Qulay va xavfsiz harakatlanish uchun avtomobilingizga toʼgʼri amortizatorlarni tanlash juda muhim. Biroq qay biri yaxshiroq? Keling, birgalikda aniqlaymiz.
⠀
Аmortizatorning uchta asosiy turi mavjud:
⠀
Moyli. Аrzon, yumshoq, shahar boʼylab oʼrtacha tezlikda yurish uchun qulay, biroq yomon yoʼllarda harakatlanish uchun mutlaqo yaramaydi.
⠀
Gazli. Tajovuzkor harakatlanish uslubida yoki koʼpincha yoʼlsiz joylarda harakatlanishni yoqtiruvchi haydovchilar tanlovi. Yuqori darajada qattiq mustahkamlangan gaz moslamalari har qanday yoʼllarda transport vositasini boshqarish barqarorligini taʼminlaydi, biroq xarakatlanish qulayligi pasayadi.
⠀
Gazli-moyli. Birinchi ikki turning afzalliklari birlashtirilgan, shu boisdan har qanday qoplamali yoʼllarda yuqori darajada mustahkamlikka ega va harakatlanish qulayligini taʼminlaydi.
⠀
Sizga bir sirni ochamiz: amortizatorlar tanlovi harakatlanish uslubi, almashtirish xususiyatlari, amortizatorlar standart koʼrsatkichlarini, avtomobilь konstruktsiyasi va albatta detallari turini hisobga olgan holda, individual ravishda amalga oshirilishi kerak.
avtoolam.uz