Biz 2020 yilning ikkita ommabop – Chevrolet Tahoe va Toyota 4Runner yoʼltanlamaslarini solishtirishga qaror qildik.
⠀
Tahoe, shubhasiz, 4Runner-ga nisbatan kattaroq yoʼltanlamas va yagona Toyota 4Runner V6 quvvat qurilmasidan farqli jihati ikkita V8 agregati orasidagi tanlov Tahoe-ning katta ustunligi boʼlib hisoblanadi.
⠀
Ikkala variant ham haqiqiy yoʼltanlamas boʼlib, ular qattiq platformalarda qurilgan. Shunday boʼlsada, 4Runner-ga yetti kishigacha, Tahoe-ga esa toʼqqiz yoʼlovchigacha sigʼadi. Ular shubhasiz, maʼlum oʼxshashliklarga ega, biroq farqlari ham mavjud.
⠀
4Runner xuddi yuk mashinasi kabi boshqarishda shovqinli va sakrovchan, biroq shahar koʼchalarida silliqqina harakatlanishga emas, aniq yoʼlsiz joylarda boshqarish uchun moʼljallangan. Shu bilan birga, Chevrolet Tahoe 2020 – bu noqulay yoʼllarda bemalol boshqarish uslubi va imkoniyatlarini qadrlovchilar uchun yoqimtoy ekipaj.
⠀
Toyota 4Runner-ning narxi 37 140 dan 50 885 dollargachani, Chevrolet Tahoe narxi esa 49 295 dollardan 63995 dollargachani tashkil etadi. Chevrolet Tahoe raqobatchisidan qimmatroq boʼlishi mumkin, biroq shunga qaramay, bizga mazkur mashina koʼproq yoqdi.
avtoolam.uz