar qizlar ravochlarda,Ne xushnudlik erur bu sanduvochlardaKi ko‘ngil rishta payvandi vafo bo‘lsin.Tog‘u tug‘yon, dasht-u dala qo‘zg‘alipti,El labida qo‘shiq-yalla qo‘zg‘alipti,Kelinchakli uyda alla qo‘zg‘aliptiKo‘ngilga ishq gulobidin navo bo‘lsin.Do‘stmi-yog‘iy, siylayverar mehmonini,Boshga bolish qilib uxlar ketmonini,Bir umrga yamab o‘tar chakmoniniShu el mardumig‘a hamdu-sano bo‘lsin.Chuchmomalar chayqaladi bezak yanglig‘,Ahyon o‘tgay izg‘irinlar kuzak yanglig‘,Allakimlar turar kaltakesak yanglig‘,Bu kaslarga chayon fasli ravo bo‘lsin.Yosh vujudlar neni qo‘msar, tug‘yondadir,Tun yarmida bolish quchib uyg‘onadir,Bu ko‘ngilda azaliy bir cho‘g‘ yonadir,Kel-ey Navro‘z, kelganing xush, safo bo‘lsin.kh-davron.uz Sherlar 60 1 2 3 4 5 Жалоба 9 0 25-12-2023, 02:42